Tuproqning maksimal gigroskopik namligini aniqlash
Oldindan quritilgan va tarozida tortib qo’yilgan
stakanchaga 1 mm li elakchada o’tkazilgan tuproqdan 10 g
solinadi. Stakancha (qopqog’i ochilgan holda) eksikatorga
qo’yiladi, eksikatorning tagiga kaliy sulfat (K
2
SO
4
) ning to’yingan
eritmasidan solinadi va eksikator yaxshilab berkitiladi (harorati bir
xilda saqlanadigan) qorong’i joyda qoldiriladi.
3-4 kundan so’ng stakanchani eksikatordan olib (qopqog’i
yopilgan holda), tuproq bilan birgalikdagi og’irligi aniqlanadi va
yana eksikatorga (qopqog’i yopilgan holda) qo’yiladi. Keyingi
og’irligi 2-3 kun o’tganidan so’ng (bir necha marta), o’zgarmas
og’irligiga kelgunga qadar aniqlanadi, hamda doimiy og’irligi
saqlangunga qadar 105 –110
o
C da termostatda quritilib, tuproq
maksimal namligining foizi yuqoridagi gigroskopik namlik kabi
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |