O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi “ ” Instituti


Shimoliy Amerikadagi integratsiyaning boshqa mintaqalardagi integratsiya modellari bilan qiyosiy tahlili


Download 1.05 Mb.
bet6/10
Sana12.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1191821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nafta

Shimoliy Amerikadagi integratsiyaning boshqa mintaqalardagi integratsiya modellari bilan qiyosiy tahlili

Globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlaning yangi qiyofasi integratsion jarayonlarning jo‘shqinlashuvi va shakllangan integratsion uyushmalarning rivojlanishi bilan bir qatorda o‘zining tarixi va xususiyatlariga ega bo‘lgan integratsiyaning yangi markazlari yuzaga kelayotganligi bilan tavsiflanadi.
1994-yilning 1 yanvarida AQSh, Kanada va Meksika hududida
Shimoliy Amerika erkin iqtisodiy zonasi — NAFTA (North American Free Trade Agreement - NAFTA) ni tashkil etish to‘g ‘risidagi kelishuv kuchga kirgan bo‘lib, u jahon iqtisodiyoti globallashuvining yangi bosqichida ishtirokchilarning o ‘rnini mustahkamlash va ularning milliy manfaatlarini himoya qilish vositasiga aylandi.
Bir qator holatlar, shu jumladan ushbu mamlakatlaning geografik yaqinligi, NAFTA kelishuvining imzolanishiga qadar mintaqaviy integratsiya shartnomaviy-huquqiy asosining rivojlanishi, davlatlararo rasmiylashtirilishini talab qilgan ishtirokchi mamlakatlarning o‘zaro bog‘liqligining o‘sishi mazkur Kelishuvning imzolanishiga turtki berdi.
Buning ustiga Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida integratsion jarayonlarning faollashishi, Yaponiya tomonidan raqobatning kuchayishi sharoitida Amerika mahsulotlarining raqobatbardoshligini saqlash uchun AQSh oldiga Shimoliy Amerika qit’asida integratsion jarayonlarni rivojlantirish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. 15
NAFTAni tashkil etishning dastlabki shart-sharoitlarini ko`rib chiqamiz. Shimoliy Amerikadagi integratsion jarayonlar ikki mamlakat — AQSh va Kanadaning o‘zaro munosabatlaridan boshlandi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kanadaning AQSh bilan iqtisodiy munosabatlari uning iqtisodiy taraqqiyotida asosiy omillardan biriga aylandi. Bu davrga kelib, tovarlar, kapitallar, xizmatlarning intensiv ayirboshlanishi kuzatilgan bo‘lib, u mazkur ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin iqtisodiy mintaqaviylashuvdan guvohlik berardi. Ko‘p sonli savdo kelishuvlarining imzolanishi iqtisodiy integratsiyaga sabab bo‘ldi.
AQSh va Kanada o‘rtasida erkin savdo zonasini tashkil etishga bo‘lgan dastlabki intilish 1854-yildayoq boshlangan edi, biroq kelishuv AQShdagi fuqarolar urushi (1861-1865 yy.) oqibatida 1866- yilda bekor qilinib, keyingi yillarda Kanada - Amerika savdo munosabatlari turli maxsus kelishuvlar bilan tartibga solingan. 16
AQSh hukumati har doyim ham Kanada tovarlarining importini rag‘batlantirmagan. Masalan, 1930-yilda juda yuqori darajadagi proteksionistik tariflarning joriy etilishi ko‘pgina kanadalik ishlab chiqaruvchilar uchun AQSh bozorini yopib qo‘ydi. 1947-yilda «Ebbot (Kanada moliya vaziri) rejasi»ning qabul qilinishi Shimoliy Amerikada integratsion jarayonlarning faollashishiga yo‘naltirilgan rasmiy harakat bo`ladi.
Yevropadagi «Marshall rejasi» kabi Shimoliy Amerikadagi «Ebbot rejasi» Kanada iqtisodiyotining yetakchi sanoat tarmoqlariga xorijiy (eng avvalo, Amerika) kapitalining oqib kelishi uchun ochiqligi va bu bilan Kanada-Amerika iqtisodiy integratsiyasining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishini ko‘zda tutgan.
Boshqa tomondan, Kanada hukumati GATT kelishuvi bo‘yicha xalqaro savdoni erkinlashtirish jarayonini qo`llab-quvvatlagan holda, AQSh bilan ikki tomonlama iqtisodiy kelishuvlaning imzolanishini istamagan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdoning erkinlashtirilishiga yo‘naltirilgan ayrim kelishuvlar imzolangan.
Shunday qilib, qo‘shma harbiy ishlab chiqarishga oid
bo`lgan 1959-yilgi Kelishuv Kanadada harbiy mahsulotlami ishlab chiqarishda Amerika standartlarining joriy etilishiga olib kelgan hamda Shimoliy Amerikada butun harbiy sanoatning chuqur integratsiyalashishini ta’minlagan dastlabki tarmoqli Amerika - Kanada kelishuviga asos solgan.
Keyinchalik, 1965-yilda AQSh va Kanada ko‘pgina boshqa tarmoqlarning integratsiyasini rag‘batlantirgan, jum ladan avtomobilsozlik mahsulotlari savdosini erkinlashtirish to‘g ‘risidagi Kelishuvni imzoladi. Umuman olganda, ikkala kelishuv ishlab chiqarish va xizmat doirasidagi hamkorlikning kengayishiga yordam berdi va tegishli tarmoqlardagi texnika taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 17
Kanada -Amerika xo‘jalik munosabatlaridagi erkinlashtirisli jarayonining boshqa tarmoqlarga keyingi tatbiq etilishi 70-yillarda savdo-sotiq shart-sharoitlari keskin yomonlashgan, iqtisodiy o‘sish sekinlashgan, proteksionizm darajasi o‘sgan va nihoyat xalqaro valyuta va energetika sohasidagi tanglik oqibatida to‘xtatildi.
Natijada 70-yillar mobaynida Amerika kapitalining oqib kelishini cheklashga qaratilgan iqtisodiy millatchilik va yetakchi sanoat tarmoqlarini «kanadalashtirish» siyosati Kanada iqtisodiy hayotining asosiga aylandi. Bunday shart-sharoitlarda Kanada bozorining Amerika tovarlari uchun ochiqlik darajasi pasayib, va faqat o‘n besh-yildan so‘ng mamlakatning boshqaruv doiralari mintaqaviy integratsion blokning yaratilish jarayonini tezlashtirish taraddudiga tushdilar. 70-yillaning oxiridan boshlab, AQSh Kanada va Meksika bilan savdo-siyosiy birlashish yo‘lida faol harakatlarni boshladi.
Amerika kongressi 1979-yilda savdo kelishuvlari to‘g‘risidagi
qonunda AQSh prezidenti nomiga Shimoliy Amerika erkin savdo
zonasini tashkil etish istiqbollarini (1 104-seksiya) o‘rganish yo‘l-yo‘riqlarini yo‘lladi. 80-yillarda R.Reygan va J.Bush bir necha marotaba Shimoliy Amerika mintaqasida erkin savdoni ta’minlashning uzoq muddatli maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashlari to‘g‘risida bayonot berganlar.
Natijada 1988-yilning sentyabrida Shimoliy Amerikada integratsion jarayonlarni rivojlantirishdagi yangi sifat bosqichi sifatida erkin savdo zonasining shakllanishiga yo‘naltirilgan AQSh - Kanada erkin savdo kelishuvi (Canada — USA Free Trade Agreement - CUSFTA) imzolandi (1989-yil 1 yanvardan kuchga kirdi). Mazkur kelishuv o‘n-yil mobaynida tarif va ko‘pgina notarif cheklovlarning bekor qilinishi, shuningdek xorijiy investitsiyalarning nazorat qilinishining erkinlashtirilishini ko‘zda
tutgan bo`lib, uning amalga oshirilishi bir qator murakkabliklar bilan bog‘liq bo‘ldi. Chunonchi Kanada kompaniyalari raqobatbardoshligining mustahkamlanishi yuqori ishsizlik va real daromadlar o‘sishining sekinlashishi evaziga erishildi.
Kanada — Amerika erkin savdo zonasi tashkil etilganidan so‘ng AQSh unga Meksikaning ham qo‘shilishi bo‘yicha faol ish harakatlarni boshlab yubordi.
80-yillarda Amerika - Meksika munosabatlarining istiqbollari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya tuzilgan bo‘lib, uning yakuniy ma'ruzasida AQSh va Meksikaning davlatlararo darajadagi o‘sib boruvchi o‘zaro iqtisodiy bog`liqligini tartibga solish zarurati to‘g‘risida xulosa chiqarildi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling