O’zbekiston respublikasi oliy vа o’rta


Download 0.58 Mb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1765056
1   2   3   4
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan glossariy728

J W ,
Bu F t

formula bo‘yicha aniqlanadi.



bu yerda, W- quvvat, Вт; F- tovush kuchi, Н; t- vaqt, с. Tovush energiyasining o‘lchov birligi 1Ж /м2 с];
Ionlovchi nurlanishlar – nurlarning inson organizmiga ta’sir etishi natijasida undagi moddalarni ionlashishi(parchalanishi);
Himoya vositasi – zararli omillar inson tana yoki organizmiga ta’sirini kamaytiruvchi yoki uni bartaraf etuvchi vosita;
Lazer nuri – optik kvant generatorlari(OKG)da hosil qilinadigan kuchli yorug‘lik va issiqlik hosil qiluvchi nur;
Infraqizil nur – issiqlik hosil qiluvchi(yoki tashuvchi) nur; Ultrabinafsha nur – yorug‘lik hosil qiluvchi nur;
Tabiiy yoritish – Quyosh yorug‘ligi hisobiga yoritish;
Sun’iy yoritish – elektr energiyasi yoki yoqilg‘i hisobiga yoritish;
Yoritish burchagi – yoritgichning markaziy nuqtasidan ko‘zga tushirilgan nur bilan ko‘zning markazidan inson gavdasiga nisbatan tak o‘tkazilgan nur orasidagi burchak;
Yoritishni meyorlash – ko‘rinish yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘shimcha yoritish, yoritilganlik meyoridan ortiq bo‘lganida ish obyektiga yorug‘lik tushishini kamaytirish(qo‘shimcha yoritishda sun’iy yoritgichlardan foydalanish, yoritish qurilmalari va yorug‘lik nurini o‘tkazuvchi deraza oynalarini tozalab turish tushuniladi; yorug‘lik tushishini kamaytirish deganda, sun’iy yoritgich quvvatini kamaytirish, tabiiy yorug‘lik tushadigan deraza oynalariga pardalar o‘rnatish yoki qoraytirilgan oynalardan foydalanish tushuniladi);
Ko‘zning qamashishi – kuchli yorug‘lik ta’siri natijasida ko‘z ekranining yorug‘likni ajratmay qolishi(yoki ko‘zning vaqtincha ko‘rmay qolishi);
Ish o‘rnining rejalashtirilganligi (planirovkasi)–ishlab chiqarish maydonining ma’lum uchastkasida ish o‘rnining funksional jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan

jihozlarini joylashtirish, asosiy va yordamchi ishchilarga eng qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish uchun turli optimal zonalar yaratish tizimi;
Mehnat fiziologiyasi – ish paytida inson tanasida yuz beradigan funksional o‘zgarishlarni tekshiradigan, ish qobiliyatini saqlash va oshirish, mehnat faoliyati va jarayonining ishchilar sog‘ligiga salbiy ta’sirining oldini olish bo‘yicha chora- tadbirlar ishlab chiqadigan tibbiyot bo‘limi;
Mehnat psixologiyasi– ish paytida inson miya va asab tizimlarida yuz beradigan funksional o‘zgarishlarni tekshiradigan, ish qobiliyatini saqlash va oshirish, mehnat faoliyati va jarayonining ishchilar sog‘ligiga salbiy ta’sirining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadigan tibbiyot bo‘limi;
Jismoniy va aqliy mehnat – jismoniy mehnat tayanch-harakat apparati va uning ishlashi uchun zarur tizimlar harakatini ta’minlaydigan muhim quvvat sarflari bilan bog‘liq ishlab chiqarish faoliyatining turi;
Aqliy mehnat – odamning ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va ijodiy faoliyat bilan band bo‘lishi;
Zararli omil – insonga uzoq muddat ta’sir etib, salomatligini pasaytiruvchi yoki kasb kasalligiga olib keluvchi omil(Bu insonga bo‘ladigan ta’sir bo‘lib, buning natijasida aniq mehnat sharoitida insonning biror kasallikka yo‘liqishi yoki uning mehnat qobiliyati pasayishi kuzatiladi);
Zaharli omil–qisqa vaqt mobaynida yoki bir smena vaqt ichida inson salomatligini yomonlashtiradi va shu bilan birga ish qobiliyatini yo‘qotib ulguruvchi omil(Hatto o‘limga olib kelishi mumkin);
Xavfli omil – aniq mehnat sharoitida insonning jarohatlanishiga yoki to‘satdan, birdaniga salomatligi yomonlashuviga olib keluvchi ta’sir;
Chegaraviy meyor – inson organizmiga ta’sir etib, salomatligini buzish chegarasi;
Kasb kasalliklari – bu noqulay mehnat sharoitlari tufayli ishlovchining kasallanishi bo‘lib, ishlab chiqarishdagi salbiy ta’sirlarni, noxush va asorat beradigan omillarni keltirib chiqaradigan xastalik(Sohada ko‘p uchraydigan kasallik deb ham yuritiladi);
Mikroiqlim – xona, bino yoki inshootdagi iqlim (Mikroiqlim ko‘rsatkichlari – harorat, havoning nisbiy namligi, atmosfera bosimi, havoning harakat tezligi);
Baxtsiz hodisa – ishchining jarohatlanishi yoki o‘limi bilan tugaydigan hodisa(Bu yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin);
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar – ishlab chiqarish sharoitida sog‘liqning to‘satdan buzilishi;
Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishiga sabablar – ishlab chiqarish madaniyati, estetikasi, moddiy, mana’viy, iqtisodiy-maishiy yetishmovchiliklar tasirida yangi xavfsiz mehnat sharoitlarini tadqiq qilmaslik, hayolparastlik, ruhiy emotsional jarayonlar(Tashkiliy, sanitar-gigenik, texnik, ruhiy, fiziologik sabablar. Baxtsiz hodisalar asosan texnologik qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish, ularni tozalash, sozlash moylash va tamirlash ishlarini bajarishda ishchilarni malakasizligi oqibatida kelib chiqishi mumkin);
Baxtsiz hodisalarni tekshirish usullari: Statistik usul – ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarni tuzilgan dalolatnomalar va forma N- 1 hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladigan, ya’ni hisobot davrida (chorak, yarim yillik, 9-oylik va yillik) ro‘y bergan baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlashga asoslangan usul;
Topografik usul – baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyga sex rejasiga asosan berilgan, muntazam ravishda qayd qilingan va muayyan muddat oralig‘ida qaysi ish joyida eng ko‘p belgilar to‘planganligiga qarab xavfli joylar aniqlanishi(Jarohatlanish xarakterlari og‘irlik darajasi, sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi ma’lumotlari bo‘yicha taqsimlash belgilari aniqlanadi); Monografik usul – baxtsiz hodisa ro‘y bergan ish joyi (maishiy dastgoh, uskuna va texnologik qurilmaar)ni har tomonlama batafsil tadqiq qilinishi; Iqtisodiy usul - ishlab chiqarish jarohatlanishidan ko‘rilgan zararni aniqlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish choralari belgilangan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni bajarilganligi hamda ularni moddiy, sotsial-iqtisodiy samaradorligini baholash;
Jarohatlanish – bu biror turdagi zararli yoki xavfli omillar ta’siridan inson tanasi yirtilishi, suyaklar sinishi yoki darz ketishi, bo‘g‘imlarning siljib qolib, muskul va paylarning cho‘zilib qolishi, shu bilan birga inson salomatligi to‘satdan yomonlashib, ish qobiliyatining pasayib ketishi;
Jarohatlanish chastotalari koeffitsiyenti – hisobot davrida bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisalarning ishlovchilarning ro‘yxatdagi umumiy soniga nisbati:
К Т 1000;

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling