O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rtat a’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 20.71 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi20.71 Kb.
#1155960
Bog'liq
21266 dekabr-hisoboti

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rtat a’lim vazirligi


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Tabiiy fanlari fakulteti

“ Kimyo va uni o’qitish metodikasi” kafedrasining


2014-2015 o’quv yilida “Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi
4-kurs talabalarining pedagogik amaliyot
HISOBOTI

TOSHKENT 2014

“Kimyo o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalarini ishchi o’quv rejaga muvofiq 2014yil 2-sentabrdan 15-noyabrgacha (11 hafta davomida) malakaviy pedagogik amaliyotni o’tash uchun 4-sentabr kuni soat 1400 da 3-20 honada oldi konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiyada TDPU o’quv bo’lim boshlig’i F.Pirohunova, tabiiy fanlari fakulteti dekani E.R.Yuzlikayeva, tabiiy fanlari fakulteti dekan muovini F.Samidjonova, “Kimyo va uni o’qitish metodikasi” kafedra mudiri N.I.Bozorov, kafedra pedagogik amaliyot rahbari A.A.Mamadaliyeva, kafedra katta o’qituvchisi O.Iskandarov, Sh.Shomurotova, R.Berdikulov, Sh.Saidahmetova, pedagogika kafedrasi oqituvchilari Mirsogatova Nargiza, Kaldibekova Anargul, Choriev Ilhom, S.H.Konevalar va kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari qatnashishdi.


Konferensiyada TDPU o’quv bo’lim boshlig’i F.Pirohunovaga pedagogik amaliyor buyrug’i bilan tanishtirdi. “Kimyo va uni o’qitish metodikasi” kafedra mudiri N.I.Bozorov 4- kurs talabalari (64 ta talaba) 5ta guruhga bo’linganligi va har bir guruhga biriktitilgan metodist o’qituvchilar bilan tanishtirdi, shartnoma asosida biriktirilgan manzillar haqida ma’lumot berdi.
1. 401 guruh-12 ta talaba TashPMI qoshidagi Yunisobod akademik liseyiga biriktirildi, metodist R.Berdikulov.
2. 401 guruh-12 ta talaba Barovskiy nomli tibbiyot kollejiga biriktirildi, metodist O.Iskandarov.
3.402 guruh 13 ta talaba Xamza tumani 198-sonli umumta’lim maktabga biriktirildi, metodist A.Mamadaliyeva.
4. 402 guruh 14 ta talaba Yakkasaroy tumani 26- sonli umumta’lim maktabga biriktirildi, metodist Sh.Shomurotova.
5. 403 guruh 12 ta talaba Sergeli moliya iqtisodiyot kollejiga biriktirildi, metodist Sh.Saidahmedova
Kimyo va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi pedagogik amaliyot rahbari A.A.Mamadaliyeva pedagogik amaliyot ballar taqsimoti bilan tanishtirdi, amaliyotni ichki tartib qoidalari haqida ma’lumot berdi.
Mаlаkаviy pedаgоgik аmаliyotda, аmаliyotchi-tаlаbаlаr bilimini bаhоlаsh reiytingi quyidаgichа tаqsimlаnаdi:
Mаksimаl bаll - 100 bаll; Sаrаlаsh bаll - 55 bаll
86-100 bаll – “5” bаhо.
71-85 bаll – “4” bаhо.
55-70 bаll – “3” bаhо.
Kimyo fanidan umumiy 60 ball asosida baholanadi va ular quyidagicha taqsimlanadi.



sentabr

1-hafta



Pedagogik amaliyotga bag’ishlangan yig’ilishda qatnashish va pedagogik amaliyot hujjatlartini rasmiylashtirish. Kоllej vа litseydа nаr kuni 6 sоаt dаvоmidа аmаliyot оlib bоrish, darslarni tahlil qilish.

5 bal

2-hafta

Tа’lim to’g’risidаgi qоnun, DTS, litsey vа kоllej o’quv rejаsi bilаn tаnishish. O’zаrо dаrslаrgа kirish vа ulаrning tаhlili,murаbbiylik ishlari bilan tanishish

5 bal

3-hafta

Pedagogik amaliyot hujjatlarini yuritish. O’zаrо dаrslаrgа kirish vа ulаrning tаhlili,murаbbiylik ishini оlib bоrish. Dars o’tish.

5 bal

4-hafta



Kаlendаr-temаtik rejа, haftalik va kundаlik dаrs rejаsini tuzish,pedаgоgik аmаliyot kundаligini yuritish, konspekt qilish pedagogik tehnologiya asosida dars ishlanmasini tuzish va dars o’tish.

5 bal

oktabr

5-hafta

O’zаrо dаrslаrgа kirish vа ulаrning tаhlili,ochiq dаrs o’tish, o’qitishning teхnik vоsitаlаri vа ko’rgаzmаli qurоllаrdаn fоydаlаnish.

5 bal

6-hafta



Kаlendаr-temаtik rejа, haftalik va kundаlik dаrs rejаsi tuzish, pedаgоgik аmаliyot kundаligini yuritish,pedagogik tehnologiya asosida dars ishlanmasini tuzish, konspekt qilish va dars o’tish.

5 bal

7-hafta



Tаdbir uyushtirish va o’tkazish,murаbbiylik ishini оlib bоrish. Sinov dars o’tish. Pedаgоgik аmаliyot kundаligini yuritish,pedagogik tehnologiya asosida dars ishlanmasini tuzish, konspekt qilish va dars o’tish.

5 bal

8-hafta

Kundаlik dаrs rejаsi tuzish,pedаgоgik аmаliyot kundаligini yuritish,pedagogik tehnologiya asosida dars ishlanmasini tuzish, konspekt qilish va dars o’tish

5 bal

noyabr

9-hafta

Mutahasislik fanidan fan haftaligini o’tkazish, pedаgоgik аmаliyot kundаligini yuritish,pedagogik tehnologiya asosida dars ishlanmasini tuzish, konspekt qilish va dars o’tish

5 bal

10-hafta

Hujjаtlаr аsоsidа kundalik, hisobot, dars ishlanma, tavsifnoma tаyyorlаydilаr hаmdа Kimyo kechаsi o'tkаzаdilаr va dars o’tish.

7 bal

11-hafta

Tаdbir uyushtirish va o’tkazish,murаbbiylik ishini оlib bоrish. Sinov dars o’tish. Tаlаbаlаr fаyl-pаpkаsini yuqоridаgi hujjаtlаr аsоsidа tаyyorlаydilаr.

8 bal

Umumiy

60 bal

Pedagogika o’qituvchilaridan Kaldibekova Anargul, S.H.Koneva pedagogika fani bo’yicha ballar taqsimoti haqida tushuncha berdilar.


“Kimyo o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalarini ishchi o’quv rejaga muvofiq 2014yil 2-sentabrdan 15-noyabrgacha (11 hafta davomida) malakaviy pedagogik amaliyotni yakuniy konferensiyasi 2014 yil 18-noyabr kuni soat 1400 da 3-20 honada o’tkazildi. Konferensiyada TDPU o’quv bo’lim boshlig’i F.Pirohunova, tabiiy fanlari fakulteti dekani E.R.Yuzlikayeva, tabiiy fanlari fakulteti dekan muovini F.Samijonova, “Kimyo va uni o’qitish metodikasi” kafedra mudiri N.I.Bozorov, kafedra pedagogik amaliyot rahbari A.A.Mamadaliyeva, kafedra katta o’qituvchisi O.Iskandarov, Sh.Shomurotova, R.Berdikulov, Sh.Saidahmetova, pedagogika kafedrasi oqituvchilari Mirsogatova Nargiza, Kaldibekova Anargul, Choriev Ilhom, S.H.Konevalar qatnashishdi. Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi 4-kurs talabalari (64 ta talaba) qatnashishdi.


Konferensiyada TDPU o’quv bo’lim boshlig’i F.Pirohunova, tabiiy fanlari fakulteti dekan muovini F.Samijonova, “Kimyo va uni o’qitish metodikasi” kafedra mudiri N.I.Bozorov, kafedra pedagogik amaliyot rahbari A.Mamadaliyeva so’zga chiqdi.
Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi 4-kurs talabalari pedagogik amaliyot bajarilgani haqida slaydlar asosida hisobot berdilar, bukletlar asosida savollarga javob berdilar. Amaliyot davrida har-bir talaba 2tadan ochiq dars o’tgan, biriktirilgan guruhlarda ma’naviyat soatlarini o’tishgan, tadbirlar o’tkazishgan.
TDPU o’quv bo’lim boshlig’i F.Pirohunova so’zga chiqib, konferensiyani yahshi tashkil etilganligi, hisobotlar savol-javob tarzida qiziqarli o’tganligi haqida fikr bildirdi. Pedagogika o’qituvchilaridan Kaldibekova Anargul, S.H.Koneva pedagogika bo’yicha ballar taqsimoti haqida tushuncha berdilar. Amaliyot rahbari A.A.Mamadaliyeva talabalarni olgan ballari bilan tanishtirdi. Umumiy 64 ta talabadan talaba “5”baho bilan baholandi, talaba “4”baho bilan baholandi, talaba “4”baho bilan baholandi.
“Kimyo o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalarini yakuniy konferensiyasi qiziqarli va mazmunli o'tdi.
Download 20.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling