O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
16.3. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini
yo‘qotganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
Bu ikki asos mavjud bo‘lishi uchun ish tergov qilish yoki sudda ko‘rilishi jarayonida obyektiv holatning shunday o‘zgarishi tushuniladiki, bu holat natijasida shaxs yoki sodir etilgan qilmish yoxud ikkisi ham bir vaqtning o‘zida ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi. Shu bilan bir qatorda bu jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ikki turining tabiati va aniq asosi bir xil emas. Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi uchun ikki asos bo‘lishi lozim:
b) mazkur o‘zgarish qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishiga olib kelishi. Sharoitning o‘zgarishi deganda, obyektiv voqeiylikning o‘zgarishi bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi tushuniladi. Odatda, obyektiv holatning o‘zgarishi, nafaqat, mavjud ijtimoiy xavfli qilmishning, balki shu turdagi ijtimoiy xavfli qilmishlarning ham ijtimoiy xavfliligi yo‘qotilishiga olib keladi. Ayni vaqtda sharoitning o‘zgarishi butun davlat miqyosida (umumiy), shuningdek, mu’lum bir hududda (lokal) ham bo‘lishi mumkin. Bu shart-sharoitning o‘zgarishi aybdor shaxsning xohish-irodasidan tashqarida sodir bo‘lib, jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud muayyan viloyat, tuman va hokazolar aholisiga, xodimi va ishchilariga taalluqli bo‘lishidir. Masalan, g‘ayriqonuniy ravishda taqiqilangan joyda baliq ovlash ijtimoiy xavfli hisoblanib, Jinoyat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Agar baliqlarning ko‘payib ketishi yoki hayvonot olamining qirilib ketishi natijasida ov qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa, bunday harakat jinoyat hisoblanmaydi. Bu o‘zgarishlar uncha ko‘p uchramaydi va bu asosga ko‘ra javobgarlikdan ozod qilish istisno qiluvchi xususiyatga ega. Bu holatning o‘zgarishi bevosita jinoyat tushunchasi bilan bog‘liq, bundan ikki xulosa kelib chiqadi: 1) bunday holatda javobgarlikdan ozod qilish fakultativ emas, balki majburiydir; 2) bu sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga va ayblanuvchining shaxsiga bog‘liq bo‘lmaydi. Yuqorida qayd etilganlardan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning birinchisida obyektiv holatning shunday o‘zgarganligi tushuniladiki, buning oqibatida oldingi ijtimoiy xavfli va jinoiy jazoga sazovor qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi, ya’ni qilmishning jinoiyligini yo‘qotishi, qilmishga nisbatan yangi obyektiv sharoitda ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanishi mumkinligini istisno etmaydi. Ikkinchi asos ham tashqi shart-sharoitning o‘zgarishini ifodalaydi. Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotuvchi holatdan farqli ravishda, u shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgunga qadar yoki jinoyat sodir etilgandan so‘ng sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, aybdor shaxsni ijtimoiy xavflilik nuqtayi nazaridan huquqiy baholashning o‘zgarishidir. Jinoyat sodir etgan shaxsni ijtimoiy xavfli emas, deb topish uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir qilishda aybdor bo‘lgan shaxsni, ba’zi holatlar munosabati bilan xavflilik darajasi yo‘qolgan, deb hisoblashdan iboratdir. Masalan, harbiy xizmatni o‘tashga chaqirilgan shaxs uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan bo‘lsa, tergov organi yoki sud uni javobgarlikdan ozod qilib, harbiy xizmatni o‘tashiga imkon berishi mumkin. Bunda jinoyatning xavflilik darajasi o‘zgarmaydi, balki shu jinoyatni sodir qilishda aybdor bo‘lgan shaxs bundan so‘ng xavfli emas, deb topiladi. Bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish yoki muayyan hududdagi sharoitning o‘zgarishi emas, balki jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zi yuridik jihatdan baholanadi. Shaxsning yoki qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan, deb topish uchun, dastlabki tergov, sud majlisi yoki undan so‘ng vujudga kelganligini e’tiborga olish lozim. Vaziyatning o‘zgarishi bilan ayblanuvchi shaxs surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror roziligi bilan qabul qilgan qarori, prokurorning qarori, sudning jinoyat ishini tugatish haqidagi qarori yoki ajrimiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Agar shaxs ishning tugatilishiga qarshilik bildirsa, bunday holatda ish tugatilmaydi. Bunday holatda ish umumiy tartibda ko‘rilib, sudning ayblov yoki oqlov hukmi chiqarilishi bilan tugatiladi. Shaxs yoki qilmish ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi sababli aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish muayyan ijtimoiy munosabatlarning dekriminalizatsiya qilinishi, deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi. Dekriminalizatsiyada jinoyat tarikibi – obyekti bo‘lmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi. Bunda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo‘lmaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling