O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 315.51 Kb.
bet6/12
Sana15.06.2023
Hajmi315.51 Kb.
#1484299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdujalilov Alibek KURS

Tovar – bu biron-bir naflilikka
va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir.
Mamlakatimizda tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashning
rivojlanayotganligini chakana savdo aylanmasi va pullik xizmat ko‘rsatishning
yildan-yilga oshib borishida ham ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki,
global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etib turgan sharoitda tovar ishlab
chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash
jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishni zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi,
sifatining takomillashuvi va turlarining ko‘payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa,
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish
bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini
kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ularning sifatini
takomillashtirishdan iborat diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni
kengaytirishning muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi


3-rasm. Mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o‘zgaradi.
Mehnat unumdorligi deb mehnatning vaqt birligi ichida mahsulot ishlab
chiqarish qobiliyatiga aytiladi. U ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab
chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish
uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni
davomida 4 ta stol yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, deb olsak, u holda 1 ta
stol yasash uchun 2 soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mehnat
unumdorligi 0,5 ta stolga teng. Mehnat unumdorligining o‘zgarishi tovar birligi
qiymatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar
birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar
birligining qiymati oshadi. Misolimizdagi duradgor yasagan bitta stolning qiymati
2 soatlik mehnat sarfiga teng edi. Deylik, uning mehnat unumdorligi ikki baravar
ortib, bir ish kunida 8 ta stol yasash darajasiga etdi. U holda, bitta stolning qiymati
ham ikki barvar pasayib, 1 soatlik mehnat sarfiga teng bo‘ladi.

Download 315.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling