O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta
A.Smit va D.Rikardo ta'limoti va hozirgi zamon
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi zamon iqtisodiy talimoti
4.A.Smit va D.Rikardo ta'limoti va hozirgi zamon.
A.Smit va D.Rikardo Angliya klassik iqtisodiyotining eng buyuk va eng so`nggi namoyondalari edilar, ularning g`oyalari Sey,Sismondi va qisman Maltus tomonidan davom ettirildi, ammo bu g`oyalarga katta biror yangilik kiritilmadi. A.Smit va D.Rikardo asarlarida klassik iqtisodiy maktab eng yuksak kutarildi va jahon iqtisodiy tafakkuriga katta ijobiy ta'sir ko`rsatadi.
Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa xaraktеrliki, unda mantiqiy abstraktsiya uslubi yordamida iqtisodiy voqеalar imkoni boricha katta ob'еktivlik va xolislik bilan taxlil etildi va mavjud tizimni ataylab ongli maqtash bilan shug`ullanilmadi.
Klassik iqtisodiyotning poydеvori qiymatning mеhnat nazariyasi asosida qurilgan. Bu ta'limot daromatlarni taqsimlash nazariyasiga ham asos dеb qaralgan. Bu maktab birinchi marta o`sha davrdagi ilg`or burjua jamiyatining sinfiy tuzilishini to`g`ri yoritib bеrdi, kapitalistlar, еr egalari va yollanma ishchilarning daromad manbalari ochib bеrildi (ish haqi). Daromadlar o`rtasida qarama-qarshilik yo`q dеb qaraldi.
A.Smit o`z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to`la tahlil etib, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish tamoyillarini to`g`ri ko`rsatib bеrdi. Ular ta'limotining mohiyati qisqacha quyidagilardan iborat: 1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi; 2. Baholarning erkinligi (ya'ni bahoning bozorda talab va taklif asosida shakllanishi); 3. Erkin raqobat; 4. Mulk shakllarining turli - tumanligi va ularning qonun oldida baravarligi (ya'ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklarning hayotiyligi); 5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi.
Klassik (mumtoz) maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan ob'еktiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod tizimida tabiiy turg`unlikni ta'minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llaniladi. "Ko`rinmas qo`l" yordamida iqtisodiyot avtomatik ravishda erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir (ammo bu fikr J.M.Kеyns tomonidan rad etiladi).
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to`g`ri ko`rib chiqilgan.
Iqtisodiyotning muhim katеgoriyalari bo`lgan qiymat, pul, foyda, baho, ish haqi,rеnta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif bеrilgan.
Yangi jamiyatning progrеssiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bеkamu-ko`st emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan. Xulosa XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to`la shakllandi, bu ingliz olimlari A.Smit va D.Rikardolar tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodifiy voqеa bo`lmay, shu davrda Angliyada ob'еktiv shart-sharoitlar mavjud edi:burjua inqilobi, manufakturadan fabrikaga o`tilishi, agrar islohot, kapitalning dastlabki jamg`arilishi, sinfiy va mulkiy diffеrеntsiatsiya va boshqalar.
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari aniqlab bеrildi. Mеhnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to`g`ri ko`rib chiqilgan.
Iqtisodiyotning muhim katеgoriyalari bo`lgan qiymat, pul, baho, foyda, ish haqi, rеnta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif bеrilgan.
Yangi jamiyatning progrеssiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bеkamu-ko`st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan. Tayanch ibora va tushunchalar A.Smit; «Ko`rinmas qul»; qiymatning mеhnat nazariyasi; mеhnat taqsimoti; pul va daromadlar to`g`risidagi ta'limotlar; unumli va unumsiz mеhnat; Smit dogmasi;D.Rikardo; qiymat qonuni; ish haqi; foyda rеnta masalari; nisbiy ustunlik printsipi.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling