Elektron biznes


Download 48.07 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi48.07 Kb.
#1551471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
elektron biznes 06.2022


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
60412500 – MARKETING (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA) SIRTQI

ELEKTRON BIZNES” FANIDAN


MUSTAQIL ISHI


BAJARDI: IBROHIM BERDALIYEV
TEKSHIRDI: O. XURRAMOV

BUXORO - 2022 YIL



Elektron biznesda narx shakllantirish
REJA;
1. Elektron biznesda narx siyosati
2. Interneda tovar va xizmatlarning narxi qimmat va arzonligi sabablari
3. Elektron biznesda narx belgilash strategiyalari
Internetda narx strategiyalarining shakllanishda narx hosil bo’lishning an’anaviy omillarni ham, internet auditoriyasi xususiyatlarini, internetning kommunikativ xarakterini ham hisobga olish lozim, ya’ni internetda narx hosil bo’lish an’anaviy marketingga qaraganda yanada egiluvchan bo’lishi kerak.
Masalan, firma virtual do’kon orqali an’anaviy tovarlarni taklif etsa, oddiy do’konlardagidan ko’ra pastroq narxlarning belgilanishi va bepul etkazib berilishining taklif etilishi tarmoq xaridorlari uchun rag’bat bo’ladi. Shu bilan birga, noyob tovar taklif etilgan bo’lsa-yu, uni faqat birta virtual do’konda xarid kilib olinadigan bo’lsa, maksimal narxlar belgilanishi asoslangan strategiya bo’ladi.
Narx siyosatiga tegishli aytilganlarga shuni qo’shish kerakki, internetda firmalarda sotiluvchi mahsulot narxining bir qismini boshqa shaxsga o’tkazish imkoniyati mavjud.
Ko’pincha bu reklama beruvchilarni jalb etish va ular reklamasini serverda berish hisobiga mumkin. Bu usuldan foydalanish o’z web-serverlarida reklamani joylashtirish bo’yicha xizmatlarni sotish orqali bu ma’lumotni yaratish va yoyish xarajatlarini to’liq yoki qisman qoplaydigan axborot mahsulotlarini tarqatuvchi kompaniyalarga xosdir. Narxlarni kamaytirishning boshqa usuli hamkorlikka malakali mijozlarni jalb etish hisobiga operastiyalari harakatlarini qisqartirishdir. Masalan, Goland banklari mijozlariga o’z hisobi bilan Internet orqali mustaqil operastiyalar o’tkazishni taklif etib, bunda omonatlar bo’yicha katta foizlar beradilar, chunki bunda bank operastiya faoliyatiga o’z xarajatlarni shunchalik pasaytiradiki, mijozga mustaqil operastiya ishni amalga oshirgani uchun «to’lash» imkoniga ega bo’ladi.
Internet bozori narx bo’yicha mukammalroq sanaladi. Chunki narxlar to’g’risidagi malumotlar ko’zgudek barcha sotuvchi va xaridorlarga yoki vositachilarga bir xil malum.
Elektron biznesda ko’pchilik tovarlar ananaviy biznestovarlariga qaraganda anchagina arzon. Arzon bo’lishiga tasir qiluvchi omillar:
1. Savdo agentlari (vositachilar)- yani ular xaridorlarga ko’plab turdagi tovar va ularni narxlari borasida juda ko’p malumotlarni etkazib turadi va sotuvchilar ham u yoki bu tovarga raqobat jihatidan narx belgilashga yondashadi.
2. Teskari aukstionlarning mavjudligi, yani bunday aukstionlarda xaridor sotuvchining belgilangan narxiga o’zini narxini taklif etishi mumkin.
3. Erkin hududlarning mavjudligi.
4. Venchur kapitali, yani ko’plab internet loyihalarni venchur kompaniyalari qiziqqan holda uzoq muddatli hamkorlikda amalga oshirilishi sanaladi. Ular ishning boshlashida zarar ham ko’rishi mumkin yoki katta yo’qotishlarga duch kelishi mumkin.
5. Juda yuqori raqobatnarx arzon bo’lishiga xarajatlarning kamayganligiga sabab bo’ladi.

Download 48.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling