O’zbekiston respublikasi oliy va
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
termodinamikaning 1-qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI kimyo kafedrasi
- ASOSIY QISM
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI kimyo kafedrasi 5440500 – kimyo ta’lim yo’nalishi FIZIKAVIY KIMYO FANIDAN
Mavzu: Termodinamikaning I- qonuni Bajardi Berdiyeva N
Qabul qildi Tursunov M
Buxoro – 2016 2
REJA KIRISH 1. Energiya va uning mavjud bo’lish shakllari. 2. Termodinamika fani. 3. Ichki energiya. 4. Issiqlik vа ish. 5. Entаlpiya. 2.1. Termodinamikaning birinchi qonuni va asosiy tushunchalar. 2.2. Birinchi bosh qonunning matematik ifodasi.
3
KIRISH 1. ENERGIYA VA UNING MAVJUD BO’LISH SHAKLLARI Har qanday jismda molekula va atomlar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Ularning kinetik enegiyalari yig’indisi jismning issiqlik energiyasini tashkil etadi. Molekulalardagi yoki jismning kristall panjarasidagi o’zaro ta‘sirlashuv potentsial energiyasi uning kimyoviy energiya zapasidir. Umuman, sodda qilib aytganda, kinetik energiya – jismning harakatdagi ish bajarish energiyasi, deyish mumkin. Energiyaning bu ikki turi – kinetikaviy va potentsial energiya bir – biriga o’tib turishi mumkin. Masalan, biror jism yuqoriga ko’tarilganda uning kinetikaviy energiyasi kamayib, potentsial energiyasi ortadi. Bunda yerning tortish kuchiga qarshi ish bajarilgan sari, kinetikaviy energiya potentsial energiyaga aylana boradi. Biz kundalik turmushda doim bir turdagi energiyaning boshqa turdagi enegiyaga aylanishiga duch kelamiz. Masalan, metall parmalanganda parma qiziydi – mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi, elektr oqimi motorni haraqatga keltiradi. – elektr energiyasi mexanikaviy enegiyaga aylanadi va hokazolar. Ammo, bunday o’zgarishlarda, bir turdagi energiyaning qancha miqdori ikkinchi turdagi energiyaga aylanganini bila olmaymiz. Buni bilishda bizga termodinamika yordam beradi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling