2-yo‘nalish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada
isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, sud hokimiyatining chinakam
mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik
qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini
olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘la qonli
joriy etish, yuridik yordam kabi bandlarni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishdagi asosiy
maqsad va vazifalari: Sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish
va takomillashtirish ustuvor vazifalarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish
orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la
va samarali ishlashi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, oliy sud
faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari asosida ishlaydigan
tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalarni tatbiq etish, eng muhimi,
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etmasligi choralarini ko‘rish,
profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish
mexanizmlarini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni
mustahkamlash, qonunlarga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud
va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish, yurudik yordam va xizmat ko‘rsatish
tizimi takomillashtirish orqali sud-huquq organlarini mexanizmlarining yuqori
saviyada ishlashini ta’minlash kabi ustuvor maqsad va vazifalar ilgari surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |