O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy


Download 1.35 Mb.
bet108/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

16.5. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy

javobgarlikdan ozod qilish
2001-yil 29-avgustda Jinoyat kodeksiga yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish haqidagi 661-modda kiritildi. Unga ko‘ra, birinchi marta Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatish uchun asos bo‘ladi1. Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, aybini bo‘yniga olib arz qilishga o‘xshaydi va xuddi shu kabi belgilarga ega. Ammo yarashganlikning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, bu uni aybini bo‘yniga olib arz qilish asosida javobgarlikdan ozod qilishdan farqlash imkonini beradi. Yarash­ganlik asosida javobgarlikdan ozod qilish zararni qoplash va jabrlanuvchi tomonidan ayblanuvchini kechirish asosida amalga oshiriladi. Aybini bo‘yniga olib arz qilishda esa, dastlabki tergov yoki sud tomonidan amalga oshiriladi.

Ayblanuvchi va jabrlanuvchining yarashganligi qonuniy va ixtiyoriy bo‘lganligini belgilash uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim:


1) Jinoyat kodeksining 661-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birining sodir etilganligi;

2) aybini tan olishi;

3) yetkazilgan zararning qoplanishi.
Jinoyat kodeksining 661-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlardan birining sodir etilishi yarashganlikni ifodalovchi boshqa elementlar bo‘lganda, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lishi mumkin. Yarashuv to‘g‘risida ish yuritish mumkin bo‘lgan jinoyat tarkiblari Jinoyat kodeksining 661-moddasida qat’iy belgilangan bo‘lib, uning doirasi kengaytirib talqin etilishi mumkin emas1. Ular quyidagilar:

Jinoyat kodeksining 105-moddasi, 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 106-moddasi (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 107-moddasi (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 108-moddasi (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismi (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari (tanosil kasalligini tarqatish), 115-moddasi (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismi (xavf ostida qol­dirish), 121-moddasining birinchi qismi (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasi (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 123-moddasi (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismi (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasi (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari (haqorat qilish), 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish), 168-moddasining birinchi qismi (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismi (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismi hamda ikkinchi qismi, «b» va «v» bandlari (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasi (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining birinchi qismi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 1852-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 192-moddasi (raqobatchini obro‘sizlantirish), 260-moddasining birinchi qismi (temiryo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismi (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining birinchi qismi (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish).

Ushbu moddada ko‘rsatilgan jinoyatlar uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga kiradi. Oliy sud yarashish jarayoni, nafaqat, 661-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlar sodir etilganida, balki boshqa moddalarga nisbatan ham yarashish munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishni qo‘llash mumkinligini belgilaydi. Ammo bu holda ushbu asosni qo‘llash huquqi javbrlanuvchi va ayblanuvchiga emas, balki, sudga tegishlidir. Oliy sud sudlar tomonidan yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat­larni sodir etilganlarga nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiqliligiga e’tibor berilishi lozimligini, albatta, Jinoyat kodeksining 65–66-moddalarida yoxud 70–71-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilish masalasini muhokama qilinishi lozimligini belgilaydi1.

Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishning yana bir sharti – shaxs tomonidan birinchi marta jinoyat sodir etilganligi. Birinchi marta jinoyat sodir etish – bu shaxsning sudlanganlik holatiga ega emasligi, sud yoki tergovdan yashirin­maganligini bildiradi.

Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish jabrlanuvchining aybdorni kechirishi va o‘zining talabidan kechishi hamdir. Bu moddani qo‘llashda yarashish haqidagi tashabbusning kimdan chiqqanligini (ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi) ahamiyati yo‘q. Asosiysi jabrlanuvchining ayblanuvchi bilan yarashganligi (zararni qoplaganligi tufayli uni kechirganligi) haqidagi rasmiy tartibda murojaat qilganligidir.

Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlan­magan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 62-bobida yarashuv to‘g‘ri­sidagi ishlarni yuritishning maxsus tartibi belgilangan bo‘lib, yarashuv to‘g‘risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonasiga kirmasdan oldin berilishi mumkin. Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilganligi, shuningdek, yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi iltimos bo‘lishi shart. Yarashuv bitimi bo‘yicha jinoiy javobgarlikdan ozod qilingandan so‘ng bu jinoyat bo‘yicha qaytadan jinoiy ish yuritish mumkin emas.

Jinoyat kodeksining 661-moddasi yarashilganlik tufayli javobgarlikdan ozod qilishni majburiyat qilib belgilamay, balki, huquq sifatida belgilaydi. Bunda yarashganlik faktidan tashqari qilmishning ijtimoiy xavfliligini va jinoyat sodir etgan shaxsni javobarlikdan ozod qilishning maqsadga muvofiqligini ifodalovchi obyektiv va subyektiv omillar hisobga olinishi lozim. Bunday holatlarga faktik ma’lumotlar, ayblanuvchining shaxsiy xususiyatlari va yarashishning maqsadini kiritish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini sud amaliyotida qo‘llash haqidagi qarorida Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxsni javobgarlikdan ozod qilish uchun ayni vaqtda uch holat: o‘z aybiga iqrorligi; jabrlanuvchi bilan yarashganligi va yetkazilgan zararni qoplaganligi talab etilishi belgilangan. Plenum qarorida yetkazilgan zarar qoplanmagan bo‘lsa-da, jabrla­nuvchining zararni qoplash talablaridan voz kechganligi ham kodeksning 661-moddasini qo‘llashga asos bo‘lishini e’tiborga olish lozimligi belgilangan.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling