O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi “ ” Instituti


Shimoliy Amerikada integratsiya jarayonlarining hozirgi holati va


Download 1.05 Mb.
bet7/10
Sana12.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1191821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nafta

3. Shimoliy Amerikada integratsiya jarayonlarining hozirgi holati va
rivojlanish istiqbollari
80-yillarning oxirlarida Amerika - Meksika savdosini erkinlashtirishga yo‘naltirilgan bir nechta kelishuvlar imzolandi: 1985-yilda eksportni subsidiyalash qoidalari to‘g‘risidagi Amerika - Meksika kelishuvi, 1987-yilda — AQShga Meksikadan to‘qimachilik va ayrim boshqa tovarlarning (po‘lat, pivo va vino) olib kirilishini kengaytirishga qaratilgan savdo kelishuvi shular jumlasidandir.
AQSh, Meksika prezidentlari va Kanada bosh vaziri tomonidan erkin savdo to‘g‘risidagi Shimoliy Amerika kelishuvining imzolanishiga olib kelgan 1991 -yilning iyunida boshlangan murakkab muzokaralar Amerika qit’asida yangi savdo uyushmasiga yaratgan holda, muvaffaqiyatli yakunlandi.
NAFTAga a’zo alohida mamlakat uchun Shimoliy Amerikada integratsion uyushmani tashkil etishning turli jihatlarini e’tirof etish mumkin.
AQSh uchun NAFTA kelishuvi kelajakda «Alyaskadan Otash Yerga qadar» yagona erkin savdo zonasini tashkil etish yo`li bilan uning G‘arbiy yarimshardagi rolini mustahkamlashga qaratilgan strategik reja rolini o‘ynaydi. 18
Mazkur uyushma Amerika Qo‘shma Shtatlarining nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy qudratining ortishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, AQShning sifat jihatidan yangi mazmunda, ya’ni ustun davlat sifatida emas, balki hamkor sifatida Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiyotiga yanada chuqur kirib borishi uchun o‘ziga xos tramplin bo‘lib hisoblanadi.
Bunda quyidagilar AQShning pirovard maqsadlari sifatida qaraladi: Amerika tovarlari va xizmatlarining erkin harakati, Amerika investitsiyalari uchun qulay muhit, intellektual mulk huquqlarini liimoya qilish, AQShning yuqori texnologiyalari va investitsiyalarini Meksikaning arzon ishchi kuchi va ikkala qo‘shni mamlakatlaning arzon tabiiy resurslari bilan birlashtirish hisobiga yangi mintaqaviy nisbiy afzalliklardan foydalanish, raqobatbardoshlikning o‘sishi, mehnattalab va xomashyo sig‘imi ishlab chiqarishlarning AQShdan Meksikaga ko‘chirilishi natijasida ishlab chiqarish
xarajatlari darajasining kamaytirilishi va shu tarzda Amerika tovarlari raqobatbardoshligini oshirish mumkinligi AQShning G‘arbiy Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari integratsion uyushmalari ishtirokchilari bilan o‘sib boruvchi raqobati sharoitida juda muhim omil bo‘ldi. Bundan tashqari, AQSh NAFTA Kelishuvi orqali GATTning Urugvay raundidagi muzokaralarda Osiyo va Yevropadagi savdo hamkorlariga ularning o‘zaro bitimga kelishlariga tayyorligi yo‘nalishida bosim o‘tkazishga imkon beruvchi mexanizmga ega bo‘ldi.19

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling