Elektron biznes
Xarajatlarning kamligiga esa quyidagi omillar sabab bo’ladi
Download 48.07 Kb.
|
elektron biznes 06.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internetda bazi bir tovar va xizmatlarning narxlari yuqoriligiga sabab bo’luvchi omillar quyidagilar
- Internetda narxni shakllantirish.
Xarajatlarning kamligiga esa quyidagi omillar sabab bo’ladi:
a) barcha ishlarni (buyurtmalarni, reklamani) insonning o’zi bajarishi, yani boshqa biron bir shaxsga to’lovlar yo’qligi; b) zaxiralar bilan bog’liq bo’lgan xarajatning cheklanganligi, bu electronic data interchange - EDI deb nomlangan tizim asosida amalga oshiriladi,hamda yetkazib berlishlar esa JIT (just in time) rejimiga asoslanishi; c) savdo bo’yicha uni tahlil qilish bo’yicha xarajatlarning kamligi. d) Call Center larning ananaviy ko’rinishiga nisbatan elektron biznesdagi istemolchiga ko’rsatilayotgan xizmatlarning arzonligi va aniqligi. e) raqamli tovarlar fizik jihatida etkazib berishni talab etmaydi. Internetda bazi bir tovar va xizmatlarning narxlari yuqoriligiga sabab bo’luvchi omillar quyidagilar: 1. Etkazib beruvchi kanal xarajatlari. 2. Mukofot foizlarining to’lanishi, yani kompaniyalar o’z saytlarida boshqa firmaning magazinlarini reklama qilganlarida ularga mukofot foizlari to’lanadi. Savdo hajmining 7% dan 20% gacha bo’lgan miqdori. 3. Saytni yaratish va uni boshqarish bo’yicha xarajatlar. Forester tadqiqot markazi (www.foresterreseach.com) tadqiqotiga ko’ra har birta konservativ sayt 1000$ dan 100.000$ gacha xarajatni talab etadi. 4. Marketing va reklama xarajatlarning yuqoriligi. Boston Consulting Group (www.bsg.com) tadqiqotiga ko’ra elektron biznes bilan shug’ullanuvchi korxona o’z daromadining 43% ini reklama va marketingga sarflaydi, bu esa ananaviy biznesda esa o’rtacha 14,2% ni tashkil etadi. Internetda narxni shakllantirish. Internet bozori narx bo’yicha mukammalroq sanaladi. Chunki narxlar to’g’risidagi ma’lumotlar ko’zgudek barcha sotuvchi va xaridorlarga yoki vositachilarga bir xil ma’lum. Elektron biznesda ko’pchilik tovarlar an’anaviy biznesga, tovarlarga qaraganda anchagina arzon. Arzon bo’lishiga ta’sir qiluvchi omillar: 1. Savdo agentlari (vositachilar)- ya’ni ular xaridorlarga ko’plab turdagi tovar va ularni narxlari borasida juda ko’p ma’lumotlarni yetkazib turadi va sotuvchilar ham u yoki bu tovarga raqobat jihatidan narx belgilashga yondashadi. 2. Teskari ouksionlarning mavjudligi-ya’ni bunday ouksionlarda xaridor sotuvchining belgilangan narxiga o’zini narxini taklif etishi mumkin. 3. Erkin hududlarning mavjudligi 4. Venchur kapitali-ya’ni ko’plab internet loyihalarni Venchur kompaniyalari qiziqqan holda uzoq muddatli hamkorlikda amalga oshirilishi sanaladi. Ular ishning boshlashida zarar ham ko’rishi mumkin yoki katta yo’qotishlarga duch kelishi mumkin. 5. Juda yuqori raqobat-narx arzon bo’lishiga xarajatlarning kamayganligiga sabab bo’ladi. Download 48.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling