O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyat huquqi prinsiрlari


Download 1.35 Mb.
bet4/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

1.2. Jinoyat huquqi prinsiрlari

Jinoyat huquqining muhofaza qilish va oldini olish vazifalari faqatgina jinoyat huquqi prinsiрlariga qat’iy rioya qilinishi orqali bajarilishi mumkin.

Jinoyat huquqi prinsiрlari haqida to‘la ma’lumot olish uchun quyidagi masalalarga e’tibor berish kerak:
1. Jinoyat huquqi prinsiрlari tushunchasi, belgilari va ularning ahamiyati;

2. Prinsiрlarning jinoyat huquqida qo‘llanilishi va ularning harakatlanish mexanizmi;

3. Jinoyat huquqi prinsiрlari tizimi.
Jinoyat huquqi prinsiрlari deganda, umuman jinoyat huquqi yoki uning alohida institutlari mazmunini ifodalovchi, jinoyat huquqi normalarida mustahkamlangan boshlang‘ich asos, asosiy g‘oyalar tushuniladi.

Prinsiрlar jinoyat qonunida mustahkamlangan demokratik davlatning jinoyat-huquqiy siyosati mohiyatini va hozirgi yo‘na­lishlarini ifodalaydigan, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, chegaralari va shakllari haqida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, diniy va huquqiy tasavvurlarni aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy qoidalardir.



Jinoyat huquqi prinsiрlari — jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida qonun chiqaruvchi, qonunni amalda qo‘llovchi organlar va barcha fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan asosiy qoidalar.

Jinoyat huquqi prinsiрlari quyidagi:


a) xalqaro va milliy huquq normalariga mos kelishi;

b) jinoyat huquqi prinsiрlarining fundamental xususiyatga ega ekanligi;

d) jinoyat huquqi prinsiрlarining o‘zaro aloqadorligi kabi belgilarga ega.
Jinoyat huquqi prinsiрlari birinchi navbatda xalqaro huquq normalariga, ya’ni xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlarga mos kelishi kerak. Shuningdek, jinoyat qonunidagi prinsiрlar o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi va undagi normalardan kelib chiqishi kerak.

Jinoyat huquqi prinsiрlari jinoyat huquqi normalari uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni jinoyat huquqi normalar jinoyat huquqi prinsiрlaridan kelib chiqadi va ularga zid bo‘lmasligi kerak. Bunday prinsiрlar nazariyada prinsiр normalar, deb ataladi.

Jinoyat huquqi prinsiрlari bir-biriga bog‘liq tarzda zanjirsimon harakatda bo‘lib, ulardan birining buzilishi o‘z navbatida boshqa prinsiрlarning buzilishiga olib keladi.

Jinoyat huquqi prinsiрlari jinoyat qonunchiligini «qo‘llash» borasida jinoyat huquqi uchun asosiy qoidalarni belgilab beradi.

Jinoyat huquqi prinsiрlarining «harakatlanish mexanizmi» jinoyat qonunlarini qo‘llovchi shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud’ya) orqali amalga oshiriladi.

Jinoyat huquqi prinsiрlari buzilganda, bunday buzilishlarni bartaraf etish hamda prinsiрlarni buzilishiga olib kelgan g‘ayriqonuniy qaror va xatti-harakatlarni bekor qilish uchun davlat nazorati (sud, prokuratura organlari nazorati) harakatga keladi.

Jinoyat kodeksida belgilangan prinsiрlar:
a) qilmishning jinoiyligi faqat Jinoyat kodeksi bilan aniq­lanishi;

b) jazo va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanishi;

d) Jinoyat kodeksining jinoyat huquqi uchun yagona manba ekanligi;

e) shaxsning jinoyatni sodir etishdagi aybliligi yoki unga qo‘yilgan aybda aybsizligini faqat sud tomonidan aniqlanishi;

f) jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarining faqat sud tomonidan qo‘llanishi;

g) jinoyatni sodir etishda aybdor, deb hisoblangan shaxsni huquqiy holati faqat qonun bilan belgilanishi;

h) barcha huquqni amalda qo‘llaydigan idoralarning jinoyat qonunining mazmunini o‘z vakolatlari doirasida va Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan aniq matnga muvofiq sharhlash majburdirlar, qoidalaridan iborat1.
Jinoyat huquqi prinsiрlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitut­siyasida mustahkamlangan, qonunning ustuvorligi, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolarning tengligi, umuminsoniy qadriyatlar va umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustuvorligi kabi prinsiрlarga asoslanadi hamda ulardan kelib chiqadi. Ayni paytda jinoyat huquqining har bir prinsiрi ushbu huquq sohasining tartibga solish uslubi va bajaradigan vazifalari bilan aloqador hamdir.

Qonunda prinsiрlarning mustahkamlanganligi ularga umum­majburiylik xususiyatini beradi, binobarin, prinsiрlar kishilar ongiga ta’sir ko‘rsatish omillari sifatida qonun chiqarish va huquqni qo‘llash faoliyatini yanada rivojlantirish uchun huquqiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Barcha prinsiрlarning yig‘indisi demokratik jinoyat huquqining chinakam mohiyatini ifodalaydigan ichki o‘zaro mufoviqlashtirilgan qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi.

Jinoyat huquqi prinsiрlari tizimi deganda, jinoyat qonun­chiligidagi qoidalarning normativ asosini belgilab beruvchi jinoyat huquqi prinsiрlarining yig‘indisi tushuniladi. Jinoyat huquqi prinsiрlarining tizimi Jinoyat kodeksining 3-moddasida mustah­kamlangan bo‘lib, unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqa­ro­larning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiрlariga asoslanadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling