O’zbekiston respublikasi oliy va o’tra maxsus ta’lim vazirligi
Download 452.31 Kb.
|
Davronov Shahzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Piknik tip
- Xarakter aktsentuatsiyasi
- 1. Gipertim tip.
1. Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo`lmagan gavda tuzilishi urtacha yoki undan balandroq bo`yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi nozik, yelkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
2. Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o`rtachadan yuqori, baland bo`yli, keng yelkali, kuchli ko`krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir. 3. Piknik tip - bosh, ko`krak qafasi va qorin bo`shligi yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch - harakat a`zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir. E. Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruxiy kasalliklar o`rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi. E. Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali tuzilgan bo`lsa ham kamchiliklarga ega. Ba`zi ilmiy tadqiqotlar ma`lum tana tuzilishiga ega kishilar ruxiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter aktsentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi. Xarakter aktsentuatsiyasi Nemis psixiatri K. Leongard fikricha, 20 - 50 % kishilarda ba`zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba`zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin. Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarining yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aktsentuatsiyasi turli darajada engil va hatto psixopatiya darajasigacha bo`lishi mumkin. O`smirlar orasida xarakter aktsentuatsiyasi ko`p (50-80%) uchraydi. Uni turli psixodiagnostik testlar, masalan, Shmishek testi orqali aniqlash mumkin. K. Leongard tomonidan xarakter aktsentuatsiyasi quyidagicha tasniflanadi: 1. Gipertim tip. Haddan tashqari aloqaga kirishuvchan, ko`p gapiradi, imo - ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko`pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo`yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi. Download 452.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling