O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta talim vazirligi Toshkent Tiibiyot Akademiyasi


-yo‘nalish.   Iqtisodiyotni   rivojlantirish   va   leberallashtirishning   ustuvor


Download 266.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana02.01.2022
Hajmi266.81 Kb.
#190654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
18-12 18-25(1)

  3-yo‘nalish.   Iqtisodiyotni   rivojlantirish   va   leberallashtirishning   ustuvor

yo‘nalishlari.  Bunda,   makroiqtisodiy   barqarorlikni   yanada   mustahkamlash   va

yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish asosiy maqsad hisoblanadi. 

  Bundan   tashqari,   iqtisodiyotning   yetakchi   tarmoqlarini   modernizatsiya   va

diversifikatsiya   qilish   hisobidan   ishlab   chiqarilayotgan   mahsulotlarning

raqobatdoshligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish vazifalari



qilib qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va

ekinlar hosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali

jahon   bozoriga   chiqishning   yangi   yo‘nalishlarini   joriy   etish   nazarda   tutiladi.

Iqtisodiyotda   davlat   o‘rnini   kamaytirish,   xususiy   mulk   huquqini   himoya   qilish,

mulkka   egalik   qilish   va   uning   hajmini   oshirish   orqali   yuqori   samaradorlikka

erishish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   yanada   rivojlantirish,   viloyat,

tuman   va   shaxarlarni   ularning   tabiiy-geografik   imkoniyatlar,   yer   sharoiti   va

dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar

nuqtai   nazaridan   iqtisodiy   rivojlantirish   choralarini   ko‘rish   maqsad   etib

belgilangan. 

  4-yo‘nalish.   Ijtimoiy   sohani   rivojlantirish   ustuvor   yo‘nalishlari.  Bunda,

aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli

aholi qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatini yangi shakl va

turlarini joriy etish nazarda tutilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni

saqlash   tizimini   takomillashtirish,   xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini

oshirish   orqali   jamiyatda   sog‘lom   turmush   tarzini   yanada   chuqurlashtirish

masalalari bosh vazifalardan biriga aylangan. Shuningdek, aholini arzon uy-joylar

bilan   ta’minlash,   hayot   sharoitlarini   yaxshilash,   yo‘l-transport,   muhandislik-

kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilmalarni  modernizatsiya  qilish  orqali  uzoq

istiqbolga   mo‘ljallangan   va   munosib   turmush   darajasini   ta’minlaydigan   yuksak

madaniyatli   yashash   sharoitiga   erishish   chora-tadbirlarini   ko‘rish   eng   muhim

vazifa   qilib   qo‘yilgan.   Ijtimoiy   sohani   rivojlanishidagi   bosh   maqsadlardan   biri

albatta, ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirish, har tomonlama barkamol,

yetuk inson-yuqori malakali mutaxasislarni tarbiyalashdir. Bu esa yoshlarga oid

davlat siyosatini butun chora-tadbirlar bilan takomillashtirishga bog‘liqdir. 

 Talim-tarbiya bilan bir qatorda, madaniyat, san’at, adabiyot, sport sohalarini

rivojlanishi,   mana   shu   sohadagi   barcha   shart-sharoitlarni   mukammal   tarzda

yaratilishi yosh avlodning yuksalishiga olib boruvchi yana bir yo‘l ochadi.





Download 266.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling