O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta talim vazirligi Toshkent Tiibiyot Akademiyasi


Gana, Senegal, Somali, Nigeriyaga


Download 266.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana02.01.2022
Hajmi266.81 Kb.
#190654
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
18-12 18-25(1)

Gana, Senegal, Somali, Nigeriyaga  yengil avtomobillar,  Shvetsiya, Ruminiya,

Bolgariya,Turkiya,   Indoneziya,   Moldova  va  Ozarbayjonga  mineral   o‘g‘itlar,

Belarus,   Ozarbayjonga  sport   poyabzallari,  Polsha,  Janubiy   Koreyaga  charm

buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.

  Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida

yakka tartibdagi uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

2009-2016-yillarda   qishloq   joylarda   1308   turarjoy   massivida   umumiy   maydoni

9 573   ming   kvadrat   metr   bo‘lgan   69 557   ta   shinam   uy-joylar   qurildi.

Qishloqlardagi   83,5   mingdan   ortiq   oilaning   yashash   sharoiti   yaratildi.

Mamlakatimiz   hududidagi   ekin   maydonlari   tarkibini   optimallashtirish   va

hosildorlikni   oshirish   bo‘yicha   amalga   oshiriladigan   chora-tadbirlar

mamlakatimizda   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlari   yetishtirish   hajmini   sezilarli

darajada oshishiga olib keladi. Harakatlar strategiyasida 2017-yilning o‘zida paxta

ekin   maydonlarini   49   ming   gektarga   va   g‘alla   maydonlarini   10   ming   gektarga

qisqartirish hisobidan qisqartirilgan ekin maydonlarining :

8,1 ming gektariga kartoshka;



27,2 ming gektariga sabzavot;

5,9 ming gektariga intensiv bog‘;



2,9 ming gektariga tokzor;

10,9 ming gektariga ozuqa ekinlari;



4 ming gektariga moyli ekinlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan

8

.

8



t


  -Chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun

agrar   tarmoqni   rivojlantirish   strategiyasining   muhim   qismidir.   O‘zbekiston

Respublikasi   Prezidentining   2015-yili   29-dekabrdagi   PQ-2460-son   “2016-2020-

yillar davrida qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish

chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   gi   qarorida   2016-2020-yillarda   qoramollar   sonini

3 165 ming boshga, qo‘y va echkilar sonini 4 281 ming boshga va parrandalar

sonoini 31 200 mingtaga oshirish vazifalari belgilangan. Muhtaram Prezidentimiz

qishloq xo‘jalidini rivojlantirishga alohida e’tibor berib, -“Yaqin kunlarda 2017-



2020-yillarga   mo‘ljallangan   ko‘p   tarmoqli   fermer   xo‘jaliklarini   rivojlantirish

dasturini   ishlab   chiqish   yakuniga   yetkaziladi.   Asosiy   e’tibor   eksportga

yo‘naltirilgan   meva-sabzavot   va   oziq-ovqat   hamda   chorvachilik   mahsulotlari

yetishtirishni ko‘paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish shohobchalarini

tashkil etish va sevis xizmatlari ko‘rsatishga qaratiladi “ deb ta’kidlaganlar.

 Xarakatlar strategiyasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada

yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ulrning xavfsiz va

barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va

shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorlashadi. 

  Keyingi   yillarda   respublikamizning   bir   qator   hududlarda   ekinlarni

sug‘orishning   yangi   texnologiyalari   sinovdan   o‘tmoqda   va   qo‘llashga   tavsiya

etilmoqda. O‘zbekiton Respublikasining “2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan

yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish

Davlat dasturi “ ga muvofiq 2013-2017-yillarda jami 104 600 gektar maydonga

sug‘orishning   zamonaviy   usullarini   joriy   etish   ko‘zda   tutilgan.O‘zbekiston

Respublikasi   Qishloq   va   suv   xo‘jaligi   vazirligining   ma’lumotlariga   qaraganda,

respublikamizda   2011-2015-yillarda   jami   47356   gektar   ekin   maydonlarida

tomchilatib sug‘orish, 19 214 gektarda egatga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish,

18 418   gektarda   ko‘chma   egiluvchan   quvurlar   orqali   sug‘orish   texnologiyalari

joriy etilgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek:  -“ Qishloq xo‘jaligini isloh qilish



va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng


muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo agrosanoat kompleksi va uning

lokomotivi,   ya’ni,   harakatga   keltiruvchi   kuchi   bo‘lgan   ko‘p   tarmoqli   fermer

xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi “.

  Mamalakatimizda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishining   barqaror   sur’atlarini

ta’minlash,   tadbirkorlik   sub’ektlari   faoliyatini   qo‘llab-quvvatlashda   moliyaviy

jihatdan   ko‘maklashish,   jumladan,   kreditlar   ajratishga   alohida   e’tibor

qaratilmoqda.   Bu   boradagi   ma’lumotlardan   ko‘rinadiki,   mamlakatimizda   2016-

yilda   iqtisodiyotning   real   sektoriga   yo‘naltirilgan   kreditlarning   umumiy   hajmi

2015-yilga nisbatan 25,1 % ko‘payib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra,  53,4




Download 266.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling