O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Ayb uchun javobgarlik prinsiрi


Download 1.35 Mb.
bet10/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

1.2.6. Ayb uchun javobgarlik prinsiрi
Bu prinsiр Jinoyat kodeksining 9-mod­dasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra: «Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi».

Ayb uchun javobgarlik prinsiрi:


birinchidan, jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxsning shaxsiy (individual) javobgarligini;

ikkinchidan, faqat qasd va ehtiyotsizlik shaklidagi jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishini anglatadi.


Ya’ni, shaxs aybi bo‘lgan jinoyati uchungina javob beradi, aybi bo‘lmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Ayb uchun javobgarlik prinsiрi «Ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatiga nisbatan shaxsiy aybi aniqlanmagan hech bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi», degan qoidani mustahkamlaydi. Bu qoida qadimgi Rim huquqida ham mavjud bo‘lib, quyidagicha ifodalanib, «Nullum crimen, nulla poena sine cupla» – «Aybsiz jinoyat ham, jazo ham bo‘lmaydi», ma’nosini bildiradi1.

Ayb uchun javobgarlik prinsiрi subyektiv jihatdan shaxsning o‘z ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatiga nisbatan ruhiy munosabatini anglatsa, obyektiv jihatdan jinoyat qonunida aybi bo‘lmagan shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilmasligi belgilab qo‘yilganligida ifodalanadi.

Bundan tashqari, jinoyat qonuni «aybsiz holda zarar yetkazish» uchun javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyat kodeksining 24-moddasiga ko‘ra, agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning ijtimoiy oqibatiga ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. Aybsiz holda zarar yetkazish jinoyat huquqida «kazus» («cazus»), deb ataladi va jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. Bunday kazuslar, odatda, fors-major hollari, yengib bo‘lmas kuchlar natijasida yuzaga keladi.

Demak, ayb uchun javobgarlik prinsiрi – ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatiga nisbatan aybi isbotlangan shaxsgina jinoiy javobgarlikka tortilishini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat kodeksi ayb uchun javobgarlik prinsiрiga amal qilingan holda tuzilgan bo‘lib, unda «Ayb» deb nomlangan maxsus bob ajratilgan va ushbu bob normalari aybning shakllari, murakkab aybli jinoyatlar, aybsiz holda zarar yetkazish kabi jinoyat huquqiy holatlarni belgilab bergan.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling