O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Download 16.51 Kb.
|
MUS ISHI 4 IQT
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi 1I-22-guruh talabasi Yo`ldoshev Bahodirning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Mustaqil ishi DENOV 2023 1.Jahon bozorida narxlarning tashkil topishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? A) baynalmilal xarajatlar darajasi; B) tovarlarning jahon andozalariga javob berishi; C) jahon bozoridagi talab va taklif nisbati; D) raqobat darajasi; E) yuqoridagi barcha omillar. 2. SDR – xalqaro hisob-kitob birligida qaysi mamlakat valutasining mavqei yuqori bo‘ladi? A) AQSH dollari; B) Yaponiya ienasi; C) Nemis markasi; D) Angliya funt-sterlingi; E) Fransuz markasi. 3. Amerika dollarining real almashuv kursi oshib borsa: A) amerika fuqarolari uchun import tovarlar arzonroq bo‘ladi; B) amerika sof eksporti qisqaradi; C) joriy operatsiyalar balansi taqchilligi oshib boradi; D) ichki narxlar o‘sadi; E) yuqoridagi javoblarning hammasi to‘g‘ri. 4. Xalqaro savdo aylanmasi nima? A) import hissasining ortishi; B) eksport hissasining ortishi; C) eksport va import nisbati; D) eksport va importdagi farq; E) eksport va import hajmi. 5. Import tovarlarga soliq solishdan maqsad nima? A) importni rag‘batlantirish; B) eksportni rag‘batlantirish; C) ichki bozor narxlarini oshirish; D) milliy iqtisodni import tovarlardan himoya qilish; E) yuqoridagilarning barchasi. 6. Jahon valuta tizimi o‘zining rivojida nechta bosqichdan o‘tadi? A) 2ta; B) 3ta; C) 4ta; D) 3ta; E) 6ta. 3. Jahon xo‘jaligi tarkibidagi rivojlanish jihatidan yetakchi bo‘lgan mamlakatlarga A) aholi jon boshiga yaratilgan YaIM yuqoriligi; B) dunyo mineral resurslarini iste’mol qilishdagi ulushi yuqoriligi; C) YaIMda axborot kommunikatsiya xizmatining ulushi yuqoriligi; D) sanoat mahsulotida yuqori darajadagi intellektual salohiyatni talab qiluvchi tovarlar ulushining ko‘pligi; E) YaIMda agrar sektor ulushining yuqoriligi xos emas. 7. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar: A) Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti darajasida; B) barcha mamlakatlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlik asosda; C) ko‘p tomonlama hamda ikki tomonlama hamkorlik asosda; D) barcha mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik asosda; E) musulmon davlatlari doirasidagi hamkorlik asosida olib boriladi. 8. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar qanday tamoyillarga asoslanadi? A) umuminsoniy va milliy manfaatlar mushtarakligiga; B) milliy va davlat manfaatlari birligiga; C) milliy va guruhiy manfaatlar uyg‘unligiga; D) umuminsoniy va qo‘shni mamlakatlar manfaati; E) turli qatlamlar manfaatlarini bir qilib umumlashtirishga. 9. O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borishiga nima to‘sqinlik qilishi mumkin? A) chet el investorlarini jalb etish; B) oraliq emas, pirovard mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘paytirish; C) sanoatni mahalliylashtirish; D) noraqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish; E) mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish. 10. Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar o‘zaro savdo qilganda boj to‘lovlari tovar qiymatining … A) 10%; B)15%; C)8%; D)5%; E)12% idan oshmasligi kerak. 11. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli? A) boj ittifoqi; B) to‘lov ittifoqi; C) erkin savdo zonalari; D) umumiy bozor; E) iqtisodiy va to‘lov ittifoqi. Download 16.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling