E s l a t m a : Tuproqlarning kapillar nam sig’imi o’rta
hisobda to’liq nam sig’imidan kam bo’ladi.
K e r a k l i a s b o b l a r: shisha silindr, filtr, qog’oz,
doka, ip, texnikaviy tarozi, shtativ, stakan.
9 -TAJRIBA ISHI
TUPROQNING GIGROSKOPIK NAMLIGINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Ushbu ish talabalar tuproq tarkibidagi gigroskopik
namlikni aniqlash usulini o’rganishlari maqsadida bajariladi.
Umumiy tushuncha
Tabiiy sharoitda yuqorida aytilgandek, mutlaqo quruq
tuproq bo’lmasligi ma’lum. Ho’l yoki nam tuproq labaratoriyaga
keltirilib, soyada va quyoshda uzoq vaqt quritilsa ham, unda
ma’lum miqdorda nam saqlanadi.
Mexanikaviy tarkibi, strukturasi, chirindining miqdori va
muhit sharoitiga qarab tuproqdagi zarrachalar yuzasiga singgan
gigroskopik namning miqdori o’zgarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |