Quyosh energiyasi. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi
quyosh batareyalari (fotogalvanik qurilmalar) hammaga ma’lum. Quyosh
energiyasini boshqa maqsadda ham ishlatish, masalan quyosh kollektorlari
yordamida binolarni isitish va issiq suv bilan ta’minlash mumkin. Parabolik
ko’zgular (reflektorlar) yordamida jamlangan quyosh nuri, (bir necha ming gradus
tselsiy bo’lgan) issiqlikni olish uchun qo’llaniladi, quyosh pechlarida ovqat
pishirsa bo’ladi
Shamol energiyasi. Insonlar tomonidan qadimdan kemalarni, shamol
tegirmonlarini va suv ko’targichlarni harakatga keltirish uchun ishlatib kelingan.
Hozirgi kunda shamol kurilmalari 30 dan oshiq mamlakatlarda qo’llanilmoqda.
Ular faqat elektr energiyasi ishlab chiqarmay, donni yanchish, ozuqani maydalash,
dalalarni sug’orish, turli xil qishloq xo’jaligi mashinalari va mahalliy sanoat
korxonalarini juda arzon harakatlantiruvchi kuch bilan ta’minlaydi. Masalan,
Germaniyada energiyaning 20% ni shamol qurilmalaridan oladilar.
Suv energiyasi ham elektr energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.
Gidroenergetikaning ustunliklariga o’z resurslarini tez qayta tiklash qobiliyati,
atmosferaga chiqariladigan ifloslovchi moddalarning yo’qligi, elektr eneriyasi
ishlab chiqarish jarayonining arzonligi kiradi. Katta gidroenergetikaning
kamchiliklariga esa gidroelektrostantsiya (GES) qurilishi uchun anchagina
harajatlar kerakligi va shu bilan birga GES qurilshi va ishlatilishi jarayonidagi
atrof-muhitga keltiriladigan zarar kiradi.
Biomassa — bu Yer yuzidagi eng mashhur va universal resurslardan birini
o’zida ifoda etuvchi organik massa. U faqat oziq-ovqat emas, balki, energiya,
32
qurilish materiallari, qog’oz, mato, meditsina preparatlari va kimyoviy
preparatlarni olish imkonini beradi. Biomassa energetik manba sifatida odamlar
olov yoqishni o’rganib olganlaridan beri qo’llanilib kelinadi. Bugungi kunda
biomassa yoqilg’isidan turli maqsadlarda uylarni isitishdan to elektr energiya va
avtomobillar uchun benzin ishlab chiqarishgacha bo’lgan jarayonlarda
foydalanish mumkin.
Biogaz qurilmalari biomassani erkin ishlatilishining yaqqol misolidir. Ular
qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan foydalanadilar. Bu qoramol
go’ngi, qushlar tezagi, qushxona chiqindilari, pivo pitrasi, lavlagi qoldig’i,
kanalizatsiya oqovalari va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |