O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta talim vazirligi Toshkent Tiibiyot Akademiyasi
-yo‘nalish. Iqtisodiyotni rivojlantirish va leberallashtirishning ustuvor
Download 266.81 Kb. Pdf ko'rish
|
18-12 18-25(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-yo‘nalish. Ijtimoiy sohani rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari.
3-yo‘nalish. Iqtisodiyotni rivojlantirish va leberallashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari. Bunda, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish asosiy maqsad hisoblanadi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish vazifalari
qilib qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. Iqtisodiyotda davlat o‘rnini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, viloyat, tuman va shaxarlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyatlar, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish maqsad etib belgilangan. 4-yo‘nalish. Ijtimoiy sohani rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatini yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalari bosh vazifalardan biriga aylangan. Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va munosib turmush darajasini ta’minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muhim vazifa qilib qo‘yilgan. Ijtimoiy sohani rivojlanishidagi bosh maqsadlardan biri albatta, ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirish, har tomonlama barkamol, yetuk inson-yuqori malakali mutaxasislarni tarbiyalashdir. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun chora-tadbirlar bilan takomillashtirishga bog‘liqdir. Talim-tarbiya bilan bir qatorda, madaniyat, san’at, adabiyot, sport sohalarini rivojlanishi, mana shu sohadagi barcha shart-sharoitlarni mukammal tarzda yaratilishi yosh avlodning yuksalishiga olib boruvchi yana bir yo‘l ochadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling