Kurs loyihasini rasmiylashtirish
Kurs loyihasining tushuntirish xati qisqa va tushunarli yozilgan bo`lib, rasm va ilovalar bilan birga qo`l yozmada 40- 50 betdan iborat bo`lishi kerak. Tushuntirish xati kerak bo`lmagan maqsadsiz materiallardan xoli bo`lishi kerak.
Kurs loyihasi tushuntirish xatining birinchi betida mundarija bo`lib, unda kurs loyihasi bo`limlarining tartib raqamlari va qaysi betda joylashgani ko`rsatiladi.
Tushuntirish xatining oxirida kurs loyihasini bajarishda qo`llanilgan adabiyotlarning ro`yxati beriladi. Unda har bir adabiyotni muallifi, nomi yoki qo`llanma va jurnallarni nomlari, nashriyotini nomi va nashr yili haqida ma`lumot beriladi.
Tushuntirish xatini yozish uchun hajmi 297 x 210 mm yozma qog`ozdan foydalaniladi va unda chap tomondan 25 mm, o`ng tomondan 10 mm, yuqori va pastdan 20 mm hoshiya qoldirib yoziladi. Yozish uchun varaqaning bir tomonidan foydalaniladi, keyin varaqlar terilib, muqovalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |