YaIMni quyidagi uchta usul bilan hisoblash mumkin:
- yalpi qo'shilgan qiymat summasi sifatida (ishlab chiqarish usuli yoki tarmoqlar bo'yicha hisoblash);
-oxirgi foydalanish komponentlarining yig'indisi sifatida (yakuniy foydalanish usuli);
- asosiy daromad yig'indisi sifatida (taqsimlash usuli).
Birinchi usul - bu YaMMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv. Bu usul bilan hisoblangan YaMM (YaIM) alohida tarmoqlarning shu maxsulotini yaratishdagi rolini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarish usuli bo'yicha hisoblashda YaIM barcha ishlab chiqarish birliklari - rezidentlarni sanoat yoki sektor bo'yicha guruhlangan yalpi qo'shilgan qiymatni yig'ish yo'li bilan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |