5-yo‘nalish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari. Asosiy maqsadlaridan, davlatimiz mustaqilligi
va suverenitetni mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik,
barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning
xalqaro nufuzini mustahkamlashdan iborat.
130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekistonda tinchlik va
barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tiqod va
madaniyatlarni hurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanada
chuqurlashtirishning ahamiyati kata.
Mamlakatimizning tashqi siyosati, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy
yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik,
chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‘zaro manfaatli va
amaliy tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish
muhim vazifa qilib qo‘yilgan.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yuqorida
keltirilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘tgan 25 yil
davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni
umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb
masalalarni hisobga olib, keyingi 5 yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan
tarixiy taraqqiyotning yangi ustuvor yo’nalishi belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |