asosidagi qo‘yilgan maqsad va vazifalar:
1-yo‘nalish. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va
mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning
rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, davlat xizmatini
tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini
takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik
nazorati va mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari
hamda ommaviy ahborot vositalari rolini kuchaytirish kabi vazifalarni o‘z ichiga
oladi, shuningdek, davlat boshqaruv tizimini liberallashtirish va bundagi har xil
to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari surilgan. Ochiq jamiyat qurish, davlat va
fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilganidek.
- Davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq
manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-
umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi muhim qoidalarni to‘liq amalga oshirish
asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |