O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi buxoro Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya ta’lim yo‘nalishi Hotamova Sarvinoz Sunnatovna Mavzu: “Iqlim o’garishi”
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
iqlim ozgarishi
Geksaftorid oltingugurt — uning atmosferaga tarqalishi elektronika va
izolyatsion materiallarning ishlab chiqarilishi bilan bog’liq. Uning hajmi kichik bo’lsada, o’sish sur’ati yuqori. Bug’xona gazlari kontsentratsiyasi (karbonat angidrid gazi, metan, azot oksidi) XX asr mobaynida anchagina o’sdi. Hozirda bu o’sish yanada tez quloch yoymoqda. C0 2
yilgacha 370 rrm ga o’sdi. 2100 yilda C0 2 kontsentratsiyasi 540 dan 970 rrm atrofida, asosan dunyo energetikasining rivojlanishiga qarab boradi. Bug’xona gazlari atmosferada uzoq muddat ushlanib turadi. Barcha C0 2 chiqindilarining teng yarmi atmosferada 50-200 yil saqlanib qoladi. Bu vaqt mobaynida uning qolgan yarmi okean, quruqlik va o’simliklar tomonidan so’riladi. Bunda asosiy o’rinni okeanlar egallaydi. Ayrim xulosalarga ko’ra, taxminan 80% C0 2 ning yutilishi va kislorod "ishlab chiqarish"i
fitoplanktonlarga to’g’ri kelar ekan. Aerozollar — mayda zarrachalar bo’lib, u atmosferada muallaq, holatdagi mikronning o’ndan bir ulushi o’lchamidagi moddalar. Ular o’rmon yong’inlari, qishloq xo’jaligi, korxona, transport va gaz chiqindilari bilan ifloslanadigan moddalarning kimyoviy reaktsiyaga kirishi natijasida hosil bo’ladi. Aerozollar troposferaning quyi qatlamini xiralashtiradi va quyosh nurini tarqatadi. Bu esa atmosfera qatlamlarida haroratni pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, aerozollar osmonda bulutlar qoplanishni kuchaytiradi va iqlimni sovushiga olib keladi. Odatda aerozollar atmosferada yog’ingarchilik vaqtida, taxminan bir hafta mobaynida hukm suradi. Shu bois aerozollar lokal ahamiyat kasb etadi. Keyingi 150-250 yil ichida erdan foydalanishdagi o’zgarishlar tufayli biomassa va tuproq uglerodi miqdori sezilarli darajada qisqardi, demak, yer ekotizimida uglerod zahirasi ham kamaydi. Natijada atmosferaga katta miqdorda S0 2
qisarmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada katta miqdordagi mollarning boqilishi sababli yaylovlar degradatsiyasi kelib chiqmoqda. Bu nafaqat mahalliy, balki global iqlim jarayonlariga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Ko’plab hududlarda cho’llanish jarayoni sodir bo’lmoqda. 24
Urbanizatsiya ham iqlim o’zgarishiga turtki bermoqda. Hozir shaharlarda sayyoramizning yarim aholisi hayot kechirmoqda. 1 million aholisi bor shaharlar kuniga 25 ming tonna C0 2 va 300 ming tonna oqova suvlarni chiqaradi. Bundan tashqari, katta shaharlarda "issiq" havo ob’ektlari: binolar, mashinalar va shu kabilar tufayli birmuncha yuqori. Issiq iqlimli rivojlangan mamlakatlarda havoni sovutishga ketadigan harajat isitishga nisbatan ko’proqdir. Ya’ni issiq havoni sovitish konditsionerlarini ishlatish iqlim isishni yanada kuchaytirmoqda. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling