Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi


Download 2.86 Mb.
bet7/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi





1.4-rasm. Sotish va marketing konsepsiyalari
Sof marketing konsepsiyasi



Sof marketing konsepsiyasi oʻtgan asrning 50-yillari oʻrtalaridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan etakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari boʻyicha axborotlar va tavsiyalar manbai boʻlib qoldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor kon'yunkturasi holati hamda oʻzgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istiqboli va foydadorligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan ta'minlash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi.
XX asrning 60-yillariga kelib bozordagi oʻzgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi.
Oʻtgan asrning 70-yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab chiqildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar hayotiga mustaqil kirib bordi.
Mamlakat xoʻjalik sub'ektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma ichidagi rejalashtirishda ham markaziy oʻrinni marketing egalladi. Bu bozor iqtisodiyotiga qaratilgan strategik boshqarishning yangi shakli boʻlib, u eng koʻp foyda olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilar iste'molchiga xarajat qildiradigan, korxonani ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilish koʻp kamrovli tushunchadir.
Mahsulotlar koʻrinishi va texnologiyasi qisman oʻzgartirilgan holda koʻplab ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi. Shuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yoʻlida doimiy kurash olib borish muvaffaqiyat garovi boʻlib qoldi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling