O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti "iqtisodiyot" fakulteti


Download 55.37 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi55.37 Kb.
#1466691
1   2   3   4
Bog'liq
Ravshanov Sardor

Voqeaning fojiali tus olishi
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va maʼmuriy organlar tomonidan mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod (hozirgi Sug‘d viloyati) viloyati Аsht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtiriladi. Zero, o‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘yoq bermasin, tarix, albatta, o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalminalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi, kadrlar siyosati, qatag‘onlar, sanoat, elektroenergetika, mashinasozlik, asbobsozlik, irrigatsiya, melioratsiya, qo‘riq va bo‘z yerlar, ijtimoiy hayot, madaniy hayot, fan, adabiyot va sanʼat, taʼlim-tarbiya, “qayta qurish”, “paxta ishi”, paxta yakka hokimligi, ekologik muammolar.
Respublika rahbarining bunday qatʼiyati asossiz taʼna va bo‘xtonlardan ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini ko‘tardi. Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz shaʼniga otilgan malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Аyni paytda vahshiylik qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o‘t qo‘ygan, transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi minbarlardan turib jasurlik bilan aytadi.
Davlat rahbari o‘sha davrdayoq Farg‘ona voqealarining tub sabablari quyidagi masalalar bilan bog‘liqligini asoslab bergan edi va bu sabablar Islom Karimovning asarida ham aniq ifodalangan. Bular quyidagilar:
1. Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2. Odamlarning taʼminoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari pastligi tufayli bunday holat O‘zbekistonning boshqa joylarida ham sodir bo‘lishi mumkinligi.
3. Ishsizlik, ish o‘rinlarining kamligi, yaʼni ortiqcha ishchi kuchining ko‘payib borishi.
4. Yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o‘ylab ko‘rilmagani kabi sabablar. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini taʼminlash zarurligini tushunib yetdi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15-avgustda “Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, Islom Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4-oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi.
XX asr 80-yillarining oxirlari – 90-yillarining boshlarida respublikada maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi o‘z umrini o‘tab, bozor munosabatlariga o‘tish harakatlari endigina ro‘y berayotgan bir davrda, O‘zbekistondagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda jamiyatni demokratlashtirish, O‘zbekistonning haqiqiy suverenitetini o‘rnatish, mamlakatda yashayotgan ko‘p sonli millatlarning totuvligi va tengligini taʼminlashga erishishga kirishildi. 1989-yil 21-iyundan O‘z KP MQ birinchi kotibi lavozimiga kirishgan Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyatning asosiy vazifalaridan biri bu – O‘zbekiston xalqi bilan respublika rahbariyati o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni taʼminlashdan iboratligi maʼlum bo‘ldi. Chunki O‘zbekiston rahbariyati xalqning xohish-irodasini hisobga olib, uning manfaatlarini ko‘zlab ish yuritishi lozim edi.
Vujudga kelgan o‘ta og‘ir sharoit, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklarga, turli to‘siqlarga qaramasdan, xalqimiz Islom Karimov boshchiligida o‘zining asriy orzusi – O‘zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligi sari dadil va qatʼiyat bilan harakat qilishda davom etdi. Shu bilan birga boshqa respublikalarda xususiylashtirish to‘g‘risida gap sotilayotganda, aynan muholiflar tomonidan o‘rinsiz tanqid qilinayotgan “konservatorlar respublikasi”da birinchilardan bo‘lib xususiy korxonalar paydo bo‘ldi. Respublikada do‘konlarni va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini xususiylashtirish boshlanib, 1990-yilning o‘zida 170 ming gektar yer oilalarga meros qoldirish huquqi bilan ijaraga berildi. Bu raqamni yarim million gektargacha yetkazish belgilab olindi. So‘nggi paytlargacha yerlarning bor-yo‘g‘i 4,5 foizida dehqonchilik qilgan shaxsiy xo‘jaliklar respublikadagi oziq-ovqat resurslarining 40 foiziga qadar bergani hisobga olinadigan bo‘lsa, yerlarning umumiy salmog‘ida bunday uchastkalar hajmi ikki barobardan ziyod oshganda oziq-ovqat mahsulotlari hajmi sezilarli darajada oshishi muqarrar.


XULOSA
Ta’kidlanishicha, milliy va madaniy markazlarning tashkil etilgani O‘zbekiston xalqining birligi va yakdilligini ta’minlagan muhim omillardan biri sanaladi. Toshkentda mamlakatdagi milliy-madaniy markazlarning boshini qovushtirgan markaz ta’sis etildi, 1992-yil yanvarda u Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. O‘sha yillari O‘zbekistonda tatar, nemis, koreys, ozarboyjon, qozoq, yahudiy kabi 54 ta milliy va millatlararo markazlarga asos solindi. Markazlar faoliyati, qolaversa, turli millat va elatlarning o‘z tarixi, adabiyoti, tilini o‘rganish, an’analar, milliy bayram, urf-odat va marosimlarni tiklash va rivojlantirish singari madaniy, ma’naviy va ijtimoiy talablarini qondirish uchun qulay muhit yaratildi.
1989-yil oktyabrda Islom Karimovning dadil siyosiy qadami mahsuli sifatida «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan uzoq vaqt ikkinchi darajada bo‘lib kelgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu hodisa o‘zbek xalqining milliy o‘zlik tuyg‘usi o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Qolaversa, bu mustaqillikka erishish yo‘lidagi dastlabki g‘alaba ham edi.
Bugun O‘zbekistonda 140 ga yaqin respublika va hududiy miqyosdagi milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv va ahillikda yashab kelmoqda. Ularning etnik madaniyati, an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash va har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilgan. 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ta’lim muassasalarida 7 tilda saboq berilmoqda, Milliy teleradiokompaniya o‘z dasturlarini 12 tilda efirga uzatmoqda, gazeta-jurnallar esa 10 dan ziyod tilda chop etilmoqda.
«Birinchi prezident tomonidan mamlakatimizdagi barcha millat va elatlarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik – uning boshqa xalqlarga ehtiromi va o‘z ona eliga yuksak farzandlik muhabbatining ifodasidir. Millatidan qat’i nazar, vatandoshlarimizning Islom Karimovga bo‘lgan chuqur hurmati va mehr-muhabbatining boisi va tarixiy qadr-qimmati ham ana shunda», — deyiladi Fond maqolasida.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1 Elib.buxdu.uz
2 ziyonet.uz
3 HTTPS. Les. Uz
4 1989-yilgi Farg‘ona voqealari. Yangi faktlar (foto) (xabar.uz)
Download 55.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling