O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta talim vazirligi Toshkent Tiibiyot Akademiyasi
Gana, Senegal, Somali, Nigeriyaga
Download 266.81 Kb. Pdf ko'rish
|
18-12 18-25(1)
Gana, Senegal, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Shvetsiya, Ruminiya,
Bolgariya,Turkiya, Indoneziya, Moldova va Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjonga sport poyabzallari, Polsha, Janubiy Koreyaga charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi. Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 2009-2016-yillarda qishloq joylarda 1308 turarjoy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joylar qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaratildi. Mamlakatimiz hududidagi ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Harakatlar strategiyasida 2017-yilning o‘zida paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish hisobidan qisqartirilgan ekin maydonlarining : 27,2 ming gektariga sabzavot; 5,9 ming gektariga intensiv bog‘; 10,9 ming gektariga ozuqa ekinlari; 4 ming gektariga moyli ekinlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan 8 .
t -Chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yili 29-dekabrdagi PQ-2460-son “2016-2020- yillar davrida qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida 2016-2020-yillarda qoramollar sonini 3 165 ming boshga, qo‘y va echkilar sonini 4 281 ming boshga va parrandalar sonoini 31 200 mingtaga oshirish vazifalari belgilangan. Muhtaram Prezidentimiz qishloq xo‘jalidini rivojlantirishga alohida e’tibor berib, -“Yaqin kunlarda 2017- 2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yakuniga yetkaziladi. Asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish shohobchalarini tashkil etish va sevis xizmatlari ko‘rsatishga qaratiladi “ deb ta’kidlaganlar. Xarakatlar strategiyasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ulrning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorlashadi. Keyingi yillarda respublikamizning bir qator hududlarda ekinlarni sug‘orishning yangi texnologiyalari sinovdan o‘tmoqda va qo‘llashga tavsiya etilmoqda. O‘zbekiton Respublikasining “2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi “ ga muvofiq 2013-2017-yillarda jami 104 600 gektar maydonga sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, respublikamizda 2011-2015-yillarda jami 47356 gektar ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 19 214 gektarda egatga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish, 18 418 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: -“ Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni, harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi “. Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy jihatdan ko‘maklashish, jumladan, kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda 2016- yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2015-yilga nisbatan 25,1 % ko‘payib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 53,4 Download 266.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling