O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
1.2.2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar. Ushbu normaning asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida belgilangan bo‘lib, unda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar», deb ko‘rsatib o‘tilgan. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрida:
ikkinchidan, Jinoyat qonunining bir xilda qo‘llanilishi ta’minlanadi. Jinoyat kodeksining 5-moddasi nomi bilan uning mazmuni mos kelmasdan, ushbu moddada faqat jinoyat sodir etgan shaxslarning qonun oldida tengligi xususida fikr bildirilgan. Lekin jinoyat huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, jinoyat sodir etgan shaxslardan tashqari, jabrlanuvchi, jinoyat qonunini qo‘llovchi shaxslar ham fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрiga amal qilishlari shart. Qonun chiqaruvchi tomonidan tenglik prinsiрiga amal qilinishi (qilmishlarni jinoiy, deb topish masalasi borasida) barcha jinoiy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda ifodalanadi. Bundan tashqari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoya qilinishi masalasida ham tenglik prinsiрiga amal qilinishi kerak. Xususan, maxsus subyektlarning qilmishlarini jinoyat, deb topishda, masalan, mansabdor shaxslar, harbiylar va sudyalar qilmishlari uchun boshqalarga javob bermaydi. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрining buzilishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 141-moddasida fuqarolar teng huquqliligini buzish uchun, 156-moddasida esa, adovat qo‘zg‘atish maqsadida milliy, irqiy va diniy mansubligiga ko‘ra, fuqarolarning tengligini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi xalqaro huquqiy va Konstitutsiyaviy prinsiр bo‘lganligi uchun barcha qonunlarda qat’iy o‘rnatilishi kerak. Amaliyotda bunday prinsiр ko‘pincha jinoyat sodir etgan shaxslarning mulkiy ahvoli va mansab mavqeyi mezonlariga ko‘ra buziladi. Bunday buzilishlar jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli jinoyat ishini tugatish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Demak, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi sodir etgan jinoyati uchun har bir shaxsning teng javobgarligi, jinoiy javobgarlik asoslarining barcha uchun bir xilda qo‘llanilishi (amal qilishi)ni bildiradi. Bunday prinsiрdan istisno holatlar ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiрlari orqali o‘rnatilishi mumkin. Masalan, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar javobgarligi, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati kabi holatlar.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling