O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
O‟zgarmas tokning tirik to‟qimaga ta'siri
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
asab va mushak tizimi fiziologiyasi
O‟zgarmas tokning tirik to‟qimaga ta'siri. Muskul va nervlar elektr tokini
o’tkazish xususiyatiga ega. Muskul bilan tutashgan nervga elektrodlar o’rnatib, tirik to’qimaga elektr toki ta'sirini o’rganish mumkin. O’zgarmas tok tirik to’qimaga faqatgina zanjir ulangan yoki uzilgan paytda ta'sir qiladi, xolos. Tok ta'siri zanjir ulanganida uzilgan paytdagidan ko’ra, kuchliroq bo’ladi. Zanjir ulanganida katodda, uzilganda anodda qo’zg’alish paydo bo’ladi. Zanjir ulanganda katodda to’qimaning qo’zg’aluvchanligi oshadi, anodda pasayadi, uzilganda esa, buning aksi kuzatiladi. Zanjir ulanganda va uzilganda o’zgarmas tok ta'siri bilan katodda va anodda to’qima fiziologik holatining o’zgarishiga elektroton deyiladi.
Qo’zg’aluvchan to’qimalar membranasining sxematik tuzilishi. A-hujayra membranasining gipotetik tuzilishi; B-hujayra membranasining modeli (L.Bergelson, 1975 bo’yicha). A-da: 1-membrananing tashqi qavati, 2-ikki qavatli lipidlar, 3-membrananing ichki qavati; B-da: 1-oqsillar, 2-lipidlar.
Qo’zg’aluvchanlikning katodda oshishiga katelektron, anodda oshishiga anelektron deyiladi. Muskulga kelgan nervga elektrodlar qay holatda o’rnatilganiga qarab, tokning yo’nalishi o’zgaradi. Nervning muskulga yaqin joyiga anod qo’yilsa, tok muskuldan nerv tomon yo’naladi (yuqoriga yo’nalgan tok), agarda shu joyga katod qo’yilsa, tok nervdan muskulga yo’naladi (pastda yo’nalgan tok). To’qimada kuzatiladigan jarayonlar ta'sir qilayotgan tokning kuchiga ham bog’liq. Tok kuchi juda zaif bo’lganda muskul faqat zanjir ulangan, tokning kuchi o’rtacha bo’lganda zanjir ulangan va uzilgan paytda qisqaradi. Tok kuchli bo’lganda muskul, agarda katod unga yaqinroq joylashgan bo’lsa, zanjir ulanganda, agarda anod yaqinroq joylashgan bo’lsa, zanjir uzilganda qisqaradi. To’qima qo’zg’aluvchanligi va o’tkazuvchanligida kuzatiladigan mana shu o’zgarishlar membrana potensiallarining o’zgarmas tok ta'sirida o’zgarishi tufayli paydo bo’ladi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling