O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


Download 115.5 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1160011
  1   2
Bog'liq
15-amaliyot


15-AMALIYOT
POYEZDLAR HARAKATI KO‘RSATKICHLARINI HISOBLASH. STANSIYADA POYEZDLAR HARAKATI JADVALINI TUZISH


1. Poyezdlar harakati ko‘rsatkichlarini hisoblash. Stansiyada poyezdlar
Poyezdlar harakatini tashkil qilish, ularni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazib yuborish jarayonlari temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari (TFQ), poyezdlar harakati va manyovr ishlarini tashkil qilish hamda temir yo‘llarni signallashtirish yo‘riqnomalari asosida tashkil etiladi.
TFQda belgilanishicha poyezd etakchi lokomotiv (motorvagon) mashinistining ixtiyorida bo‘ladi. Stansiyalarda mashinist va poyezdlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar stansiya navbatchisining ko‘rsatmalariga, dispetcherli markazlashtiruv uchastkalaridagi stansiyalarda esa poyezd dispetcheri ko‘rsatmalariga amal qiladilar.
Poyezdni stansiyaga qabul qilish barcha turdagi signallashtirish va aloqa tizimlarida kirish signalining ruxsat belgisi bilan amalga oshiriladi. Har qanday ajratish punkti – stansiyalarda poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va beto‘xtov o‘tkazib yuborish bo‘yicha faqat bir kishi – stansiya navbatchisi buyruq beradi. SHuning uchun ham poyezdlar harakatini boshqarish bo‘yicha stansiyadagi barcha aloqalar hamda SMB asboblarini boshqarish shaxsan stansiya navbatchisi, yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha mas’ul xodim – opertor, signalchi yoki strelkani boshqaruvchi navbati tomonidan bajariladi. Dispetcherli markazlashtirishda poyezdlar harakatini, stansiyalarda strelka va signallarni navbatchi poyezd dispetcherining o‘zi bajaradi.
Bir yo‘llik temir yo‘l uchastkalarida yoki ikki yo‘llik uchastkalarda noto‘g‘ri (teskari) yo‘l bo‘ylab peregonga poyezd jo‘natish uchun stansiya navbatchisi avval shu tomondagi qo‘shni stansiya navbatchisidan tegishli tartibda ruxsat so‘rab olishi kerak. Avtoblokirovka bilan jihozlangan bir yo‘llik uchastkalar bundan mustasno bo‘lib, ularga poyezd qo‘shni stansiya navbatchisidan ruxsat olmay, birinchi blok-uchastka bo‘shagandan so‘ng poyezd dispetcheri ko‘rsatmasi bo‘yicha jo‘natiladi.
Ikki yo‘llik uchastkalarda har bir bosh yo‘l odatda poyezdlarning bir tomonga karab yurishi uchun xizmat qiladi. MDH, shu jumladan O‘zbekiston temir yo‘llarida o‘ng tomonlama harakat qabul qilingan. Ikki yo‘llik liniyallarda poyezdni to‘g‘ri yo‘l (o‘ng tomon) bo‘ylab jo‘natish uchun qo‘shni stansiya navbatchisining ruxsati talab etilmaydi. Avtoblokirovka bilan jihozlanmagan ikki yo‘llik uchastkalarda qo‘shni stansiya navbatchisidan avval jo‘natilgan poyezdning etib kelgani haqida xabar olgandan so‘ng keyingi poyezd peregonga jo‘natiladi, avtoblokirovkada esa birinchi blok-uchastka bo‘shagandan so‘ng keyingi poyezd jo‘natiladi. Ayrim hollarda poyezd dispetcherining buyrug‘i bilan poyezd ikki yo‘llik uchastkada peregonga qarama-qarshi harakat yo‘li, ya’ni noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab jo‘natilishi mumkin.
Barcha turdagi signal va aloqa vositalari ishlamay qolgan hollarda ikki yo‘llik uchastkalarda poyezd stansiyalar orasidagi masofani o‘tish uchun etarli vaqt oralig‘i bilan harakatlanadi, bir yo‘llik uchastkalarda esa yozma xabarnoma orqali bildirib harakatlantiriladi. Oxirgi holatda birinchi harakatni ustunligi belgilangan yo‘nalishdagi stansiya boshlaydi. Bir yo‘llik peregonlarda ustunlik tok yo‘nalishda belgilangan, ikki yo‘llik peregonlarda esa signal va aloqa vositalari ishlamay qolgan vaqtda amalda bo‘lgan yo‘nalishda belgilingan.
Poyezdni qabul qilish va jo‘natish oldidan stansiya navbatchisi, dispetcherli markazlashtirishda poyezd dispetcheri stansiyaning poyezd o‘tadigan yo‘li bo‘ylab strelkalar va yo‘llarda manyovr harakatlarining to‘xtatilishini ta’minlaydi. Stansiya navbatchisi signalchi yoki strelka posti navbatchisiga qabul yoki jo‘natish yo‘lini tayyorlash haqida buyruq beradi. Qabul qilish yo‘li, jo‘natishda esa peregon (avtoblokirovkada - birinchi blok-uchastka) bo‘shligiga, manyovr harakatlari to‘xtatilganiga, strelkalar tegishli holat bo‘yicha tayyorlanib qulflanganiga ishonch hosil qilgandan keyingina, stansiya navbatchisi kelayotgan poyezdga kirish signalini, jo‘nayotganiga esa chiqish signalini ochadi yoki mashinistga tegishli ruxsatnoma beradi.
Stansiya navbatchisi kelayotgan poyezdni kutib oladi, ketayotganini yoki to‘xtamay o‘tadiganini kuzatadi, poyezd holati, signal belgilarining mavjudligi va to‘g‘riligini nazorat qiladi. Poyezdning haqiqiy kelgan, jo‘nagan yoki o‘tib ketgan vaqtini stansiya navbatchisi poyezdlar harakatining stoldagi jurnalida belgilaydi va darhol qo‘shni stansiya navbatchisi va poyezd dispetcherini ogohlantiradi hamda poyezd haqida avtomatlashgan boshqaruv tizimiga kerakli ma’lumotlarni etkazadi.
Stansiya ishchilari poyezd jo‘nashidan oldin uning to‘g‘ri tuzilganligi, tarkibdagi vagonlarning ulanganligi, ochiq vagonlardagi yuklar mahkamlanishining chidamligini tekshiradilar, yuklarning to‘lik saqlanganligi, poyezdning tegishli signallarga egaligi va zaruriy inventarlar bilan jihozlanganiga ishonch hosil qiladilar.
Poyezdning o‘tish yo‘lida lokomotiv brigadalarning alohida xushyorligi talab qilinadigan holatlarda va ularni peregonda ishlar bajarilayotgani haqida ogohlantirish kerak bo‘lganda, brigadalarga yozma ogohnoma beriladi.
Poyezd peregonda majburiy to‘xtab qolganda mashinist poyezd avtotormozlarini, ayrim hollarda lokomotivning tormozlarini ham ishga tushiradi. Zaruriy hollarda uning ko‘rsatmasi bilan poyezdga xizmat ko‘rsatuvchi hodimlar vagonlardagi qo‘l tormozlarni ishga tushiradilar va agar bular etarli bo‘lmasa vagon g‘ildiraklari ostiga lokomotivda mavjud bo‘lgan boshmoqlarni qo‘yib paydo bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish chorasini ko‘radilar.
Zarur hollarda poyezd, ikki yoki ko‘p yo‘llik peregonlarda yondosh yo‘llar signalashtirish yo‘riqnomalari ko‘rsatmalari asosida muhofaza etiladi.
Poyezd mashinisti radioaloqa orqali peregonda harakatlanayotgan lokomotiv va motorvagon poyezdlar mashinistlarini hamda peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilarini poyezd to‘xtaganligi haqida ogohlantiradi.
Radioaloqa ishlamagan hollarda sodir bo‘lgan voqea haqida poyezd dispetcheri yoki stansiya navbatchisi yaqin atrofdagi punkt telefon aloqasi orqali xabardor qilinadi.



Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling