O’zbekiston respublikasi oliy va


Download 178.72 Kb.
bet1/6
Sana14.12.2020
Hajmi178.72 Kb.
#166345
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-fayllar.org


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 



Fizika – matematika fakulteti 

 

 



“Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi 

 

5480100-“Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 



   

 

bakalavr darajasini olish uchun 



 

 

  Ilyosov Azamat Gulmurod o’g’li 



 

Latex dasturi va uning imkoniyatlari” 



(uslubiy qo’llanma) 

 

    BITIRUV MALAKAVIY ISHI 



 

Ilmiy rahbar _______ katta o’qituvchi Jalolov O.I

 

 



  “_______”  _________________2012-y.  

 

 BMI “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasining 



2012-yil _________№ ___ sonli yig’ilishida ko’rib chiqildi va himoyaga  

ruxsat berildi. 

 

Kafedra mudiri ________dots.I.G.Rasulov    Taqrizchi ________kat.o’qit.T.F.Sohibov 

    


   “_______” ______________ 2012-y.    

    “_______”  _________________2012-y.  

 

Himoyaga ruxsat berildi” 



Fakultet dekani _______________prof.Sh.M.Mirzayev 

_______” ________________ 2012-y. 

   

 

 



Buxoro-2012 

 

 



Mundarija 

Kirish ...................................................................................................................... 3 

I.BOB.Latex dasturi 

1.1.Latex dasturini o’rnatish va sozlash ................................................................. 7 

1.2.Latex dasturining imkoniyatlari ....................................................................... 12 

Birinchi bob bo’yicha xulosa ................................................................................. 21 



II.BOB.Latex dasturida ishlash 

2.1.Sahifa va matn bilan ishlash ............................................................................. 22 

2.2.Matematik formulalar bilan ishlash ................................................................. 39 

2.3.Grafik imkoniyatlari ......................................................................................... 71 

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa ................................................................................. 85 

Xotima ................................................................................................................... 87 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati .................................................................... 89 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



Kirish    

 

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta`lim tizimida tub o`zgarishlar sodir 



bo`ldi.Jamiyat taraqqiyotining  yoshlarga ularning hayotida ishlab chiqarish milliy 

hamda  umuminsoniy  munosabatlarda  zamonaviy  qarash  imkoniyati  kengaydi. 

Yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan mashg`ul bo`ladigan ijtimoiy institutlar son va sifat  

jihatdan o`sdi.  Mustaqillik  yillarida    axborot   texnologiyalari  sohasida  juda   katta 

o`zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qatorda biz yoshlarga  keng imkoniyatlar 

yaratilmoqda.Ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  axborot    texnologiyalari  har 

yerda  jadallik  bilan  kirib  bormoqda  va  bilimlarni  oshishi  jamiyat  a`zolarini  o`z 

ustlarida  ko`proq  ishlashlariga  yangi  –  yangi    o`zgarishlar  bilan  undashga  olib 

kelmoqda. 

Ta’lim  jarayonida  yangi-  yangi  axborot  kommunikatsiya  va    pedagogik 

texnologiyalarni , elektron  darsliklar ,  multimediyalar vositasida keng joriy etish 

orqali mamlakatimiz maktablarida o`qitish sifatini tubdan yaxshilash , darsliklarda 

yangi  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanib  ta’lim  samaradorligini  oshirish 

kerak. 

Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi . Texnikaviy 

bilim  ,  murakkab  texnologiyani  egallash  qobiliyati  ma’naviy  barkamollik  bilan 

birga borishi kerak . 

Yurtboshimiz  I.A.  Karimov    XXI  asr    axborot  texnologiyalari    asri  deb’’- 

ta’kidlaganlaridek,  butun  jahon  taraqqiyoti tobora axborot  texnologiyalari bilan 

tez  sur’atda  rivojlanib  bormoqda  .Xususan  biz  kabi  yoshlarni    zamon  talablariga 

javob  beradigan  mutaxassislar  qilib  tayyorlashda  alohida  e’tibor    qaratilmoqda  . 

Shuning  uchun    bozor  iqtisodiyoti  davrida  “Amaliy  matematika  va  inormatika  “ 

mutaxassisligi  kadrlariga talab mavjud.  

Prezidentimiz o`z ma’ruzalarida “ Bizning farzandlarimiz nafaqat jismoniy va 

ma’naviy  sog`lom  o`sishi  balki  ularning  eng  zamonaviy  intellektual  bilimlariga 

ega  bo`lgan  uyg`un  rivojlanib  insonlar  bilan  bu  asrda  to`liq  talablarga  javob 



 

 



beradigan  barkamol  avlod  bo`lib  voyaga  yetishishi  uchun  zarur  barcha 

imkoniyatlar va sharoitlarni yaratishga  qaratilgan . 

Axborot  va  uni  qayta  ishlash  borgan  sayin  rivojlanib  ishlab  chiqarish 

darajasiga,  davlat  resursiga  va  qimmatbaho  tovarga  aylanib  bormoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  23  may  2001  yildagi  «2001-

2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning 

xalqaro  axborot  tizimlariga  keng  kirib  borishini  ta'minlash  dasturini  ishlab 

chiqishni  tashkil  etish  chora-tadbirlari»  to’g’risidagi  qarori,  hamda  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  30  maydagi  «Kompyuterlashtirishni  yanada 

rivojlantirish  va  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish» 

to’g’risidagi Farmon va qonunlarini amalga oshirishga hamda hayotga tadbiq etish 

asosiy maqsadimizdir.  

Hоzirgi  zаmоndа  birоr-bir  sоhаdа  ishni  bоshlаsh  vа  uni  bоshqаrishni 

kоmpyutеrsiz  tаsаvvur  qilish  qiyin.  XXI  аsr  sаvоdхоn  kishisi  bo’lish  uchun 

ахbоrоt  tехnоlоgiyalаrini  puхtа  egаllаmоq  lоzim.  Hаr  bir  mutахаssis,  u  qаysi 

sоhаdа  ishlаshidаn  qаt’iy  nаzаr,  o’z  vаzifаsini  zаmоn  tаlаbi  dаrаjаsidа  bаjаrishi 

uchun ахbоrоtni ishlаb chiqаruvchi vоsitаlаr vа ulаrni ishlаtish uslubiyotini bilishi 

vа  ishlаsh  ko’nikmаsigа  egа  bo’lishi  zаrur.  Shu  sаbаbli  bugungi  kundа  mustаqil 

Rеspublikаmizdа  tа’lim  sоhаsidа  аmаlgа  оshirilаyotgаn  tub  islоhоtlаr,  jumlаdаn, 

«Kаdrlаr  tаyyorlаsh  milliy  dаsturi»dа  “Kаdrlаr  tаyyorlаsh  tizimi  vа  mаzmunini 

mаmlаkаtning  ijtimоiy  vа  iqtisоdiy  tаrаqqiyoti  istiqbоllаridаn,  jаmiyat 

ehtiyojlаridаn,  fаn,  mаdаniyat,  tехnikа  vа  tехnоlоgiyalаrining  zаmоnаviy 

yutuqlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа qаytа qurish nаzаrdа tutilаdi» dеb tа’kidlаngаn. 

Bugungi  kunda  ijtimoiy  turli  ko`rinishdagi  axborotlar  majmuasi  keng  va 

rivojlangan bo`lib ,uning jamiyatda tutgan o`rni behisobdir.Oxirgi davrda axborotli 

muhitda  katta  o`zgarishlar  bo`lib  bormoqda.  Bu  esa  o`z  navbatida,  ЭHM  ning 

yanada keng rivojlanishiga sabab bo`ladi.  Respublikamizda axborotlashtirish keng 

yo`lga  qo`yilishi  bilan  undagi  har  bir  fuqaroga  kerakli  paytda,  kerakli  miqdorda, 

 

 



kerakli  sifatda  olish  imkoniyatlari  ochilmoqda.  Informatika  –  axborotni  qayta 

ishlash, ularni qo’llash, va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini  – EHM 

tizimlariga  asoslangan  holda  ishlab  chiqish,  loyihalash,  yaratish,  baholash, 

ishlashning  turli  jihatlarini  o’rganuvchi  kompleks  ilmiy  va  muhandislik  fani 

sohasidir.Informatika  bir  jihatdan  axborot  modellarini  ko’rishning  umumiy 

metodologik  tamoyillarini  sihlab  chiqishga  yo’naltirilgan.  Shu  bois  axborot 

uslublari  obyekti,  hodisa,  jarayon  va  hokazolarni  axborot  modellari  yordamida 

bayon  etish  imkoniyatiga  egadir.  Respublikamizdagi  viloyatlar,  shaharlar, 

tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter 

texnikalari bilan jixozlanib, ular maxsus qurilmalar  (telefon  tarmog’i, modem  va 

boshqalar)  yordamida  axborotlarni  uzatish  va  qabul  qilish  imkoniyatiga  ega 

bo`lmoqda.  Insonning  iqsodiy,  ekologik,  siyosiy  va  boshqa  sohalarda  fikrlash 

doirasining    kengayishi  axborotli  muhitninig  sifat  va  miqdor  jixatdan  o`zgarib 

,yangi  xususiyatga  ega  bo`lgan  axborotli  muhitning  kelib  chiqishiga  sabab 

bo`lmoqda. 



Bitiruv  malakaviy  ish  mavzuining  dolzarbligi  shundan  iboratki, 

matematikaga oid maqolalar, kurs ishlari dissertasiyalar yozishda Latex dasturining 

imkoniyatlarini  o’rgatish.  Latex  dasturida  tayyorlanadigan  hujjatlarni  boshqa 

dasturiy  ta’minotlar  orqali  tayyorlangan  hujjatlardan  afzalligini  ko’rsatish. 

Kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanishni  o’rgatish  va  shu  bilan  birga 

talabalarni bu sohadagi qiziqishlarini oshirish. 



Bitiruv  malakaviy  ishida    tadqiqot    ob’yekti  va  predmeti.  Latex  dasturi, 

ilmiy  maqolalar  yozish,  informatika  fanlarida  foydalanish.  Dasturiy  ta’minotlar 

bilan  jihozlangan  kompyuter  xonalari.  Matematik  formulalarni  yozishda  Latex 

dasturi imkoniyatlarini qo’llash. 



Bitiruv malakaviy ishlarining  asosiy maqsadi va vazifalari.  

 

 



Matematik  formulalarni  yozishda  Latex  dasturi  imkoniyatlarini  ko’rsatish. 

Dars  jarayonida  kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanish.  Talabalar  uchun 

mustaqil  shug’ullanishlari  uchun  uslubiy  qo’llanma  ko’rinishda  tayyorlash. 

Talabalarga kompyuterda mustaqil o’zlari matematik formulalarni yozish usullarini 

ko’rsatish va talabalarni bu dasturga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. 

 Tadqiqot    usuli  va  uslubiyoti  Matematikaga  oid  hujjatlarni  tayyorlashda 

Latex  dasturidan  foydalanish  usullarini  ko’rsatish  va  ilmiy  maqolalar  yozishda 

ularni qo’llash. Talabalarga Latexda formula, matn, grafik bilan ishlash usullarini 

o’rgatish  bilan  birga  ularga  kompyuterda  ishlash  texnologiyalarini  o’rgatish. 

Uslubiy qo’llanma yaratish usullarini o’rganish. 

   Olingan    asosiy  natijalar:  Talabalar  va  mustaqil  o’rganuvchilar  uchun 

Latex dasturi imkoniyatlarini to’liq ochib beruvchi o’zbek tilida uslubiy qo’llanma 

tayyorlash.  

   Bitiruv  malakaviy  ishidan  olingan  natijalarning  ilmiy  yangiligi  va  amaliy 

ahamiyati:    Latex  dasturida  matematik  formulalar,  matnlar  va  grafiklar  bilan 

ishlashni  o’rgatish.  Latex  dasturini  boshqa  dasturlardan  afzalligini  ko’rsatish.  

Hozirgi  kunda  ilmiy  maqolalarni  Latex  dasturi  yordamida  yozish  juda  katta 

ahamiyatga ega. 

  Tadbiq  etish  darajasi  va  iqtisodiy  samaradorligi.  Qo’llash  sohasi. 

Xulosa  va  takliflar.  Talabalar  o’z  ustlarida  mustaqil  ishlashlari  va  bilim 

saviyalarini  oshirish  uchun  kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanish  va  ilmiy 

ishlarini Latex dasturida bajarish g’oyasi taklif etilgan. 

   Bitiruv malakaviy ishining  tarkibi va hajmi quyidagicha : Kirish,  

2  ta  bob,  har  bir  bobning  qisqacha  xulosasi,  adabiyotlar  ro’yxati,  xotima  va 

ilovalardan  iborat  bo’lib  jami  83  betga  bayon  qilingan.  I-  bobda  Latex  dasturini 

o’rnatish  va  uning  imkoniyatlari  keltirilgan.  II-  bobda  Latex  dasturida  ishlash 

bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. 

Kirish  qismi  2  betdan  iborat  ,  tushuntirish  2  qismi  betdan  iborat.  Bitiruv 

malakaviy ishida 12 ta adabiyotdan foydalanildi.

 

 

 





I BOB. Latex dasturi. 

1.1.Latex dasturini o’rnatish va sozlash. 

Hozirgi  kunda  ilmiy  maqolalar,  matematikaga  doir  qo’llanmalar  yaratishda 

juda  ko’p  matematik  formulalar  va  turli  xil  obektlardan  foydalanishga  to’g’ri 

keladi.  Bunday  hujjatlarni  yaratish  uchun  juda  ko’p  matn  muharrirlari  mavjud. 

Bunga  Word  matn  muharririni  misol  keltirish  mumkin.  Word  matn  muharriri 

matematik  formulalarni  yozishda,  turli  xil  obektlarni  joylashtirishda  juda  katta 

imkoniyatga ega, lekin agar matematik formulalar, turli xil obyektlarni soni oshib 

borsa,  yaratilgan  hujjatlarni  hajmini  oshirib  yuboradi  va  ularni  qayta  ishlashda 

qiyinchiliklarga  uchrab  qolish  mumkin.  Bundan  tashqari  yaratilgan  hujjat  hamma 

kompyuterlarga,  yoki  hamma  sistemalarga  to’g’ri  kelmasligi  mumkin.  Masalan 

Wordda  yaratilgan  hujjatlar  versiyasiga  farq  qilsa  bir  biriga  to’g’ri  kelmasligi 

mumkin  yoki  Mathtypeda  yozilgan  formulalar  bo’lsa  to  bu  dasturni  o’rnatmasak 

bu hujjatlarni qayta ishlab bo’lmaydi. Biz yaratgan maqola, qo’llanma yoki boshqa 

hujjatlarni  internet  tarmog’ida  ham  qo’yishimiz  mumkin,  bundan  hamma 

kompyuterlar  foydalanishlari  mumkin.  Shuning  uchun  biz  hujjatlarni  shunday 

tayyorlashimiz kerakki undan barcha kompyuterlar turli xil bo’lishidan qatiy nazar 

foydalana  olishlari  kerak.  Shularni  hisobga  olib  yana  bir  dastur,  Latex  dasturi 

yaratildi.  Latex  dasturi  juda  ko’p  imkoniyatlarga  ega.  Bu  dasturni  imkoniyatlari 

yuqoriligi, jurnallar, kitoblar tayyorlash imkoniyatlari juda yuqori sifatli ekanligini 

hisobga olib, hozirgi kunda chet ellarda ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni Latex 

dasturida  yozib  yuborishni  talab  qiladi.  Latex  dasturida  tayyorlangan  hujjatlarni 

hajmi juda kichik bo’ladi, shuning uchun ularni qayta ishlash tez amalgam oshadi. 

Bu  dastur  yordamida  ilmiy  maqolalar,  kurs  ishlarini,  diplom  ishlarini, 

dissertasiyalarni  juda  chiroyli  qilib  tayyorlash  mumkin.  Albatta  bu  dastur  bilan 

ishlash  uchun  kompyuterda  Latex  dasturi  o’rnatilgan  bo’lishi  kerak  va  biror  bir 

uslubiy  qo’llanmadan  foydalnishga  to’g’ri  keladi.  Hozirgi  kunda  Latex  dasturida 

ishlash bo’yicha deyarli o’zbek tilida adabiyotlar yetarli emas, rus tilida yoki ingliz 

tilida  adabiyotlar  juda  ko’p.  Shularni  hisobga  olib  biz  Latex  dasturi  bo’yicha 



 

 



o’zbek tilida kerakli malumotlarni to’plab uslubiy qo’llanma tayyorlashni maqsad 

qilib qo’ydik.   

Amerikalik  taniqli  matematik  va  dasturchi  Donald  Knuth  tomonidan  Tex 

dasturi  yaratildi.  Bu  dasturni  yaratishda  Knut  o’z  oldiga  shunday  translyator 

yaratishni  maqsad  qilib  qo’ydiki,  u  har  xil  kompyuterlarda  bir  xil  ishlashi  kerak 

edi.  Leslie  Lamport  Tex  bazasi  asosida  paketlardan  foydalanib  Latex  dasturini 

yaratdi. 

 

Latex dasturi matematikaga doir ilmiy hujjatlarni juda yuqori darajada sifatli 



qilib tayyorlash uchun  mo’ljallangan dastur hisoblanadi.  Kitob,  o’quv  qo’llanma, 

ilmiy  jurnallarni  tayyorlashda  ham  juda  katta  imkoniyatlarga  ega.  Latexda 

yaratilgan  hujjatlarni  hajmi  juda  kichik  bo’ladi  va  ularni  qayta  ishlash,  tahrirlash 

amallarini juda tez bajarish mumkin. Latex dasturi juda ko’pchilik kompyuterlarga 

ishlaydi  masalan  IBM,  Mac  va  boshqalar.  Bundan  tashqari  juda  ko’pchilik 

sistemalarga  ham  ishlaydi  masalan  Windows,  Unix,  VMS  va  boshqalarni  misol 

keltirish  mumkin.  Bu  dastur  bilan  ishlash  uchun  kompyuterda  Latex  dasturi 

o’rnatilgan  bo’lishi  kerak.  Shuning  uchun  biz  birinchi  bobni  Latex  dasturini 

o’rnatish va uning imkoniyatlaridan foydalanishga bag’ishladik. 

Latex dasturini o’rnatish uchun birinchi MikTex dasturini o’rnatamiz. 

 

1.1.1 – chizma.  MikTex dasturini o’rnatish. 

 

 



Bu yerdan Далее tugmasini bosib o’rnatishni davom etamiz. 

 

1.1.2-chizma. MikTex dasturini o’rnatish. 

Bu yerdan barcha foydalanuvchilar uchunni belgilaymiz. 

 

1.1.3-chizma. MikTex dasturini o’rnatish. 

 

 



10 

Bu yerda MikTex dasturini qayerga o’rnatishni ko’rsatamiz. (Masalan: C 

diskda) 

 

1.1.4-chizma. MikTex dasturini o’rnatish. 

Start tugmasini tanlasak MikTex dasturi o’rnatiladi. 

Bu dasturni o’rnatib bo’lgandan keyin WinEdt 6.0 dasturini o’rnatamiz. 

Bu dastur quyidagicha ornatiladi. 

 

1.1.5- chizma. WinEdt 6.0 dasturini o’rnatish. 

Bu oynadan Next tugmasini bosib o’rnatishni davom etamiz. 

 

 



11 

 

1.1.6- chizma. WinEdt 6.0 dasturini o’rnatish. 

Bu oynadan katakchani belgilab Next tugmasini bosib o’rnatishni davom 

etamiz. 

 

1.1.7- chizma. WinEdt 6.0 dasturini o’rnatish. 

Kerakli diskni ko’rsatib dasturni o’rnatamiz. 

 

 



 

 

12 



1.2. Latex dasturining imkoniyatlari. 

Latex  sistemasida  tayyorlangan  matnli  fayl  kengaytmasi  *.tex  ko’rinishda 

bo’ladi.  Keyingi  jarayon  ikkita  etapdan  o’tkaziladi.  Birinchi  dastur  translyatori 

yordamida  fayl  qayta  ishlanadi.  Natijada  *.dvi  kengaytmali  fayl  olamiz.  Endi 

olingan  *.dvi  kengaytmali  faylni  dastur  yordamida  ekranda  ko’rish  mumkin, 

pechatga  yuborish  mumkin  yoki  boshqa  amallarni  bajarish  mumkin.  Natija 

foydalanuvchini  qanoatlantirmasa  faylga  o’zgartirish  kiritib  jarayonni  yana 

takrorlashi  mumkin.  Latexda  yaratilgan  fayl  matni  maxsus  belgilar  va 

buyruqlardan  iborat  bo’ladi.  Latex  dasturida  10  ta  maxsus  belgilardan 

foydalaniladi. Bular quyidagilar: { } $ & # % _ ^ ~ \  

Bu maxsus belgilarni o’zidan foydalanmoqchi bo’lsak maxsus belgini oldiga \ 

belgini qo’yamiz. Masalan: Oylik 10 % ga oshdi  Oylik 10 \% ga oshdi. Agar \ 

maxsus  belgini  qo’ymasdan  yozsak,  %  belgidan  keyingi  matnni  izoh  sifatida 

qaraydi.  

Latex  buyruqlari  teskari  slesh  “\”  belgisidan  boshlanadi  va  faqat  lotin 

harflaridan  iborat  bo’ladi.Buyruq  oxirida  bo’sh  joy  ,raqam  va  ixtiyoriy  harf 

bo’lmagan belgidan foydalanish mumkin. 

Latexda  bo’sh  joy  belgisi  buyruqdan  keyin  qo’yiladi.Lekin  bu  belgi  o’rniga 

boshqa  maxsus  {}  belgisini  ham  qo’yish  mumkin.  Masalan:  Men  ertaga  barcha 

ishchi 

\TeX{}niklarimiz 

va 

\TeX 

nika 



mutaxasislarimiz 

bilan 

uchrashmoqchiman.Bugun \today 

Misollar: 

  -Bugun 8-mart \textsl{Xalqaro-xotin qizlar bayrami}  

Natija: Bugun 8-mart Xalqaro-xotin qizlar bayrami 

  -yangi satrga o'tish \newline yangi satr 

Natija: yangi satrga o'tish 

 yangi satr 

Shuningdek  {}  belgisini  bu  belgi  oxiriga  yozilgan  buyruqga  turli  xil 

parametrlar berish uchun ham ishlatish mumkin.Bunda bir yoki bir necha parametr 

 

 



13 

berish mumkin.Parametrlarni faqat {} belgisi bilan emas balki [] belgisi orqali ham 

joylashtirish mumkin. 

Kiritiladigan fayl strukturasi 

Fayl strukturasi  

\documentclass{...}  

dan  boshlanadi.U  hujjat  qanday  tipda  yozilishini  ko’rsatadi.Bu  buyruq  dan 

so’ng  hujjat  ko’rinishi,paketlarni  yuklash  va  LATEXning  qo’shimcha 

imkoniyatlarini yuklash boshlanadi.Bunday vazufalarni bajarish uchun 

 \usepackage{...} 

 

buyrug’idan  foydalaniladi.Bu  buyruqdan  so’ng  matn  tanasi  boshlanadi.Bu 



buyruq quyidagicha yoziladi. 

\begin{document} 

Endi LATEX buyruqlari yordamida matnni kiritamiz va oxirida  

\end{document} 

buyrug’I yordamida hujjat yopamiz. 

Masalan: 

\documentclass{article} 

\usepackage[russian]{babel} 

\begin{document} 

Latexdagi oddiy hujjat. 

\end{document} 

Matematik  formulalarni  yozishda  formula  $  maxsus  belgi  ichida  yoziladi. 

Masalan: 

$$ 

1+2+\cdots+100=5050; 

$$ 

Natija: 1 + 2 + … + 100 = 5050; 

Agar har bir buyruqni bir nechta amallarga ta’sir etmoqchi bo’lsak, amallarni 

blokga olamiz. Masalan: 

 

 



14 

$$  x^{1993}+y^{1993}=z^{1993}  $$ 

Natijasi: x

1993 

+y

1993

=z

1993

  agar daraja 1993 blokga olinmasa x ni darajasiga 1 

yozib ketadi. 

Winedt haqida 

Winedt 6 tizimi Texning 2009 yilda taqdim etilgan Miktex 2.8 versiyasi bilan 

ishlashga  mo’ljallangan.Bu  Windowsning  ko’p  qo’llaniladigan  Windows  XP, 

Windows Vista, Windows 7 va boshqalarda muammolarsiz o’rnatiladi va ishlaydi. 

Winedt  6  da  interfeysni  foydalanuvchi  o’ziga  moslashtirish  imkoniyatlari 

oldingi versiyalarga nisbatan ancha qulaylashtirilgan. 

Winedt tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak bu dastur yaratilganiga hali uncha 

ko’p vaqt bo’lmaganini ko’rishimiz mumkin.Bu dastur ilk bor 1993-yilning aprel 

oyida Windows 3.1 uchun ishlab chiqilgan. 

Bu dasturni o’rnatishda Windows Vista va Windows 7 operatsion tizimlarida 

bu  dasturdan  foydalanish  uchun  turli  foydalanuvchiga  turli  imkoniyatlar  berish 

yoki  cheklash  holatlarini  kuzatish  mumkin.Bunday  cheklashlar  fayllar 

asotsiatsiyasini 

ishlatishda 

ahamiyatlidir.Bunda 

ma’lum 

turdagi 

fayllar 


bilan 


ishlashga 

cheklov 

qo’yiladi.Buni  bu  OT  larda  xavfsizlikka 

yuqori 


e’tibor 

berilganligi 

bilan 

tushuntirish 

mumkin.Bu 

rasmda 


matnli(.txt) 

fayllarga 

cheklov 

qo’yilganligini ko’rishimiz mumkin. 

   1.2.1-chizma.Fayllar asotsiatsiyasi oynasi 

Endi Winedt dasturi bilan tanishamiz.Bu dastur muvaffaqiyatli o’rnatilgandan 

so’ng uning yorliq ilovasi agar Пуск menyusida chiqishi ko’rsatilgan bo’lsa uning 

yorliq  ilovasi  Пуск  menyusida  paydo  bo’ladi.Ya’ni  стандартные  →  пуск  → 

Winedt 6 .Bu yerda ikkita yorliq bo’lishi mumkin.Birinchisi Uninstall Winedt va 

ikkinchisi  Winedt.Birinchi  yorliq  bu  dasturni  kompyuterdan  o’chirish  uchun 

xizmat  qiladi.Biz  uchun  asosiysi  bu  ikkinchi  yorliqdir.Bu  yorliq  Winedt  dasturini 

ishga  tushirish  uchun  xizmat  qiladi.Shuningdek  bu  dasturni  Windowsning  ishchi 



 

 



15 

stolidan ham ishga tushirish mumkin.Agar yorliq yaratilmagan bo’lsa uni yaratish 

kerak  albatta.Yorliq  yaratish  usuli  bilan  nafaqat  ishchi  stol  balki  mantiqiy 

disklardagi  ixtiyoriy  joydan  ham  ishga  tushirish  mumkin.Winedt  ni  ishga 

tushirgandan  so’ng  bizning  ishchi  stolimizda  quyidagi  oyna  ochiladi. 

 


Download 178.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling