O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta talim vazirligi Toshkent Tiibiyot Akademiyasi
Download 266.81 Kb. Pdf ko'rish
|
18-12 18-25(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq
yo‘nalishlari borasida.
-Iqtisodiy tashqi hamkorlikni rivojlantirish borasida, bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan biri- bu, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etmoqda. Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu qatorda: 2016-2020-yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb etish; 2017-2019-yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish; 2017-2019-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish. 7 -2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiyaloyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6% dan 36% ga, qayta ishlash tarmog‘I ulushi 80% dan 85% ga oshadi. Jami xarajatlar uchun 37687,8 milliard so‘m va 8349,3 million AQSH dollari ajratilgan. Mamlakatimizda 2016-yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 % ga o‘sganligi, sanoat mahsuloti hajmlari-6,6 % ga, qurilish ishlari- 12,5 %, chakana savdo aylanmasi- 14,4 % ga, xizmatlar- 12,5 % ga o‘sganligi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi ta’minlanganligini ko‘rsarib o‘tishimiz mumkin. 7
2016-yilda iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollardan ko‘p investitisiya kiritildi, bu 2015-yilga nisbatan 9,6 % ga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan Chet el investitsiya va kreditlari hajmi esa 13 % ga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ziyod bo‘ldi.
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoi-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida 2016-yilda 28 mingdan ko‘p loyiha amalga oshirildi. 2017-yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi: meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 million dollarlik 63 ta loyiha; rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 million dollarlik 6 ta loyiha; kimyoviy hom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 million dollarlik 2 ta loyiha; uglevodorod hom ashyolarni qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 million dollarlik 6 ta loyiha; tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 million gollarlik 9 ta loyiha; farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 million dollarlik 7 ta loyiha; qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 million dollarlik 29 ta loyiha Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari,shuningdek, 2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini kamaytirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YaIM ga sarflanadigan energiya sarfini 7,4 %, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 % ga kamaytirishga erishildi. Yurtimiz eksportchilarning tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga mahsulot yetkazib
berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi. 2016-yil davomida yana 877 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, mahalliy mahsulotlarni chetga yetkazish geografiyasi 60 ta yangi bozorga ko‘paydi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Download 266.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling