O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
Birinchi jihatdagi ahamiyati – bu belgilar qonun chiqaruvchi organ tomonidan o‘sha normaning asosiy tarkibi doirasiga kiritilib, «Maxsus» qism moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan belgilar (masalan, 205,206-moddalar – faqat mansabdor shaxslar tomonidan sodir qilinishi) shu moddalarning dispozitsiyasida ko‘rsatiladi. 192-moddada esa, raqobatchining ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlik nazarda tutilib, bu «maqsad» subyektiv tomonining belgisi sifatida shu moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan.
Ikkinchi jihatdan ahamiyati shundan iboratki, bu belgilar jinoyat tarkibi doirasida jazoni og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. «Maxsus» qismning deyarli ko‘pchilik moddalarida o‘sha jinoyatning og‘irlashtiruvchi turlari sifatida nazarda tutilib, og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi belgilar ko‘rsatilgan. Uchinchi jihatdan ahamiyati shundaki, bu belgilar jinoyat tarkibi doirasiga kirmaydigan va qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmaydigan belgilar bo‘lib, bular qo‘shimcha belgilar bo‘lishi mumkin. Ammo qonunda bu belgilarga befarq qaralmay sud tomonidan jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlar hisoblanadi. Bunday holatlar Jinoyat kodeksining 55 va 56-moddalarida nazarda tutilgan bo‘lib, 55-moddada sud tomonidan jazoni yengillashtiruvchi holat hisobga olinishi mumkin bo‘lgan belgilarning eng asosiylari nazarda tutilgan. 56-moddada esa, jazoni og‘irlashtiruvchi holat, deb hisobga olinadigan belgilarning qat’iy ro‘yxati berilgan. Ushbu belgilar qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga (ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiruvchi yoki oshiruvchi) ta’sir qiladigan bo‘lsa, sud jazo tayinlashda hisobga olishi mumkin. Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarning ro‘yxati qat’iy bo‘lmay, ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan, ammo jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasining kamayishiga ta’sir qiluvchi boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb hisobga olish mumkin. Jinoyat kodeksining 56-moddasida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlarning qat’iy ro‘yxati berilgan bo‘lib, sud jazo tayinlashda shu moddada ko‘rsatilgandan boshqa holatlarni og‘irlashtiruvchi holat, deb hisobga olish mumkin emas. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling