«O‘zbekistonning eng yangi tarixi»


Download 13.38 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.38 Kb.
#1589922
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi


«O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI»
O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi yana bir muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990-y. 20-iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. Ushbu Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko‘rsatdilar. «Mustaqillik Deklarasiyasi»da har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolotlanishi ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklarasiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir», - deb yozib qo‘yilgan. Sessiya qabul qilgan bu «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Bunga misol tariqasida 1991-yil 22-iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi. O‘sha vaqtda Markaz rahbarlari Respublikalar Ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasinlar, buning iloji yo‘q edi. Chunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni 27 idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka bo‘lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullardan: namoyishlar o‘tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g‘ayri konstitutsion yo‘llar bilan davlat to‘ntarishi o‘tkazish bilan bo‘lsa-da, oldingi buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida O‘zbekiston hukumati o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zining faol siyosatini davom ettirardi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi arafasida hukm surgan chuqur inqiroz holatini, o‘sha davrning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotini istiqlolning dastlabki oylari tarixini o‘rganishda hamda O‘zbekistonning yangi tarixini yaratishda 1989-1991 yillar davomida respublikada kechgan tarixiy jarayonlarining bevosita guvohi bo‘lgan, ularning markazida turgan inson - O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 1991-yil 11-yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989- yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlarning mantiqiy davomi edi. Prezident imzolagan hujjatda 1991-yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda tutib, tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar yer ajratish ko‘rsatilgan. 1991-yil 14-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada mamlakat O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. Mazkur nutq matbuotda «Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik» degan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida O‘zbekiston rahbari Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirib, O‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etib o‘tdi. 1991-yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyani o‘sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi. 1991-yil 18-20 avgust voqealari, «Favqulodda holat davlat komiteti - GKCHP», markaziy hokimiyat tangligi, KPSS faoliyatining to‘xtatilishi, SSSRning tanazzulga yuz tutishi, Unda bir guruh avantyuristlar tomonidan mustaqillik sari intilayotgan milliy respublikalarga nisbatan tazyiq va ta’qiblarni kuchaytirish, tobora zaiflashib borayotgan sovet imperiyasini saqlab qolish maqsadida amaldagi prezident M.S. Gorbachyevni rahbarlikdan chetlashtirib, 1991- yil 18-avgust kuni Moskva shahrida tuzilgan Favqulodda holat davlat komiteti – GKCHP va bu noqonuniy tuzilmaga O‘zbekiston rahbariyatining munosabati hech bir insonni befarq qoldirmaydi. O‘zbekiston SSR Prezidentining respublika aholisiga murojaatida, jumladan, shunday so‘zlar alohida ta’kidlanadi: 28 «…har birimiz og‘ir va vazmin bo‘lishimiz kerak. Boshimizga tushgan bu sinovlar, noaniq davr va sharoitdan avvalambor aql va idrokimizni bir joyga yig‘ib, insof va vijdonni yo‘qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishimiz kerak... O‘zbekiston jumhuriyati, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas. GKCHP masalasida Islom Karimov rahbarligidagi O‘zbekistonning o‘z qat’iy fikrida turgani mamlakat va o‘zbek xalqining mustaqillikka erishishida hal qiluvchi o‘rin tutdi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, boshqa ba’zi bir respublikalardan qanday qarorlar chiqmasin, va’dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da’vatlar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga harakatlar bo‘lmasin biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadlarimizdan qaytganimiz yo‘q. Bu yo‘l – bizning xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shartsharoitlariga, xullas, xalqimiz manfaatlariga mos yo‘ldir», - deb hisobladi. 1991-yil 21- avgustda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan GKCHPning O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid keladigan qarorlari noqonuniy deb e’lon qilindi. 1991-yil 25-avgustda Prezident Farmoni bilan respublika IIV va DXQ qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga olinishi, 26-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasining tayyorlanishi va 31- avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti sessiyasining chaqirilishi o‘zbek xalqi tarixiga oltin sahifalar bo‘lib kirdi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekistonning mustaqillik tomon yo‘l tutishi sovetlar imperiyasida boshlangan inqiroz va qaramaqarshiliklarning avj olishi vaqtida boshlangan edi. Texnologik usullar: «FSMU
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini e’lon qilgan vaqtda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Quyidagilar uning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida namoyon bo‘lar edi: aholining turmush darajasi bo‘yicha O‘zbekiston sobiq SSSR tarkibida oxirgi o‘rinlardan birida turar edi; aholining 60% dan ko‘proq asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarida industrial rivojlanishning ahamiyatli darajada ortda qolishi sharoitida iqtisodiyotda yirik sanoat shaharlaridagi gigant korxona-monopolistlarning haddan tashqari konsentratsiyasi va ixtisoslashuvi hukm surardi; iqtisodiyotda ma’muriy tarzdagi narxni tashkil etish va resurslarni taqsimlash bilan bog‘liq kuchli 30 nomutanosibliklar kuzatilar edi; mamlakat o‘z davlatchiligining asoslarini yaratish zarurati oldida turardi; og‘ir ekologik ahvol mavjud edi. Ko‘plab tarmoqlarda ataylab xomashyoni qazib olish va dastlabki qayta ishlash, yarim fabrikatlarni tayyorlash bosqichida uzilib qoluvchi tugallanmagan texnologik siklga ega ishlab chiqarishlar ustunlik qilar edi. Respublikaning asosiy tarmoqlari kompleks tarzda emas, balki Rossiya hamda boshqa respublikalardagi ishlab chiqarishga resurslar va tayyor mahsulotlarni ko‘p minglab kilometrlarga (ko‘pincha noratsional, qarama-qarshi tarzda) yetkazib berish orqali “bog‘lab qo‘yish” maqsadida rivojlantirilgan edi. 70 yildan ko‘proq vaqt hukm surgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan sobiq Ittifoqdagi noto‘g‘ri, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 80- yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ygan edi. Jumladan: 1) Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi. O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganiga qaramay, uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi; 2) Respublika iqtisodiyotining bir yoqlama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda, sanoatda ham, asosan, xomashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qilib, tayyor mahsulot, avvalo xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning ulushi juda past edi; 3) ishlab chiqaruvchi kuchlar va, avvalo, sanoat obyektlari asosan stixiyali ravishda, aniqrog‘i, har xil o‘zboshimchalik, buyruqbozlik bilan qabul qilingan qarorlar asosida, ko‘pincha ilm-fan vakillari, bilimli va obro‘li mutaxassislarning tavsiyalari mutlaqo e’tiborga olinmay joylashtirildi; 4) Respublikadagi ijtimoiy ahvolning, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilishning mutlaqo qoniqarsizligi. Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida hukm surgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ta’sirida faqat xomashyo yetkazib berishga 31 asoslangan, qoloq va mo‘rt iqtisodiyotga ega bo‘lib, bu holat respublika aholisi daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o‘rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5 barobar, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, aholining o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari iste’moli bo‘yicha 2 barobar orqada qolgan. O‘sha davrda kun kechirish uchun oyiga o‘rta hisobda kamida 85 so‘m zarur bo‘lgan
Download 13.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling