Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.02 Mb.
|
HFX LABORATORIYA Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Ishni bajarish tartibi
- 1.1-rasm. Termometrlar a) simobli b)spirtli
Mashgʻulot rejasi:1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Ishni bajarish tartibi. 3. Hisobot tarkibi. Mashgʻulot uchun kerakli jihozlar: termometr, psixrometr, gigrometr MV-1 yoki gigrograf M-21, barometr MD-49-A, barograf M-22 yoki M- 22S, anemometr, aktinometr. Topshiriqlar:Mikroiqlim koʻrsatkichlariga boʻlgan sanitar-gigiyenik me’yorlar bilan tanishing. Mikroiqlim koʻrsatkichlarini aniqlovchi asboblar bilan tanishing va ularning ishlash tartibini oʻrganing. Ish joyi havosining haroratini, nisbiy namligini, atmosfera bosimini va harakatlanish tezligini aniqlang va sanitar-gigiyenik me’yorlar bilan solishtirib xulosalang. Quyida koʻrsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring. Tayanch iboralar: iqlim, mikroiqlim, harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi, issiqlik nurlanishi, termometr, psixrometr, anemometr, katatermometr, barometr, aktinometr. Ishni bajarish tartibiHavoning haroratini aniqlash. Ish joyi havosining haroratini aniqlash uchun simobli va spirtli termometrlar ishlatiladi. Bundan tashqari ma’lum vaqt oraligʻida havoning oʻzgarishini hisobga olib, yozib borish uchun temograflardan ham foydalaniladi. Simobli termometr yordamida ish joyi havosining harorati aniqlanganda, termometr koʻrsatkichi 8...10 minutdan keyin yozib olinadi. b) 1.1-rasm. Termometrlar a) simobli b)spirtliTermograflardan havo haroratining ma’lum bir muddat oraligʻida, masalan, bir sutkalik yoki bir haftalik oʻzgarishini qayd kilib borish maqsadida foydalaniladi. Havoning nisbiy namligini aniqlash.Havoning nisbiy namligini aniqlash uchun psixrometr, gigrometr, gigrograflardan foydalaniladi. Psixrometr asosan ikkita bir xil simobli termometrdan tashkil topgan boʻlib, ulardan birining simobli pastki uchi suv bilan namlangan paxta yoki marli bilan oʻrab qoʻyiladi. Birinchi termometr (namlangan termometr)ning koʻrsatkichi doim ikkinchi termometrning koʻrsatkichidan past boʻladi. Ushbu termometrlar koʻrsatkichlari orasidagi farqga asoslanib 2-ilovadan havoning nisbiy namligi aniqlanadi. Aspiratsion psixrometr oʻzining havo kanallari va ventilyatori borligi bilan Avgust psixrometridan farq qiladi. Bu psixrometrga oʻrnatilgan MV- 4M ventilyatori mexaniq ravishda, M-34 ventilyatori esa elektr toki yordamida harakatga keltiriladi. MV-1 gigrometrining ishlash prinsipi materiallarning gigroskopik xususiyatiga asoslangan. Bunday materiallar (masalan, inson sochi) namlik ta’sirida uzayadi va quruq havoda esa qisqaradi. Gigrograflar (M-21,M-21S) esa havoning nisbiy namligini ma’lum vaqt oraligʻida oʻzgarishini qayd etib borish uchun ishlatiladi. Termograflardan bir vaqtning oʻzida havoning haroratini va nisbiy namligini aniqlashda foydalanish mumkin. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling