O’zbekiston respublikasi oliy va o’tra maxsus ta’lim vazirligi
mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti
mustaqil ish
Fizika fakulteti fizika kechki 19/01-guruh talabasi
O’skanboyev Muhammad Shohsultonning
“Umumiy pedagogika va psixalogiya” fanidan
Mavzu: Temperament. Xarakter. Qobiliyat
Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ____________________
Mavzu: Temperament. Xarakter. Qobiliyat.
Reja:
1. Temperament haqida tushuncha. Temperamentning fiziologik asoslari.
2. Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari.
3. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyatning turlari.
Tayanch tushunchalar
Temperament – shaxs faoliyati, xulq – atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi shaxsning barqaror xususiyatlari yig’indisi.
Xarakter - shaxsning voqelikka bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi uning xulq - atvori va xatti - harakatlarida namoyon bo`ladigan barqaror xususiyatlarning individual tarzdagi yig`indisi.
Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqa belgilar fonida ajralib turishi va alohida rivojlanishga ega bo`lishi.
Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo`lmagan gavda tuzilishi urtacha yoki undan balandroq bo`yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi nozik, yelkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o`rtachadan yuqori, baland bo`yli, keng yelkali, kuchli ko`krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir.
Piknik tip - bosh, ko`krak qafasi va qorin bo`shligi yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch - harakat a`zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir.
Psixopatiya - aqliy qobiliyat saqlanib qolgani tarzda boshqa kishilar bilan bog`liq xarakterga oid hastalik, ba`zan atrofdagilar uchun ijtimoiy xavfli bo`lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |