O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Neftli uyumlarni ishlash jarayonini boshkarish


Download 6.15 Mb.
bet55/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

7.3.Neftli uyumlarni ishlash jarayonini boshkarish

Neftli uyumlarni ishlash jaraenini boshkarishdan maksad,suvlineftli va gazlineftli kontaktning suvlilik va gaxzlilik konturidan xarakatini bir xil boshkarishdan iborat.


Suvlineftli kontaktning ideal xarakati asosan fizikaviy xossalariga kura bir xil jinsli tugri geometrik formaga ega bulgan qatlamlarda sodir bo’ladi.
Suvning xar xil xarakatini bartaraf qilish uchun quyidagi choralar kuriladi.
1.Suv bosgan quduqlardan suyuklik olish mikdorini kamaytirish.
2.Pastki suv bosgan qatlam qismlarini izolyatsiya qilish.
3.Qatlam yuboriladigan suv mikdorini chegaralash.
Gazli duppili qatlamlar shunday ishga tushiriladiki, gaz foydalanuvchi quduqlarga kirmasligini ta`minlash.Bunday qatlamlarda quduqlar qatlamning neftli kismigacha kaziladi.Gazlinaporli rejimda ishlaydigan qatlamlarda suyuklik miqdorini uzgartirish orkali boshkariladi.
Neftli uymlarni ishlashni boshkarish, uyumdagi xar bir quduq va xama quduqlar rejimi doimiy ravishda nazorat kilinishi kerak.Buning uchun xar bir quduqdagi neft,gaz,suv debiti nazorat kilinadi,va uyum buyicha qatlam bosimining taksimlanishi kuzatiladi.
Suv oynasining ko’tarilishini nazorat qilish uchun maxsus nazorat qiluvchi va kuzatuvchi quduqlardan foydalaniladi. Buning uchun suv bosgan neftli quduqlardan yoki qidiruvchi quduqlardan foydalaniladi.
Uyum bo’yicha qatlam bosimini kuzatish uchun, kondagi bir nechta quduqdlarda qatlam bosimi o’lchanadi va olingan ma`lumot asosida izobara kartasi chiziladi. Bu kartani tuzish uchun, ma`lum mudatda to’xtatib qo’yilgan quduklarda quduq tubi bosimi ulchanadi. Qatlam bosimi to’grisida olingan ma`lumot karta belgilanib, bosimla bir xil bo’lgan quduqlar liniyalar orqali biriktiriladi.
Lekin qatlamning xar xil nuqtalarida qatlam bosimi bir xil bo’lmaydi va kartadagi izobaralar qanaqadir formaga ega bo’ladi.
Qatlam bosimi to’grisida to’gri ma`lumot olish uchun xar 3 oyda yoki yarim yilda izobara kartalari chiziladi.
Izobara kartasi yordamida quyidagi asosiy masalalar echiladi:
1,O’rtacha qatlam bosimining vaqt ichida o’zgarishini aniqlash.
2.Uyumning xar xil qismlarida neftlilik konturining xarakat tezligi.
3.Qatlam bosimining keskin tushishi sababi aniqlanadi.
Kontur tashqarisidan va ichkarisdan qatlam bosimining o’zgarishini kuzatish uchun p'ezometrik quduqlrdan foydalaniladi. Bu quduqlar maxsus pribor p'ezograflar bilan jixozlanadi va ular orqali doimiy ravishda suyuqlik satxi aniqlanadi. Bu quduqlardagi suv ustuni orqali kontur tashqarisi va ichkarisidagi qatlam bosimi aniqlanadi.
Uyumni ishlash jarayonida ba`zi bir ko’rsatkichlrning o’zgarishi maxsus ishlash kartalari orqali aniqlanadi. Bunda masalan vaqt ichida o’rtacha qatlam bosimi, joriy neftni qazib olish debiti, uyumninг suv bosganlik koefficienti, gazli faktor, quduqlar soninig o’zgarishi kuzatiladi.



Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling