Ozodlikdan mahrum qilish voyaga yetmagan mahkumni sudning hukmida belgilangan muddatga shu jazoni maxsus o‘tash joylariga joylashtirib majburiy tarzda jamiyatdan ajratishdan iboratdir.
Voyaga yetmay turib, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasida jazo tayinlanmaydi. Hukm chiqarish paytida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi 2000-yilning birinchi yarmida voyaga yetmaganlarga nisbatan 404 holatda qo‘llanilgan bo‘lib, bu umumiy sudlanganlarning 34,9 % ni tashkil qiladi. 1999-yilning birinchi yarmida esa, ozodlikdan mahrum qilish jazosi 413 holatda qo‘llanilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy sudlanganlarning 37,3 % ni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |