Oʻt oʻchirgichlarni sinash tartibi. Barcha turdagi oʻt oʻchirgichlar qayd etish nomeriga ega boʻlishi kerak. Ular muntazam ravishda (har 6 oyda bir marta) tekshirilib va qayta zaryadlanib turilishi kerak. Agar korpusda yoriq yoki chirigan joylar aniqlansa foydalanishdan chiqarilishi kerak. Oʻt oʻchirgichlar foydalanish muddatiga koʻra 3 guruhga ajratiladi: 1-guruh foydalanish muddati- 1 yil; 2-guruh-2yil; 3-guruh-3yil. 1- guruhdagi oʻt oʻchirgichlarning 25 foizi, 2-guruhdagilarning 50 foizi, 3-
guruhdagilarning 100 foizining korpusi foydalanilgandan 1 yil oʻtgach 2 MPa bosim ostida 1 minut davomida sinovdan oʻtkaziladi.
Oʻt oʻchirgichlarni zaryadlash tartibi. Koʻpikli oʻt oʻchirgichlarni zaryadlashda ishqorli aralashma sigʻimi 10l.dan kam boʻlmagan emallangan satil yoki shisha idishga solinadi va unga 8,5 l.xona haroratidagi suv qoʻshiladi. eritma sigʻimi 1,0-1,5 litrli kislotaga bardoshli bankaga qoʻyiladi va unga 80-100 0C haroratdagi qaynoq suv qoʻshiladi. eritma sovugandan soʻng kichik teshikli setka orqali kislotali stakanga qoʻyiladi. eritmaning muzlash haroratini -240C gacha pasaytirish maqsadida ishqorli eritmaga uning hajmiga nisbatan 40 foiz miqdorida etilenglikol yoki glitserin qoʻshiladi. Oʻt oʻchirgich korpusi va hisobga olish jurnaliga zaryadlash sanasi koʻrsatiladi.
Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan oʻt oʻchirgichlar soni quyidagicha aniqlanadi
no = mo * S,
bu yerda S - ishlab chiqarish xonasining yuzi, m2;
mo- 1m2 maydonga me’yor boʻyicha belgilangan oʻt oʻchirgichlar soni.
Bu koʻrsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, bugʻxonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 ta, elektr payvandlash sexlari, temirchilik sexlari, labaratoriyalar uchun – 50 m2 maydonga 2 ta qilib qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |