O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta talim vazirligi Toshkent Tiibiyot Akademiyasi
Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olib
Download 266.81 Kb. Pdf ko'rish
|
18-12 18-25(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda oliy majlis palatalari, siyosiy partiyalarning roli
- II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish
3. Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olib
borilayotgan amaliyotdagi ishlar. I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimi takomillashtirish. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda oliy majlis palatalari, siyosiy partiyalarning roli borasida.
Qonunlarda binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari quyidagilar etib belgilangan: konstitutsiya va qonunlar qabul qilish , ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish; davlatning strategik dasturlarini qabul qilish; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimi va vakolatlarini belgilsh; boshqaruv tarkibida yangi davlat tuzilmalarini tashkil qilish va ularni tugatish haqidagi qarorlarni tasdiqlash; boj, valyuta va kredit, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan-“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilshi kerak” prinsipini ilgari surgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqat qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish, unda hududlarda saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shu tumandagi barcha ko‘rilgan masalalarni tegishlicha hal qilishi lozimligi belgilangan. Harakatlar strategiyasida aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqatini takomillashtirish maqsadida”Elektron parlament” tizimi joriy etish va shu asosida , mahalliy vakillik organlari bilan o‘zaro muloqoti va aloqalarini kuchaytiriradi, ular bilan electron hamkorlik tizimining shakllanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Elektron parlament, shaklidagi ahborot-kommunikatsiya vositalari parlament palatalari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni bog‘lab turuvchi vosita vazifasini bajaradi va aholiga har tomonlama qulaylik yaratadi. - Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasida, xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017-yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Bundan maqsad, mamlakatimizdagi demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, davlat idoralarini mas’ulyatini kuchaytirish, xalq bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish ilgari surilgan. Xalq qabulxonalarining barcha hududlarda ish boshlagani, xalq bilan keng miqiyosda muloqot olib borilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga jami kelib tushgan murojaatlar 2017-yil 24-yanvar holatiga ko‘ra 409 mingni tashkil etgani portalning jamiyat hayotida o‘z o‘rni borligidan dalolatdir. II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish
Download 266.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling