O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tushunchasi
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
19.1. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tushunchasi
Тibbiy yo‘sindagi maburlov choralari sud psixiatriya ekspertizasi xulosasiga asoslangan holda muayyan ruhiy kasallikka chalingan va Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini sodir etgan, shuningdek, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan, majburiy ruhiy davolashdir. «Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari o‘z tabiatiga ko‘ra, deb yozadi tadqiqotchi M.Usmonaliyev, davlatning majburlov chorasi hisoblanadi. Bunday majburlov choralari faqat sud tomonidan taynlanadi va qo‘llanadi. Bunda ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxsning xohish-irodasi e’tiborga olinmaydi va unga nisbatan bir qator huquqiy cheklashlarni joriy qilinadi»1. Jinoyat kodeksining 92-moddasida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning umumiy asoslari belgilab berilgan. Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida yoki hukm chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o‘z harakatlarini boshqara olmaslik holatida sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko‘ra, jamiyat uchun xavfli, deb topilsa, sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi shaxsiy davolash maqsadida qo‘llaniladi. Davolash deganda, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni ijtimoiy hayotga moslashuvi, uning ruhiyatini o‘zgartirish maqsadida qo‘llaniladigan ta’sir chorasi tushuniladi. Bunday usulda davolash, shaxsning to‘la tuzalishini maqsad qilib qo‘ymasa-da, ammo shaxsni jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan darajada ruhiy jihatdan tuzatishga qaratiladi. Shu yo‘sinda tibbiy majburlov chorasi asosida davolash metod va usullari, bu ta’sir chorasi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda davolanayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan choralar qo‘llaniladi1. Yuqoridagi qoidaga muvofiq, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jazo chorasi hisoblanmaydi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sud tomonidan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasi bo‘lib hisoblanadi. Bu majburlov chorasi sud hukmi bilan emas, balki sud qarori bilan begilanadi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi ruhiy kasallikka chalingan shaxsning qilmishini baholovchi xususiyatga ega emas, u qayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi, ruhiy kasallikka chalingan shaxs tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishni oldini oladi, ularni davolash va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining aniq bir turini qo‘llashdan oldin sud belgilangan maqsadlarning har biriga erishish mumkinligiga e’tibor qaratishi lozim. Shunday qilib, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jinoiy jazo chorasidan o‘z asosiga, tuzilishiga va yuridik oqibatiga ko‘ra farq qiladi.
Тibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun: 1) ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etilishi; 2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso bo‘lgan, lekin sud hukmi chaqirilgunga qadar o‘z qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki o‘z harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinishi; 3) jinoyat sodir etganligi uchun jazoga mahkum qilingan, lekin jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinib, o‘z qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki o‘z harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘lishi; 4) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo‘liqqan shaxslarning jinoyat sodir etishi asos bo‘lib hisoblanadi. Тibbiy yo‘sindagi maburlov choralari yuqorida keltirilgan to‘rt toifadagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan qo‘llaniladi. Bu toifadagi kishilarning har biri maxsus belgilarga ega. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling