O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi


Download 248.59 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi248.59 Kb.
#1332946
Bog'liq
5-лаб.Kasalliklarga chidamli bo‘lgan transgen hayvonlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI   SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI   Kasalliklarga chidamli bo‘lgan transgen hayvonlar

AKBAROVA GULIRUXSOR VAFOEVNA

Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Turli ulchamdagi probirkalar, kolbalar, pinset, qaychi, mikroigna, tayyor va vaqtinchalik preparatlar, kimyoviy moddalar, refraktometr, dializ qog‘ozi, magnitli aralashtirgich, spektrofotometr va muzlatgich va boshqalar.

Qishloq xoʻjalik hayvonlaridan olinadigan mahsulotlarni 10% ga yaqini yoʻqotiladi. Shuning uchun ham kasalliklarga chidamli boʻlgan hayvon zotlarini yaratish seleksionerlar oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir.Chidamlilik-hayvonlarni muayyan mikroorganizmlar, viruslar, parazitlar va toksinlarga boʻlgan moyilligini belgilovchi merosiy genetik bog’liqlikdir.Afsuski, ba’zi bir ijobiy misollarni e’tiborga olmaganda har xil kasalliliklarga chidamli boʻlgan hayvonlar turlarini seleksiya yoʻli bilan yaratish unchalik katta muvaffaqkiyatlarga olib kelmagan.

Kasalikka chidamlilik odatda poligen belgilarga ega boʻladi. Misol uchun, yirik shoxli hayvonlarni muayyan zotlarini tripan kasalikka chidamliligini yaratish, ushbu kasallikdan tashqari, issiqqa chidamliligini oshiradi va ularda oziqa yoki turar joy tanlamaslik xususiyatlarini beradi. Shuning bilan birga rezistentlikni alohida genlarga asoslangan mexanizmlari ham bor. Masalan, endi tug’ilgan choʻchqa bolalarini diareya kasalligiga rezistentligi E.coli bakteriyasining K88 shtammiga bog’liq ekanligi yoki sichqonlarni grippga chidamligini koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu voqielik begona gen saqlagan transgen hayvonlarni alohida kasalliklarga moyil boʻlmagan turlarini yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.


Kasal qoʻzg’atuvchilarni organizmga kirishi yoki ularni koʻpayishiga toʻsqinlik qiluvchilar-immun mexanizmlari va gistologik moslikni bosh kompleksini genlarini ekspressiyasi yoki interleykinlar, interferon, neyropeptidlar va gormonlar kabi molekulalarni immunologik xususiyatidan kelib chiqadi. Rezistentlik genlariga misol qilib, sichqonni Mx genini koʻrsatish mumkin. Barcha sut emizuvchilarda modifikasiyaga uchragan holda topilgan bu gen Mx + - sichqonlarda gripp A ning virusga nisbatan immunitet ishlab chiqaradi. Bu shtamm alohida ajratib olingan, klonlashtirilgan va amaliyotda qoʻllanilgan. Xususan transgen choʻchqalar olishda ishlatilgan. Bu choʻchqalar RNK darajasida Mx genini ekspressiya (genetik axborotni koʻrinishi) qilishgan (Brem G. va boshqalar, 1991).
Transgen choʻchqalarni Mx_-oqsil ekspressiya qilishi va bu choʻchqalarni gripp virusiga rezistentligi haqida ma’lumotlar hozircha chop etilmagan. Gollandiyada mastit kasalligiga chidamli transgen hayvonlar yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bunday hayvonlarni sut bezi toʻqimalarida laktoferin gormoni miqdori odatdagidan koʻproq boʻlishi aniqlangan. Adashgan RNK geni saqlovchi transgen hayvonlar yaratish ham katta ahamiyatga ega. Bu RNK ni hujayra ichiga ekspressiya boʻlishi, boshqa RNK bilan gibridizasiya boʻlishiga olib keladi, bu esa virus genomini replikasiyasini susaytirish bilan barobar. Rossiya akademiyasining akademigi T.I.Tixonenko tomonidan adenovirusga karshi RNK genini qonstruksiyasi yaratilgan va uning asosida Rossiyaning Biotexnologiya markazida transgen quyonlar olingan. Shu guruh olimlarni boshka bir tajribalari natijasida adashgan RNK geni saqlagan transgen hayvonlarni leykoz virusi bilan 212 kasallantirilganda bu ksalga nisbatan, chidamlilik xususiyati paydo boʻlganligi kuzatilgan.
Shu guruh olimlarni boshka bir tajribalari natijasida adashgan RNK geni saqlagan transgen hayvonlarni leykoz virusi bilan 212 kasallantirilganda bu ksalga nisbatan, chidamlilik xususiyati paydo boʻlganligi kuzatilgan. Yuqumli viruslarga qarshi hujayra (toʻqima) ichida immunizasiya qilish imkoniyatlari koʻrsatilgan. Viruslarni endogen oqsillari, ayniqsa ularni mutant shakllari oʻsha viruslarga karshi himoya vositasi boʻlib xizmat qila oladi. Xususan, hujayralariga virus qobigi oqsillari kiritish yoʻli bilan tovuqlarni leykoz kasaliga qarshi chidamli boʻlgan tovuq zotlari yaratilgan. Yuqorida koʻrsatilgan misollar har xil kasallikka chidamli boʻlgan transgen hayvonlar yaratish qanchalik istiqbolli ekanligiga guvohlik bera oladi.
Etiboringiz uchun rahmat
Download 248.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling