O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish universiteti


Loyihalanayotgan hududning iqlimi, grunti va aholi soni haqida


Download 1.2 Mb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1495355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PARKOVKA market

Loyihalanayotgan hududning iqlimi, grunti va aholi soni haqida
Tanlangan hudud Mirobod tumani
Mirobod tumani (1992-yilgacha Lenin tumani) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-yil Shayxontohur tumani bilan birgalikda tashkil etilgan. Hozirgi chegarasi 1977-yildan buyen oʻzgarmagan. Tuman T.ning janubiy qismida joylashgan. Shimoliyda Amir Temur xiyobonidan halqa yoʻligacha choʻzilgan. Maydoni 1,71 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi —0,356 ming ga. Aholisi 123,8 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 103 ta, shundan 8 tasi markaziy koʻcha hisoblanadi. Bularga Fitrat, Movarounnahr, Nukus, Kosmonavtlar koʻchasi, T. Shevchenko, Fargʻona yoʻli va boshqa kiradi. 39 ta mahalla mavjud. Mirobod tumani janubdan Bektemir, sharqdan Hamza, shimolidan Yunusobod, shimoli-gʻarbdan Yakkasaroy, janubi-gʻarbdan Sergeli tumanlari bilan chegaradosh. Tuman chegaralari Sharof Rashidov, Istiqlol, Oxunboboyev, Fargʻona yoʻli, Toshkent Katta halqa yoʻli, Beshkent, Fitrat, Turgʻunboyeva,. Oq yoʻl, Kichik Beshyogʻoch, Nukus, Kunayev koʻchalaridan oʻtadi. Toshkent metropolitenining "Oybek", "Toshkent" stansiyalari Mirobod tumani hududidadir. Tuman hududidan 4 ta kanal (Baratxoʻja, Qorasuv, Salor, Tolariq) oqib oʻtadi.
Mirobod tumanida 3167 korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi, shundan 349 tasi yirik, 818 tasi kichik va oʻrta biznes subʼyektlaridir. Toshkent shahri boʻyicha sanoat ishlab chiqarish. umumiy hajmidagi tumanning ulushi 10,5% ni tashkil etadi. "Oʻzelektroapparat", "Oʻzkimyofarm", "Foton", "Tong" aksiyadorlik jamiyatlari, "Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir", "Uchqun" kabi yirik sanoat korxonalari respublika ahamiyatiga ega.

Belgilangan hududda ko‘p qavatli avtoturargoh shakillantirish
Супермаркет 3120кв.м., Avtoturargohning xizmat ko‘rsatish xududidagi aholi soni: 900 kishi .
1000---------250 ta 100--------5 ta
900---------x 3120 ------x
X=225 ta x=306 ta
531 ta o’rinni 100% deb olsak
75% ni yopiq avtoturargohga
25%ni ochiq avtoturargohga loyihalandi.
Demak,ochiq turdagi avtoturargohlar soni 531x0.75=398 ta
Yopiq turdagi avtoturargohlar soni 531x0.25=133 ta


Kerak bo’ladigan maydon hisobi: 398*10=3980
S=3980 ---------yopiq turdagi avtoturargoh
S=1330 ---------ochiq turdagi avtoturargoh



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling