Ritmik qo‟zg‟alishlar.
Nerv va muskul tolalarida yakka qo’zg’alish faqat fiziologik eksperiment
sharoitida hosil qilinadi. Tabiiy sharoitda organizmda harakat potensiallari, ya'ni
nerv impulslari, yakka-yakka o’tmay, balki bir qanchasi ritmik ravishda,
navbatma-navbat bilan o’tadi va biri-ikkinchisini keltirib chiqaradi. Nerv, muskul
va boshqa to’qimalardagi sezuvchi nerv uchlari - retseptorlarda muayyan ta'sirot
tufayli impulslar seriyasi hosil bo’ladi va bu impulslar o’sha retseptorlardan
boshlanadigan markazga intiluvchi nerv tolalari orqali markaziy nerv tizimiga
uzatiladi. Markaziy nerv tizimining istalgan qismi (nerv markazlari)
qo’zg’alganida ham, xuddi shuningdek bir qator impulslar hosil bo’lib, markazdan
qochuvchi nerv tolalari orqali ishchi organga uzatiladi. Ishci organ skelet
muskullari bo’lsa, ularda nerv orqali kelgan impulslar ritmiga yarasha qo’zg’alish
paydo bo’lib, muskullar tegishlicha qisqara boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |