Karbonat angidrid gazi — bug’xona gazlari orasida eng ommaviysi
C0
2
ning tabiiy manbalari tirik organizmlar faolyati, vulqon chiqindilaridir.
Antropogen manbalarga organik yonilg’ining yonishi (o’rmon yong’inlari
ham); shuningdek, bir qator ishlab chiqarish jarayonlari (masalan, oyna,
tsement ishlab chiqarish) kiradi. Karbonat angidrid gazi, ko’plab
tadqiqotchilarning fikricha, "bug’xona samarasi"ga ta’siri global isishda eng
asosiysidir. C0
2
kontsentratsiyasi ikki asrlik sanoat industrialashuvida
30%
ko’paydi va dunyo miqyosida haroratni 4 o’zgarishiga mos kelmoqda.
Metan — bug’xona gazining ikkilamchi ahamiyatli gazi. Toshko’mir va
tabiiy gazining ishlab chiqilishida oqishi, quvur o’tkazgichlar, biomassaning
yonishida, to’kish joylarida (biogazning tarkibiy qismiga o’xshash),
shuningdek, qishloqxo’jaligida (chorvachilik, sholikorlikda) va boshqa xo’jalik
jarayonlarida ajralib chiqadi. Chorva mollarini boqish, yerni o’g’itlash, ko’mir
yoqish va boshqa manbalardan yiliga 250 million tonna metan chiqariladi.
Atmosferada metan miqdori unchalik katta emas, lekin uning bug’xona
samarasi yoki global isish potentsiali S0
2
ga nisbatan 21 marotaba kuchliroqdir.
Azot oksidi — bug’xona gazining uchlamchi turi. Uning ta’siri C0
2
ga
nisbatan 310 marotaba kuchli, lekin azot oksidi atmosferada uncha katta
bo’lmagan miqdorda mavjud. Atmosferaga hayvonlar va o’simliklar hayotiy
faoliyatida, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda va ishlatishida kimyo
mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalaridan atrofga tarqatiladi.
Galouglerodlar (gidroftoruglerodlar va perftoruglerodlar) — bu gazlar
ozon qatlamini yemiruvchi moddalarini almashtirib turish uchun yaratilgan.
Asosan sovutgichlarda ishlatiladi. Bug’xona gazlariga C0
2
ga nisbatan 140-
11700 marotaba yuqori samarada ta’sir ko’rsatadi. Ularning atrof muhitga
ajralib chiqishi u qadar ko’p emas, lekin tez suratda ko’paymoqda.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |