O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi


Download 0.74 Mb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#242537
1   2   3   4
Bog'liq
1111-мавзу. Агробизнесда молиявий муносабатлар (2)

Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi.Bu tizim davlat va boshqa turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zaxiralarini, banklar, pul muomalasi, kredit va soliq tizimi, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarining harakatini o‘z ichiga oladi.

Eng avvalo, korxona (tarmoq)lar va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim.

Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan ularning moliyaviy ehtiyojlariga xizmat qiladi.

Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini, soliq tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti – bu davlat daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.

Davlat byudjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.

2.Iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlari tizimi va ularning samaradorligi.

Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi imperativlari tizimida asosiylaridan biri rentabellik bo‘lib, bozor sharoitida ishlab chiqarish jarayoni natijalariga baho berishda uning ahamiyati oshib boradi. U oddiy takror ishlab chiqarishning, shu jumladan, asosiy ishlab chiqarish fondlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini tamin etishning manbai hisoblanadi. CHunki bozor sharoitida har bir korxona takror ishlab chiqarishni o‘z xususiy mablag‘lari va qarz hisobiga amalga oshirishni taqozo etadi. SHu bilan birga foydaning mutloq hajmi korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini o‘zida to‘liq aks ettirmaydi.

Rentabellik meyori odatda foyda summasini resurslar sarfi miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Ammo, bu usul bilan rentabellik darajasi aniqlanganda qishloq xo‘jalik erlarining to‘liq qiymati, ayniqsa sug‘oriladigan erlar qiymati, yil davomidagi sarf-xarajatlar va boshqa mablag‘lar qiymati to‘liq hisobga olinmaydi. Bundan tashqari asosiy va ayniqsa aylanma vositalar qiymati, yalpi va tovar mahsulotlar ko‘payishi va kamayishiga bog‘liq bo‘lgan hollarda turli yillarda sezilarli farq qilishi ham mumkin. Bu esa ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning real samaradorligini aniqlash imkonini bermaydi. Bu ko‘rsatkich odatda butun xo‘jalik bo‘yicha hisoblanib, alohida qishloq xo‘jalik tarmog‘i va mahsulot turlari bo‘yicha aniqlashda qiyinchiliklar tug‘iladi. Sababi, turli mahsulotlar ishlab chiqarishda bir xil mehnat vositalarining qatnashidir.

Samara qanchalik muhim bo‘lsada, u o‘z-o‘zidan ishlab chiqarish jarayonini to‘liq tavsiflamaydi, qanday resurslar evaziga olinganligini ko‘rsatmaydi. Bir xil samara turli usul bilan, resurslardan turlicha darajada foydalanish orqali bo‘lishi mumkin va aksincha, bir xil resurslar sarfi turli samara berishi mumkin. SHuning uchun erishilgan samarani shu samarani olishda sarflangan resurslar bilan taqqoslash zarurati kelib chiqadi. Demak, samara ko‘rinishidagi mutloq miqdor bilan bir qatorda yana bir mutloq miqdor- istemol qilingan resurslar hajmini bilish zarur. Bunda ushbu resurslardan foydalanishning muqobil imkoniyatlarini (marjinal xarajatlar) ham etiborga olinishi zarur. Professor Rojer Arnold fikricha “Samaradorlikka marjinal daromadlar marjinal xarajatlarga teng bo‘lganda erishiladi”.

K. Makkonell va S.Bryular ikki turdagi samaradorlikni farqlashadi: ishlab chiqarish samaradorligi va resurslarni taqsimlash samaradorligi:

“Ishlab chiqarish samaradorligi bu malum bir mutanosiblikni tovar va xizmatlar miqdorini eng kam xarajat bilan ishlab chiqarish”; “Resurslarni taqsimlash samaradorligi jamiyatning tovar va xizmatlarga ehtiyojini to‘laroq qondirishni ifodalaydi”. YAni, resurslarini taqsimlash samaradorligi nazariyasiga ko‘ra, birinchi o‘rinda resurslarini tejash emas, balki jamiyatining malum tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabining qondirilishi yotadi.

N.A.Popov samaradorrlikni olingan natija bilan ushbu natijani olishda sarflangan xarajatlar nisbati tariflaydi. Uning fikricha, iqtisodiy samaradorlik tarifidan quyidagi ikki vazifani keltirib chiqarish mumkin: bevosita xarajatlar sarfi doirasida maksimal samaraga erishish (resurslar cheklanganligi bilan izohlanadi) va bilvosita resurslar sarfi doirasida belgilangan samaraga minimal xarajatlar hisobiga erishish. Har bir korxona o‘z sharoitidan kelib chiqib, u yoki bu vazifani echishlari lozim bo‘ladi. Ammo, ikki vazifa ham bitta maqsadni bidiradi.

A.Abdug‘aniev “samaradorlik” va “iqtisodiy samaradorlik” tushunchasi “samaradorlik” tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga ega deb takidlaydi. YAni, “Iqtisodiy samaradorlikda malum davrda amalga oshirilgan tadbirlar tizimi bilan bog‘liq xarajatlar olingan sof foyda qancha ko‘p bo‘lsa, iqtisodiy samaradorlik darajasi shuncha ko‘p hisoblanadi va aksincha. Samaradorlik esa u yoki bu tadbirlarni bajarish, mahsulotlarni etishtirish natijasida erishilgan yutuqlarni ifodalaydi”.

F. Qayumovning fikricha samaradorlik: “... malum bir davr mobaynida yaratilgan pirovard natija bilan mahsulot birligi ishlab chiqarishga sarflangan moddiy (amortizatsiya bilan birgalikda) va mehnat resurslari sarfi nisbati tushuniladi...” Bu kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir.

SHunday qilib, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi iqtisodiy samaraning resurslar sarfiga nisbati yoki aksincha ko‘rsatkichlar sifatida quyidagicha aniqlanadi:

ISqC(n) / R(x) (23.1)

Bu erda, IS-iqtisodiy samaradorlik;

S(n)-samara (natija);

R(x)-resurslar (xarajat).

Iqtisodiy samaradorlik darajasi, qancha resurs sarfi hisobiga qancha iqtisodiy samaraga erishilganligini bildiradi. Samara qancha katta va xarajat shuncha kichkina bo‘lsa, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi shuncha katta bo‘ladi va aksincha. Resurslar va iqtisodiy samaradorlik o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, iqtisodiy samaradorlik tarifidan ikki asosiy vazifani keltirib chiqarish mumkin: bevosita-malum bir xarajatlar hisobiga maksimal darajada samara olish (resurslar cheklanganligi bilan ifodalanadi) va bilvosita-belgilangan samaraga minimal xarajatlar bilan erishish.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligi, baho o‘lchovini ifodalaydigan asosiy sifati bilan ajralib turgan xossasini aks ettiruvchi mezon orqali amalga oshadi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligi mezoni cheklangan er maydoni birligidan olinadigan qishloq xo‘jalik mahsuloti miqdori, shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning tejamliligi va pirovard natijada resurs birligi hisobiga ko‘proq sof daromad olishdir.

Qishloq xo‘jaligida samara va resurslarning bosqich darajasiga qarab, xalq xo‘jaligi, tarmoq, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi, davlat, shirkat korxonalari, ijara jamoalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, ayrim qishloq xo‘jalik tarmoqlari faoliyati va mahsulotlar etishtirish samaradorligi ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari mahsulotlari o‘simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari doirasida, ayrim ekinlar va chorva hayvon turlari doirasida, ayrim mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari rentabelligi aniqlanadi.

Rentabellik mutloq ko‘rsatkichi foyda massasining absolyut miqdorida ifodalanadi. Foyda – bu faqt ishlab chiqarish jarayonida tashkil topgan natija hisoblanib qolmasdan, balki mahsulotlarni sotish jarayonida erishilgan oxirgi iqtisodiy ko‘rsatkichdir.

Korxonaning foyda massasi uning rentabelligini bildiradi. Ammo, uning tashkil topish xususiyatlari bo‘yicha nazariy va uslubiy tushunchalar oxirgi yillargacha to‘liq shakllanmagan.

Hozirgi zamon g‘arb iqtisodiyotida, pirovard foydalilikni qarab chiqishda korxona xo‘jalik faoliyati tahlili va tamoq taqqoslama iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi marjinal daromad (MD)1-tushum va bevosita o‘zgaruvchi xarajatlar orasidagi farq hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich alohida tarmoq va texnologiyalarni taqqoslashda ko‘pincha mezon sifatida foydalaniladi.

Tarmoqning nisbiy samaradorligini yoki uning afzalligini aniqlashdan tashqari, foydani hisoblash bilan bog‘liq bo‘lgan, yani mahsulotning to‘liq tannarxini hisobga oladigan mutloq samaradorlikni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Alohida tarmoqlar bo‘yicha to‘liq tannarxni va foydani hisoblash uchun doimiy umumishlab chiqarish va umumxo‘jalik xarajatlarini bittadan xarajat turlariga qarab oqilona asoslangan tamoyilda korxona tarmoqlari o‘rtasida alohida taqsimlash zarur.

Foyda tadbirkor uchun real xarajatlarni haqiqatda aks ettirishga maksimal yaqinlashish nuqtai nazaridan ahamiyatga ega. SHunday ekan, marjinal daromadni biz aytmoqchi bo‘lgan foydani keltirib chiqarishda, hisoblashda muhim bo‘lgan iqtisodiy kategoriya sifatida qarash mumkin.

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish samaradorlik ko‘rsatkichlari, ularni hisoblash uslublari tahlili natijasida rentabellik ko‘rsatkichining turlicha yondashuvdagi qiyosiy tahlili orqali mahsulot etishtirish samradorligini oshirish imkoniyatlarini topish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling