O’zbekiston respublikasi oliy va
Download 178.72 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilyosov Azamat Gulmurod o’g’li “Latex dasturi va uning imkoniyatlari” (uslubiy qo’llanma)
- Kafedra mudiri ________dots.I.G.Rasulov Taqrizchi ________kat.o’qit.T.F.Sohibov
- _______” ________________ 2012-y.
- II.BOB.Latex dasturida ishlash
- Xotima ................................................................................................................... 87
- Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi
- Bitiruv malakaviy ishida tadqiqot ob’yekti va predmeti
- Bitiruv malakaviy ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari.
- Tadqiqot usuli va uslubiyoti
- Olingan asosiy natijalar
- Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Qo’llash sohasi. Xulosa va takliflar.
- Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi quyidagicha
- I BOB. Latex dasturi. 1.1.Latex dasturini o’rnatish va sozlash.
- 1.1.1 – chizma. MikTex dasturini o’rnatish.
- 1.1.4-chizma. MikTex dasturini o’rnatish.
- 1.1.6- chizma. WinEdt 6.0 dasturini o’rnatish.
- 1.2. Latex dasturining imkoniyatlari.
- Kiritiladigan fayl strukturasi
- 1.2.1-chizma.Fayllar asotsiatsiyasi oynasi
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Fizika – matematika fakulteti
“Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
5480100-“Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha
bakalavr darajasini olish uchun
Ilyosov Azamat Gulmurod o’g’li “Latex dasturi va uning imkoniyatlari” (uslubiy qo’llanma)
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar _______ katta o’qituvchi Jalolov O.I
“_______” _________________2012-y.
BMI “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasining 2012-yil _________№ ___ sonli yig’ilishida ko’rib chiqildi va himoyaga ruxsat berildi.
“_______” ______________ 2012-y. “_______” _________________2012-y.
“Himoyaga ruxsat berildi” Fakultet dekani _______________prof.Sh.M.Mirzayev “_______” ________________ 2012-y.
Buxoro-2012
2 Mundarija Kirish ...................................................................................................................... 3
1.1.Latex dasturini o’rnatish va sozlash ................................................................. 7 1.2.Latex dasturining imkoniyatlari ....................................................................... 12 Birinchi bob bo’yicha xulosa ................................................................................. 21 II.BOB.Latex dasturida ishlash 2.1.Sahifa va matn bilan ishlash ............................................................................. 22 2.2.Matematik formulalar bilan ishlash ................................................................. 39 2.3.Grafik imkoniyatlari ......................................................................................... 71 Ikkinchi bob bo’yicha xulosa ................................................................................. 85
Kirish
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta`lim tizimida tub o`zgarishlar sodir bo`ldi.Jamiyat taraqqiyotining yoshlarga ularning hayotida ishlab chiqarish milliy hamda umuminsoniy munosabatlarda zamonaviy qarash imkoniyati kengaydi. Yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan mashg`ul bo`ladigan ijtimoiy institutlar son va sifat jihatdan o`sdi. Mustaqillik yillarida axborot texnologiyalari sohasida juda katta o`zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qatorda biz yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot texnologiyalari har yerda jadallik bilan kirib bormoqda va bilimlarni oshishi jamiyat a`zolarini o`z ustlarida ko`proq ishlashlariga yangi – yangi o`zgarishlar bilan undashga olib kelmoqda. Ta’lim jarayonida yangi- yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni , elektron darsliklar , multimediyalar vositasida keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida o`qitish sifatini tubdan yaxshilash , darsliklarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta’lim samaradorligini oshirish kerak.
Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi . Texnikaviy bilim , murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan birga borishi kerak . Yurtboshimiz I.A. Karimov XXI asr axborot texnologiyalari asri deb’’- ta’kidlaganlaridek, butun jahon taraqqiyoti tobora axborot texnologiyalari bilan tez sur’atda rivojlanib bormoqda .Xususan biz kabi yoshlarni zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar qilib tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda . Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Amaliy matematika va inormatika “ mutaxassisligi kadrlariga talab mavjud. Prezidentimiz o`z ma’ruzalarida “ Bizning farzandlarimiz nafaqat jismoniy va ma’naviy sog`lom o`sishi balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlariga ega bo`lgan uyg`un rivojlanib insonlar bilan bu asrda to`liq talablarga javob
4 beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishishi uchun zarur barcha imkoniyatlar va sharoitlarni yaratishga qaratilgan . Axborot va uni qayta ishlash borgan sayin rivojlanib ishlab chiqarish darajasiga, davlat resursiga va qimmatbaho tovarga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23 may 2001 yildagi «2001- 2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari» to’g’risidagi qarori, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» to’g’risidagi Farmon va qonunlarini amalga oshirishga hamda hayotga tadbiq etish asosiy maqsadimizdir. Hоzirgi zаmоndа birоr-bir sоhаdа ishni bоshlаsh vа uni bоshqаrishni kоmpyutеrsiz tаsаvvur qilish qiyin. XXI аsr sаvоdхоn kishisi bo’lish uchun ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini puхtа egаllаmоq lоzim. Hаr bir mutахаssis, u qаysi sоhаdа ishlаshidаn qаt’iy nаzаr, o’z vаzifаsini zаmоn tаlаbi dаrаjаsidа bаjаrishi uchun ахbоrоtni ishlаb chiqаruvchi vоsitаlаr vа ulаrni ishlаtish uslubiyotini bilishi vа ishlаsh ko’nikmаsigа egа bo’lishi zаrur. Shu sаbаbli bugungi kundа mustаqil Rеspublikаmizdа tа’lim sоhаsidа аmаlgа оshirilаyotgаn tub islоhоtlаr, jumlаdаn, «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi»dа “Kаdrlаr tаyyorlаsh tizimi vа mаzmunini mаmlаkаtning ijtimоiy vа iqtisоdiy tаrаqqiyoti istiqbоllаridаn, jаmiyat ehtiyojlаridаn, fаn, mаdаniyat, tехnikа vа tехnоlоgiyalаrining zаmоnаviy yutuqlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа qаytа qurish nаzаrdа tutilаdi» dеb tа’kidlаngаn. Bugungi kunda ijtimoiy turli ko`rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo`lib ,uning jamiyatda tutgan o`rni behisobdir.Oxirgi davrda axborotli muhitda katta o`zgarishlar bo`lib bormoqda. Bu esa o`z navbatida, ЭHM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo`ladi. Respublikamizda axborotlashtirish keng yo`lga qo`yilishi bilan undagi har bir fuqaroga kerakli paytda, kerakli miqdorda,
5 kerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Informatika – axborotni qayta ishlash, ularni qo’llash, va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini – EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o’rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani sohasidir.Informatika bir jihatdan axborot modellarini ko’rishning umumiy metodologik tamoyillarini sihlab chiqishga yo’naltirilgan. Shu bois axborot uslublari obyekti, hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jixozlanib, ular maxsus qurilmalar (telefon tarmog’i, modem va boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo`lmoqda. Insonning iqsodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash doirasining kengayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jixatdan o`zgarib ,yangi xususiyatga ega bo`lgan axborotli muhitning kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda. Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi shundan iboratki, matematikaga oid maqolalar, kurs ishlari dissertasiyalar yozishda Latex dasturining imkoniyatlarini o’rgatish. Latex dasturida tayyorlanadigan hujjatlarni boshqa dasturiy ta’minotlar orqali tayyorlangan hujjatlardan afzalligini ko’rsatish. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish va shu bilan birga talabalarni bu sohadagi qiziqishlarini oshirish. Bitiruv malakaviy ishida tadqiqot ob’yekti va predmeti. Latex dasturi, ilmiy maqolalar yozish, informatika fanlarida foydalanish. Dasturiy ta’minotlar bilan jihozlangan kompyuter xonalari. Matematik formulalarni yozishda Latex dasturi imkoniyatlarini qo’llash. Bitiruv malakaviy ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari.
6 Matematik formulalarni yozishda Latex dasturi imkoniyatlarini ko’rsatish. Dars jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. Talabalar uchun mustaqil shug’ullanishlari uchun uslubiy qo’llanma ko’rinishda tayyorlash. Talabalarga kompyuterda mustaqil o’zlari matematik formulalarni yozish usullarini ko’rsatish va talabalarni bu dasturga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Tadqiqot usuli va uslubiyoti Matematikaga oid hujjatlarni tayyorlashda Latex dasturidan foydalanish usullarini ko’rsatish va ilmiy maqolalar yozishda ularni qo’llash. Talabalarga Latexda formula, matn, grafik bilan ishlash usullarini o’rgatish bilan birga ularga kompyuterda ishlash texnologiyalarini o’rgatish. Uslubiy qo’llanma yaratish usullarini o’rganish. Olingan asosiy natijalar: Talabalar va mustaqil o’rganuvchilar uchun Latex dasturi imkoniyatlarini to’liq ochib beruvchi o’zbek tilida uslubiy qo’llanma tayyorlash. Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy
ishlashni o’rgatish. Latex dasturini boshqa dasturlardan afzalligini ko’rsatish. Hozirgi kunda ilmiy maqolalarni Latex dasturi yordamida yozish juda katta ahamiyatga ega. Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Qo’llash sohasi.
saviyalarini oshirish uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va ilmiy ishlarini Latex dasturida bajarish g’oyasi taklif etilgan. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi quyidagicha : Kirish, 2 ta bob, har bir bobning qisqacha xulosasi, adabiyotlar ro’yxati, xotima va ilovalardan iborat bo’lib jami 83 betga bayon qilingan. I- bobda Latex dasturini o’rnatish va uning imkoniyatlari keltirilgan. II- bobda Latex dasturida ishlash bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kirish qismi 2 betdan iborat , tushuntirish 2 qismi betdan iborat. Bitiruv malakaviy ishida 12 ta adabiyotdan foydalanildi.
7 I BOB. Latex dasturi. 1.1.Latex dasturini o’rnatish va sozlash. Hozirgi kunda ilmiy maqolalar, matematikaga doir qo’llanmalar yaratishda juda ko’p matematik formulalar va turli xil obektlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunday hujjatlarni yaratish uchun juda ko’p matn muharrirlari mavjud. Bunga Word matn muharririni misol keltirish mumkin. Word matn muharriri matematik formulalarni yozishda, turli xil obektlarni joylashtirishda juda katta imkoniyatga ega, lekin agar matematik formulalar, turli xil obyektlarni soni oshib borsa, yaratilgan hujjatlarni hajmini oshirib yuboradi va ularni qayta ishlashda qiyinchiliklarga uchrab qolish mumkin. Bundan tashqari yaratilgan hujjat hamma kompyuterlarga, yoki hamma sistemalarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Masalan Wordda yaratilgan hujjatlar versiyasiga farq qilsa bir biriga to’g’ri kelmasligi mumkin yoki Mathtypeda yozilgan formulalar bo’lsa to bu dasturni o’rnatmasak bu hujjatlarni qayta ishlab bo’lmaydi. Biz yaratgan maqola, qo’llanma yoki boshqa hujjatlarni internet tarmog’ida ham qo’yishimiz mumkin, bundan hamma kompyuterlar foydalanishlari mumkin. Shuning uchun biz hujjatlarni shunday tayyorlashimiz kerakki undan barcha kompyuterlar turli xil bo’lishidan qatiy nazar foydalana olishlari kerak. Shularni hisobga olib yana bir dastur, Latex dasturi yaratildi. Latex dasturi juda ko’p imkoniyatlarga ega. Bu dasturni imkoniyatlari yuqoriligi, jurnallar, kitoblar tayyorlash imkoniyatlari juda yuqori sifatli ekanligini hisobga olib, hozirgi kunda chet ellarda ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni Latex dasturida yozib yuborishni talab qiladi. Latex dasturida tayyorlangan hujjatlarni hajmi juda kichik bo’ladi, shuning uchun ularni qayta ishlash tez amalgam oshadi. Bu dastur yordamida ilmiy maqolalar, kurs ishlarini, diplom ishlarini, dissertasiyalarni juda chiroyli qilib tayyorlash mumkin. Albatta bu dastur bilan ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak va biror bir uslubiy qo’llanmadan foydalnishga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda Latex dasturida ishlash bo’yicha deyarli o’zbek tilida adabiyotlar yetarli emas, rus tilida yoki ingliz tilida adabiyotlar juda ko’p. Shularni hisobga olib biz Latex dasturi bo’yicha
8 o’zbek tilida kerakli malumotlarni to’plab uslubiy qo’llanma tayyorlashni maqsad qilib qo’ydik. Amerikalik taniqli matematik va dasturchi Donald Knuth tomonidan Tex dasturi yaratildi. Bu dasturni yaratishda Knut o’z oldiga shunday translyator yaratishni maqsad qilib qo’ydiki, u har xil kompyuterlarda bir xil ishlashi kerak edi. Leslie Lamport Tex bazasi asosida paketlardan foydalanib Latex dasturini yaratdi.
Latex dasturi matematikaga doir ilmiy hujjatlarni juda yuqori darajada sifatli qilib tayyorlash uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Kitob, o’quv qo’llanma, ilmiy jurnallarni tayyorlashda ham juda katta imkoniyatlarga ega. Latexda yaratilgan hujjatlarni hajmi juda kichik bo’ladi va ularni qayta ishlash, tahrirlash amallarini juda tez bajarish mumkin. Latex dasturi juda ko’pchilik kompyuterlarga ishlaydi masalan IBM, Mac va boshqalar. Bundan tashqari juda ko’pchilik sistemalarga ham ishlaydi masalan Windows, Unix, VMS va boshqalarni misol keltirish mumkin. Bu dastur bilan ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun biz birinchi bobni Latex dasturini o’rnatish va uning imkoniyatlaridan foydalanishga bag’ishladik. Latex dasturini o’rnatish uchun birinchi MikTex dasturini o’rnatamiz.
9 Bu yerdan Далее tugmasini bosib o’rnatishni davom etamiz.
Bu yerdan barcha foydalanuvchilar uchunni belgilaymiz.
10 Bu yerda MikTex dasturini qayerga o’rnatishni ko’rsatamiz. (Masalan: C diskda)
Start tugmasini tanlasak MikTex dasturi o’rnatiladi. Bu dasturni o’rnatib bo’lgandan keyin WinEdt 6.0 dasturini o’rnatamiz. Bu dastur quyidagicha ornatiladi.
Bu oynadan Next tugmasini bosib o’rnatishni davom etamiz.
11
Bu oynadan katakchani belgilab Next tugmasini bosib o’rnatishni davom etamiz.
Kerakli diskni ko’rsatib dasturni o’rnatamiz.
12 1.2. Latex dasturining imkoniyatlari. Latex sistemasida tayyorlangan matnli fayl kengaytmasi *.tex ko’rinishda bo’ladi. Keyingi jarayon ikkita etapdan o’tkaziladi. Birinchi dastur translyatori yordamida fayl qayta ishlanadi. Natijada *.dvi kengaytmali fayl olamiz. Endi olingan *.dvi kengaytmali faylni dastur yordamida ekranda ko’rish mumkin, pechatga yuborish mumkin yoki boshqa amallarni bajarish mumkin. Natija foydalanuvchini qanoatlantirmasa faylga o’zgartirish kiritib jarayonni yana takrorlashi mumkin. Latexda yaratilgan fayl matni maxsus belgilar va buyruqlardan iborat bo’ladi. Latex dasturida 10 ta maxsus belgilardan foydalaniladi. Bular quyidagilar: { } $ & # % _ ^ ~ \ Bu maxsus belgilarni o’zidan foydalanmoqchi bo’lsak maxsus belgini oldiga \ belgini qo’yamiz. Masalan: Oylik 10 % ga oshdi Oylik 10 \% ga oshdi. Agar \ maxsus belgini qo’ymasdan yozsak, % belgidan keyingi matnni izoh sifatida qaraydi. Latex buyruqlari teskari slesh “\” belgisidan boshlanadi va faqat lotin harflaridan iborat bo’ladi.Buyruq oxirida bo’sh joy ,raqam va ixtiyoriy harf bo’lmagan belgidan foydalanish mumkin. Latexda bo’sh joy belgisi buyruqdan keyin qo’yiladi.Lekin bu belgi o’rniga boshqa maxsus {} belgisini ham qo’yish mumkin. Masalan: Men ertaga barcha ishchi
\TeX{}niklarimiz va
\TeX nika
mutaxasislarimiz bilan
uchrashmoqchiman.Bugun \today Misollar: -Bugun 8-mart \textsl{Xalqaro-xotin qizlar bayrami} Natija: Bugun 8-mart Xalqaro-xotin qizlar bayrami -yangi satrga o'tish \newline yangi satr Natija: yangi satrga o'tish yangi satr Shuningdek {} belgisini bu belgi oxiriga yozilgan buyruqga turli xil parametrlar berish uchun ham ishlatish mumkin.Bunda bir yoki bir necha parametr
13 berish mumkin.Parametrlarni faqat {} belgisi bilan emas balki [] belgisi orqali ham joylashtirish mumkin.
Fayl strukturasi \documentclass{...} dan boshlanadi.U hujjat qanday tipda yozilishini ko’rsatadi.Bu buyruq dan so’ng hujjat ko’rinishi,paketlarni yuklash va LATEXning qo’shimcha imkoniyatlarini yuklash boshlanadi.Bunday vazufalarni bajarish uchun \usepackage{...}
buyrug’idan foydalaniladi.Bu buyruqdan so’ng matn tanasi boshlanadi.Bu buyruq quyidagicha yoziladi. \begin{document} Endi LATEX buyruqlari yordamida matnni kiritamiz va oxirida \end{document} buyrug’I yordamida hujjat yopamiz. Masalan: \documentclass{article} \usepackage[russian]{babel} \begin{document} Latexdagi oddiy hujjat. \end{document} Matematik formulalarni yozishda formula $ maxsus belgi ichida yoziladi. Masalan: $$
1+2+\cdots+100=5050; $$
Natija: 1 + 2 + … + 100 = 5050; Agar har bir buyruqni bir nechta amallarga ta’sir etmoqchi bo’lsak, amallarni blokga olamiz. Masalan:
14 $$ x^{1993}+y^{1993}=z^{1993} $$ Natijasi: x
agar daraja 1993 blokga olinmasa x ni darajasiga 1 yozib ketadi.
Winedt 6 tizimi Texning 2009 yilda taqdim etilgan Miktex 2.8 versiyasi bilan ishlashga mo’ljallangan.Bu Windowsning ko’p qo’llaniladigan Windows XP, Windows Vista, Windows 7 va boshqalarda muammolarsiz o’rnatiladi va ishlaydi. Winedt 6 da interfeysni foydalanuvchi o’ziga moslashtirish imkoniyatlari oldingi versiyalarga nisbatan ancha qulaylashtirilgan. Winedt tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak bu dastur yaratilganiga hali uncha ko’p vaqt bo’lmaganini ko’rishimiz mumkin.Bu dastur ilk bor 1993-yilning aprel oyida Windows 3.1 uchun ishlab chiqilgan. Bu dasturni o’rnatishda Windows Vista va Windows 7 operatsion tizimlarida bu dasturdan foydalanish uchun turli foydalanuvchiga turli imkoniyatlar berish yoki cheklash holatlarini kuzatish mumkin.Bunday cheklashlar fayllar asotsiatsiyasini ishlatishda ahamiyatlidir.Bunda ma’lum
turdagi fayllar bilan
ishlashga cheklov qo’yiladi.Buni bu OT larda xavfsizlikka yuqori
e’tibor berilganligi bilan
tushuntirish mumkin.Bu rasmda
matnli(.txt) fayllarga cheklov
qo’yilganligini ko’rishimiz mumkin. 1.2.1-chizma.Fayllar asotsiatsiyasi oynasi Endi Winedt dasturi bilan tanishamiz.Bu dastur muvaffaqiyatli o’rnatilgandan so’ng uning yorliq ilovasi agar Пуск menyusida chiqishi ko’rsatilgan bo’lsa uning yorliq ilovasi Пуск menyusida paydo bo’ladi.Ya’ni стандартные → пуск → Winedt 6 .Bu yerda ikkita yorliq bo’lishi mumkin.Birinchisi Uninstall Winedt va ikkinchisi Winedt.Birinchi yorliq bu dasturni kompyuterdan o’chirish uchun xizmat qiladi.Biz uchun asosiysi bu ikkinchi yorliqdir.Bu yorliq Winedt dasturini ishga tushirish uchun xizmat qiladi.Shuningdek bu dasturni Windowsning ishchi
15 stolidan ham ishga tushirish mumkin.Agar yorliq yaratilmagan bo’lsa uni yaratish kerak albatta.Yorliq yaratish usuli bilan nafaqat ishchi stol balki mantiqiy disklardagi ixtiyoriy joydan ham ishga tushirish mumkin.Winedt ni ishga tushirgandan so’ng bizning ishchi stolimizda quyidagi oyna ochiladi.
Download 178.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling